Agar tirnoqlarda tekis naqshlarni chizish siz uchun haqiqiy muammo bo'lsa, uy sharoitida manikyur qilish uchun 21 ta kichik hiylani taqdim etamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Agar tirnoqlarda tekis naqshlarni chizish siz uchun haqiqiy muammo bo’lsa, uy sharoitida manikyur qilish uchun 21 ta kichik hiylani taqdim etamiz.

 

1. Tekis kontur uchun gelli ruchka

Kanselyariya tovarlarining istalgan bo’limida sotiladigan oddiy gelli ruchkadan neyl-art uchun foydalanish mumkin.

Uning yordamida naqsh konturlarini chizing, ustidan esa rangsiz lak suring. Yagona salbiy tomoni: gelli ruchka qurishi uchun 30 daqiqaga yaqin vaqt kerak, shu vaqtdan oldin ustiga hech narsa surmang.

 

2. Tekis nuqtalar uchun to’g’nog’ichlar

Tekis nuqtalarni chizish uchun dotter o’rniga uchi qayriltirilgan oddiy to’g’nog’ichlarni ishlating.

 

3. Tekis chiziqlar uchun tasma

Tirnoqlarda ingichka chiziqlarni cho’tka yordamida chizish o’rniga neyl-art uchun ingichka tasma sotib oling.

 

4. Yaltiroqli qo’lbola lak uchun glitter

Istalgan lakka dekorativ yaltiroqlarni qo’shing. Birinchidan, pulingiz tejaladi, ikkinchidan, lakdagi glitter miqdorini mustaqil nazorat qila olasiz.

 

5. Tosh teksturasi uchun xalta

Tabiiy tosh teksturasiga ega bo’lish uchun g’ijimlangan polietilen xaltasi yordamida tirnoqlarga lakning ikkinchi qatlamini suring.

 

6. Xatolarni tuzatish uchun tish qavlagich va paxta

Manikyurdagi kichik xatolarni yo’qotish keragu, kosmetik tayoqchaning diametri o’ta katta bo’lsa, ozgina paxtani tish kavlagichga o’rang.

 

7. Ambre effektini yaratish uchun oq lak

Ambre effektini yaratish uchun bir necha tomchi oq lakni asosiy rangga aralashtiring.

 

8. Jilosiz qatlam uchun kraxmal

Agar jo’xori kraxmali rangsiz lak bilan aralashtirilsa, tirnoqlar uchun chiroyli jilosiz lakka ega bo’lasiz.

 

9. Mukammal fransuz manikyuri uchun rezina

Agar tekis oq chiziqlar siz uchun qiyinchilik tug’dirsa, tirnoq uchiga oddiy kanselyariya rezinasini kiydirib, bosh barmoq bilan torting va bemalol chiziq chizing. Rezina konturdan chetga chiqishga yo’l bermaydi.

 

10. Toshlarni qo’yish uchun shag’amli qalam

Toshni oson va oddiy ildirish uchun qalam uchini unga tekkizib, tirnoqqa qo’ying. Makiyaj uchun qalamlardan ham foydalanish mumkin.

 

11. Notekisliklarni yashirish uchun yaltiroqlar

Kanselyariya rezinasiga oid maslahatga qaramay, fransuz manikyurining oq chiziqlari notekis chiqqan bo’lsa, chiziq chetiga yaltiroq yopishtirib kamchilikni yoping.

 

12. Eski lakni o’chirish uchun PVA yelimi

Agar tirnoq chetidan eski lak qoldiqlarini o’chirishning imkoni bo’lmasa, kutikula cheti bo’ylab bir oz PVA yelimini suring. Qurishini kuting, so’ngra…. lak qoldiqlari bilan birga ko’chirib oling!

 

13. Mayda nuqtalar uchun eski sterjen

Shariklik ruchkaning eski sterjeni yordamida tirnoqlarda mayda nuqtalarni chizing.

 

14. Noodatiy naqsh uchun to’r

Chiroyli naqshni yaratish uchun trafaret sifatida bir bo’lak to’rdan foydalaning.

 

15. Gradiyent effekti uchun sponj

Tirnoqlarda gradiyent effektini hosil qilish uchun ularga asosiy rangni suring, boshqa rangni esa sponj yordamida suring.

 

16. Animal-print uchun o’chirg’ichli qalam

Tirnoqlarda qoplon printini chizish uchun qalam uchidagi o’chirg’ichlarni qo’lbola shtampga aylantiring.

 

17. Yorqin neon uchun oq asos

Neon rangli lak haqiqiy tovlanishi uchun uning ostidan oq lak suring.

 

18. Tekis yozuvlar uchun marker

Marker-ruchka yordamida tirnoqlarda yozuvlar yozing. Bu jonga tekkan gelli manikyurni yangilashning oddiy va tez usuli.

 

19. Chiroyli yurakchalar uchun tish kavlagichlar

Tirnoqlarda chiroyli kichkina yurakcha chizish uchun tish kavlagich bilan ikki tomchi lak qo’ying va ularni pastdan birlashtiring.

 

20. Yo’l-yo’l naqsh uchun keng cho’tka

Quvnoq yo’l-yo’l tirnoqlarga ega bo’lish uchun keng cho’tka yordamida bir necha rangdagi lakni suring.

 

21. Manikyurni o’chirish uchun gubka

Idish yuvish uchun ishlatiladigan ikkita gubkani bolalar ozuqasi uchun mo’ljallangan kichkina bonkachaga o’rtasida o’yiq hosil bo’ladigan holda tiqing. Uning ichiga lakni o’chirish vositasini quying va tirnog’ingizni tiqing. Bir oz kuting va lak to’liq o’chadi. Bunday usul yaltiroqli lakni o’chirishga qo’l keladi.

buzzfeed.com materiallari asosida