E’tiboringizga dunyoga o‘zgacha nazar bilan qarashga majbur qiladigan 18 xaritani taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

E’tiboringizga dunyoga o‘zgacha nazar bilan qarashga majbur qiladigan 18 xaritani taqdim etamiz.

© EAST NEWS

Afsuski, bugungi loyihamiz britaniyalik dizayner Kris Greyningbor-yo‘g‘i oddiy tasavvuridir. Biroq metroga tushish orqali dunyoning istalgan nuqtasiga tezyurar poyezdda yetib borish qanday qulay bo‘lar edi.

 

© depositphotos.com

Ehtimol hamma ham bu statistikaga qo‘shilmasligi mumkin. Biroq, mana bir necha yildirki, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Filippin eng do‘stona mamlakatlar qatoridan joy egallab kelmoqda.

 

© thetruesize.com

Xaritalar mamlakatlarning aniq o‘lchamini bermasligi haqida yozgan edik. Gap shundaki, o‘lchashda jiddiy kamchilikka ega Merkator proyeksiyasidan foydalanamiz. Mamlakatlar qutblarga qanchalik yaqin joylashsa, ular shunchalik katta bo‘ladi.

 

© depositphotos.com

Metrik tizim mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarda mavjud bo‘lganlari ichida eng qulayi sifatida qabul qilingan. Aytgancha, metr qayerdan kelib chiqqani haqida o‘ylab ko‘rganmisiz, javob esa mana bunday: bu meridianning Shimoliy qutbdan ekvatorgacha bo‘lgan choragining o‘n milliondan bir ulushidir.

 

© depositphotos.com

Dunyodagi so‘zsiz yetakchi Facebook hisoblanadi, afsuski u Xitoyda YouTube, Instagram va hatto Google kabi bloklab qo‘yilgan.

 

© depositphotos.com

Eng keng tarqalgan familiyalarko‘pincha kasb bilan bog‘liq bo‘ladi (Gruber (Gruber) “konchi” Myuller (Müller) — “tegirmonchi”), ismlar (Ivanov, Dimitrov), ayniqsa joy bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar, masalan Berzinsh (Bērziņš) — “qayin”, Tamm (Tamm) — “eman” sifatida tarjima qilinadi.

 

© depositphotos.com

Kimdadir eng uzun suv sayohatiga kelish fikri paydo bo‘lsa, uning yo‘li aynan shu ko‘rinishda bo‘lardi.

 

© depositphotos.com

Tomosha qilinadigan sport turlari orasida ko‘pchilik mamlakatlarda futbol ma’qul ko‘riladi, umuman olganda, hayron qoladigan joyi yo‘q.

 

© depositphotos.com

Statistikagatayanadigan bo‘lsak, iOS qurilmalari rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi, qolganlar esa Androidni ma’qul ko‘radilar.

 

© depositphotos.com

Spirtli ichimliklarning xilma-xil turi mavjud bo‘lishiga qaramay, istisno tarzda alkogol an’anaviy ravishda ma’qullanmaydigan musulmon mamlkatlaridan tashqari, butun dunyodagi odamlar pivo va o‘tkir ichimliklarni ma’qul ko‘rishadi

 

© depositphotos.com

Yer sharining barcha meridianlari Antarktidani kesib o‘tadi, shuning uchun qutb stansiyalarining aholisi stansiyaning tegishliligi va joylashuviga qarab turli vaqt mintaqasidan foydalanishadi.

 

© depositphotos.com

Kimdirbu xarita borasida hazillashganga o‘xshaydi: “Siz dunyo markazida bo‘lishni shu qadar xohlaganingiz tufayli Osiyoni teng ikkiga bo‘ldingiz”. “Markazda bo‘lishga intilish”ning bunga aloqasi bo‘lmasa kerak, Shimoliy va Janubiy Amerika aholisiga shunisi qulayroq.

 

© EastNews

Ko‘rib turganimizdek, milliy bayroqlarning eng mashhur ranglari – qizil, ko‘k va oq. Yashil bayroqlar ko‘pincha musulmon mamlakatlarida uchraydi, chunki ushbu rang tabiat va din ramzi sanaladi.

 

© depositphotos.com

Barcha bahslarga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda genetik jihatdan modifikatsiya qilingan mahsulotlarni yetishtirish ma’n etilmagan. AQSHda esa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlar tarkibida GMM mavjudligi to‘g‘risida iste’molchilarni umuman ogohlantirmaslklari ham mumkin.

 

© mapinmap.ru

Ko‘pchilik Yevropa mamlakatlari velosipedda yurish uchun yaxshi moslashgan, biroq Niderlandiya hatto ularning fonida ham ajralib turadi. Ishonavering, ushbu velosiped yo‘llari hech qachon bo‘sh qolmaydi, axir mamlakatdagi velosipedchilar sonijami aholi sonining 99,1 foizini tashkil qiladi.

 

© depositphotos.com

Osiyoliklar – dunyodagi enn aqlli odamlar ekanligi borasidagi fikr haqiqatga ancha yaqinga o‘xshaydi. Shuningdek, Kanada, Avstraliya va Yevropaning ko‘plab mamlakatlari aholisi ham yuqori IQ bilan fahrlanishlari mumkin.

 

© depositphotos.com

Tan oling, McDonald’sda kim bir marta bo‘lsa ham bo‘lgan? Tez ovqatlanish restoranlarining mazkur tarmog‘ini deyarli hamma joyda uchratish mumkin, biroq ba’zi mamlakatlar ataylab ularga ega bo‘lishni istashmaydi. Masalan, Islandiya so‘nggi McDonald’s ni 2009 yilda yopgan va bu vaziyatni murakkab iqtisodiy vaziyat bilan bog‘lagan.

 

© EastNews

Janubga qarab yo‘nalgan xaritalardan Avstraliya va Janubiy yarim sharning ba’zi mamlakatlarida foydalanadilar, axir dunyoni aynan shunday ko‘rish ular uchun qulay.

depositphotos.com prevyusidagi suratlar