Yaponiya oddiy aholisining kundalik hayoti haqidagi bir necha lol qoldiradigan hikoyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Yaponiya oddiy aholisining kundalik hayoti haqidagi bir necha lol qoldiradigan hikoyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Kasb: metroda odamlarni turtish

Yaponiya metrolarida tig‘iz vaqtda yo‘lovchilar shu darajada ko‘p bo‘ladiki, bekatlarda odamlarni vagonlarga itaruvchi o‘ziga xos xodim – “osiya”lar mehnat qilishadi. Ilgari bu ish bilan asosan talabalar shug‘ullanishgan.

Bir juft qovun uchun 24 000 AQSH dollari

Yaponiyadagi to‘rtburchak tarvuzlar ham narhi bo‘yicha qirollar qovuni Yubariga bas kelolmaydi. 2008 yilda bir juft ana shunday qovun auksionda 24 000 AQSH dollariga sotilgan. Ushbu navning narxi uning kamyobligi bilan asoslanadi: bunday qovun Xokkaydo orolida kam miqdorda yetishtiriladi, butun xosil esa olib-sotarlar tomonidan o‘sha zahotiyoq qo‘lga kiritiladi.

Talabalar uchun sake, vasabi, shirin kartoshka va achchiq chili ta’mli shokoladlar

Nomiga ko‘ra, Kit Kat yapon tilidagi “Sen aniq topshirasan” ma’nosini yodga soladi, shuning uchun uni ko‘pincha imtihonlar vaqtida talabalarga omad tilash maqsadida taqdim etadilar. Boshqa ko‘plab mahsulotlar kabi yaponcha Kit Kat turlicha – achchiq garmdoridan tortib, ko‘k choy va hatto nok ta’miga ham ega.

Yoqimlilik bilan savdo qiladigan qahvaxonalar

Qo‘shimcha to‘lov evaziga erkak kishiga qiz bolaning yonida yotish, uni quchoqlash, uzoq vaqt davomida ko‘ziga qarash va sochlarini silashga ruxsat beriladi. Biroq hech qanday jinsiy aloqasiz! Yaponiyada ko‘rish orqali axborot olishga katta e’tibor qaratiladi. Masalan, hozirda ofitsiant qizlar mehmonxonaning yoqimli xodimlari kabi kiyingan qahvaxonalar juda mashhur.

Poyezdlarning eng katta to‘plami

Yaponiya bo‘ylab xilma-xil poyezdalar: ikki qavatli, o‘q tezligida uchadigan, mashinistsiz, vintaj uslubidagi, hatto Tomasga o‘xshash multfilm qahramonlari yuradi. Metro poyezdlarida esa erkaklar tegajog‘ligidan himoya qilish maqsadida ayollar uchun mo‘ljallangan maxsus vagonlar bor.

Istalgan narsa sotib olish mumkin bo‘lgan avtomatlar

Bu mamlakatda turli buyumlar xarid qilish mumkin bo‘lgan vending mashinalar mashhur. Masalan, odatiy piyoz yoki qo‘lda yozilgan sevgi maktubi.

Vino, sake va qahvada cho‘milish mumkin bo‘lgan dam olish maskanlari

Vino to‘ldirilgan ulkan hovuzda suzish imkoniyati mavjud bo‘lgan eng g‘aroyib maskan. Quruqlikka chiqmay turib ichish mumkin. Yuzlab litr qahva, sake va hatto sho‘rvada suzib – salomatlikni yaxshilash imkoniyati.

Bolalar uchun uy robotlari

Yaponiyada uy hayvoni boqish yangi mashina narxida turadigan qimmatbaho huzur sanaladi. Shuning uchun bolalarga ko‘pincha uy hayvonlariga taqlid qiladigan o‘yinchoq robotlar sotib olinadi.

Sakura — bu nafaqat chiroyli, balki uni iste’mol qilsa ham bo‘ladi

Sakura — Yaponiyaning milliy guli va shirinligi bo‘lib, u bilan desertlarga bezak beriladi. Sakura barglari qo‘shilgan taomlar bahor oylari – gullash davri boshlanib, mamlakat och pushtirang gilam qoplangan davrda alohida mashhurlikka ega bo‘ladi.

Jamoat transportida hech qanday axloq-odob yo‘q

Jamoat transportida ayollar, bolalar va hatto yoshi katta insonlarga ham joy berilmaydi. Kim birinchi bo‘lib ulgursa, o‘sha o‘tiradi.

Moda politsiyasi bu yerga hali yetib kelmagan

Yaponiyaning ko‘cha modasi bu – yorqin ranglar, bir xil bo‘lmagan buyumlar va aqlga sig‘mas dizayn. Kimdir uni zamonaviy san’atning alohida turi bilan taqqoslaydi. Unda har bir kishi bir-biriga mos bo‘lmagan rang va aksessuarlarni moslash orqali o‘zini namoyon etishi mumkin.

Restoranlar plastmassadan tayorlangan taomga buyurtma berishadi

Bu o‘ziga xos kasb – originaldan farqlash imkoni bo‘lmagan taomni tayyorlash bo‘yicha ustalar. U kukun va yelimdan buyurtma asosida restoranlar uchun tayyorlanib, taom namunalari bilan xaridorlarni tanishtirish uchun rastalarga qo‘yiladi.

Tabassumning asosiy bezagi – ikkitalik tishlar

Yaponlar “gollivudcha tabassum”ni juda ochiq va diqqatni ko‘p tortuvchi sanaydilar. Aksincha bo‘lgan xizmat mashhur sanaladi – qiyshiq tishlargina emas, “ikkitalik tishlar” xosil bo‘lishi uchun o‘stirish va to‘g‘rilash.

Hojatxonaga kirishdan ko‘ra samolyotni qo‘ndirish osonroq

Unitaz yonidagi panel galaktikalararo kema kapitani kreslosiga o‘xshaydi. Uning o‘nta tugmasi bor: qo‘shiq tinglash, bidedan foydalanish, o‘rindiqni isitish va hatto dushni yoqish mumkin. Yaponiyada ko‘pincha polda turgan holda yuvinishadi. Shuning uchun hojatxonaga kirishda oyoq xo‘l bo‘lmasligi uchun maxsus shippaklar kiyadilar.

Kolleksiyaga boy eng g‘aroyib muzey

Muzeyga kirishda odam kattaligidagi tilla non va turli holatlardagi xaykallar bor. Ichkarida esa bolalar uchun unitaz, hayvon va odamlar axlatining sun’iy namunalari, interaktiv eksponatlar va g‘alati qalpoqlar bor. Bu axlatlarga bag‘ishlangan dunyodagi eng birinchi muzey.

Lag‘mon, go‘sht va pivo ta’midagi muzqaymoq

Did borasida bahslashmaydilar. Biroq taom ishqibozlari yaponcha muzqaymoqning barcha turini tatib ko‘rishlari lozim. Bu yerda lag‘mon, pivo yoki qazi ta’mli muzqaymoq sotib olish imkoniyati hayratga soladigan jihat emas. U har qadamda sotilib, ishonib bo‘lmas darajadagi talabga egaligi barchani lol qoldiradi.

Quyonlar boshqaradigan orol

Ikkinchi jahon urushi vaqtida Okunosima oroliga sirli ilmiy tadqiqotlar uchun quyonlar olib kelingan. Keyinroq dastur yopildi, mazkur jonzotlar esa ozodlikka qo‘yib yuborildi. Ular vaqtni bekorga o‘tkazishmadi, shuning uchun bugun mitti orol uzunquloqlar bilan liq to‘lgan, bu esa sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etadi.

Yaponiyada hatto kuz ham o‘ziga xos

© imgur

depositphotos, depositphotos prevyusidagi suratlar