Tushkun hayollar sizni chulg'ab olishiga imkon berish orqali o'zingizni adog'i yo'q qayg'u girdobiga otasiz. Shuning uchun ularni iloji boricha tezroq yo'qotish kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Tushkunlikdan aziyat chekadigan odamlar o’zlaridagi salbiy hissiyotlar, fikrlar, shubhalar va gumonlar orasida qolib ketgan. Bu chegaralar shu qadar kuchli bosim o’tkazadiki, inson vaziyatni sog’lom baholashga va boshqalarning fikriga quloq tutishga qodir bo’lmaydi.

Tushkunlikka qarshi kurash katta kuchni talab etadi. Biroq, bir qarashda eng oddiy bo’lib ko’ringan harakatlar ham mazkur muammoni yengishga yordam beradi.

1. Meditatsiya bilan shug’ullaning

Meditatsiya (ma’naviy barkamollikka erishish uchun ichki mushohadani amalga oshirish)  serotonin va noradrenalin ishlab chiqarilishini jadallashtirishi isbotlangan. Mazkur ikki muhim neyrotransmitter darajasining pastligi qayg’u hissini uyg’otadi. Muntazam meditatsiya salbiy hayollarni bosish, atrofdagi olam go’zalligini ko’rish va o’zingizni tetik hamda jonli his qilish imkonini beradi.

Tongda va uyqudan avval kuniga bir daqiqadan meditatsiya qilishni boshlang. Xohishingizga qarab vaqtni uzaytirish mumkin.

2. Do’stlar bilan muloqot qiling

Hech kim bilan gaplashishga kuchingiz qolmagan taqdirda ham, o’zingizni majburlang. Jamiyatdan yakkalanish tushkun holatingizni faqat mustahkamlaydi. Do’stlar kayfiyatingizni ko’tarishga va quvvat bag’ishlashga yordam beradi.

3. Sport bilan shug’ullaning

Sport quvonch va baxt gormoni – endorfin darajasini oshiradi. Muntazam mashqlar nafaqat tushkunlik, balki boshqa kasalliklarni yengishga yordam beradi. Sport organizmni mustahkamlab, bosimni tiklaydi va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Olimlar me’yoriy jismoniy zo’riqish bilan shug’ullanishni, masalan haftasiga 3-4 marotaba 30-60 daqiqadan yurishni tavsiya qiladilar.

4. To’g’ri ovqatlaning

Salomatlik holati hayollarimiz va hissiyotlarimizga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Kasallik quvvatni oladi va kayfiyatni yomonlashtiradi. To’g’ri ovqatlanish – yaxshi salomatlik kalitidir.

Muvozanatlangan tarzda ovqatlaning. Organizm o’ziga zarur barcha vitaminlarni olishi kerak.

5. Ilxomlantiruvchi kitoblarni o’qing

Doimiy o’zini-o’zi rivojlantirish har bir inson uchun juda muhim. Bilimlarni esa asosan kitoblardan olamiz.

So’nggi vaqtda ilhomlantiruvchi kitoblar ommalashdi. Ular pozitiv fikrlash haqida so’zlab, o’zini tahlil qilishni o’rgatadi hamda ko’plab muammolarni yengishga yordam beradi. Siz aynan o’zingizga mosini tanlashingiz mumkin.

6. Psixiatr bilan gaplashing

Malakali psixiatr tushkunlikni yengishga yordam beradi. U sizni tinglaydi va qanday qilib ijobiy fikrlashni o’rgatadi.

Shuningdek, odamlar bir-birlari bilan tajribalarini o’rtoqlashadigan qo’llab-quvvatlash guruhlari mavjud. Tushkunlikni yolg’izlikda yengish og’irroq. Shu bilan birga, bu yangi tanishlar orttirishning ajoyib imkoni.

7. Ijtimoiy hayotda ishtirok eting

To’rt devor ichida o’tirmang. Jamoat tadbirlariga boring, odamlar bilan gaplashing. Atrofdagilarning yaxshi kayfiyati yuqumli bo’ladi. Bu sizga zarur quvvat manbaini berib, salbiy hayollardan ozod etadi.

8. Minnatdorchiliklar kundaligini tuting

Har kech kun davomida yuz bergan barcha yaxshi voqealarni yozib boring. Bu voqealar nima uchun sizni baxtliroq qilishini batafsil yozing. Bugun nima uchun minnatdor ekanligingizni sanab o’ting.

Mazkur usul stress darajasini kamaytirib, uyqudan avval sizni tinchlantiradi.

9. Kelgusi kun uchun oldingizga uch maqsad qo’ying

Rejalashtirish kun oxirigacha bajarishni istagan aniq vazifaga diqqat qaratishga yordam beradi. Qandaydir maqsadga erishganda, kayfiyat yaxshilanadi va o’z kuchiga bo’lgan ishonch ortadi. Kichik qadamlar sizni katta natijalarga qanday olib kelganini sezmay qolasiz.

10. Hushchaqchaq musiqani tinglang

Musiqa ruhiy holatimizga ta’sir qiladigan g’aroyib xususiyatga ega. Shuning uchun omadsiz sevgi haqidagi tushkun qo’shiqlarni tinglash orqali vaziyatni chuqurlashtirish shart emas.

11. Ko’proq kuling

Kulgu umrni uzaytirish hammamizga ma’lum. Kulgu vaqtida miya quvonch va qoniqish gormoni hisoblangan dofamin ishlab chiqaradi. Shu bois qancha ko’p kulsak, shuncha baxtliroq bo’lamiz.

Tongni tabassumdan boshlang, shunda kun davomida o’zingizni ancha yaxshi his qilasiz.

12. Yetti kun davomida aqliy parhez tuting

Tushkun hayollarni yo’qotish uchun butun fikrlashni qayta dasturlash zarur. Buning uchun bir hafta davomida uni o’zgartirish ustida ishlang.

Salbiy fikrlar chulg’ab olayotganini sezgan zahotingiz qandaydir yaxshi narsalar haqida o’ylang. Sizni nima quvontirishini eslang. Hayollaringizning sohibiga aylaning.

13. Eski arazlarni qo’yib yuboring

Jahl qilish – go’yoki zahar ichib, boshqa odamning o’limini kutishdir.

Budda

Arazlarni hayolimizdan chiqara olmasak, ichimizda salbiy quvvat to’planadi. Nafrat boshqa odamlarda emas, o’zimizning ahvolimizda aks etadi.

14. Boshqalarni kechiring

Yechim topmagan muammolar, eski arazlar kabi, tushkun holatning manbai hisoblanadi. Mayda xatolarni unutish oson. Biroq, haqiqatdan ham yomon narsa uchun insonni kechirish hammaning qo’lidan kelmaydi. Bu ruhiy kuch va o’ziga ishonchni talab qiladi.

Agar kimnidir kechira olmasangiz, bu his ko’p yillar davomida sizni kemiradi va tinch yashashga yo’l bermaydi.

15. Odamlarga yordam bering

Boshqa odamlarga yordam ko’rsatganda zavqlanishimiz isbotlangan holat. Bu vaqtda, huddi kulgu vaqtida bo’lganidek, dofamin ishlab chiqariladi. Yaxshilik qilish orqali ijobiy hissiyotlarni olamiz hamda bo’liq va keraksizlik hissidan xalos bo’lamiz.

16. Ko’proq quyoshda bo’ling

Quyosh ostida yurganda organizmda barcha hayotiy muhim jarayonlarda ishtirok etadigan D vitamini ishlab chiqariladi. Shuningdek, u kayfiyatni ko’taradi.

17. Sizni qo’llaydigan odamlarni atrofingizga to’plang

Hayotingiz ahamiyatsiz bo’lmagan odamlarni tanlang. Muhimi, siz ular bilan o’zingizni qulay va ishonchli his qilishingizdir. Sizni pastga tortuvchi odamlardan uzoqlashing.

18. Salbiy hayollaringizni tahlil qiling

O’ziga nisbatan ishonchsizlik va tushkun hayollar foydasizlik va keraksizlik tuyg’usini uyg’otadi. Sizni tashvishga solayotgan narsani yozishga urinib ko’ring. So’ngra hayollar va ta’kidlarning qay biri haqqoniy ekanligini aniqlang.

19. To’yib uxlang

Albatta, katta hayotda sutkasiga sakkiz soatdan uxlashning doim ham uddasidan chiqa olmaymiz. Biroq nosog’lom uyqu va uyqusizlik tushkunlik holatini og’irlashtiradi.

20. Sevimli mashg’ulotlarga vaqt ajrating

Avvallari sizga yoqqan mashg’ulotni bajaring: kinoga boring, suv havzasida suzing, arg’imchoqda uching. Albatta, tushkun holatda hayotdan hursand bo’lish qiyin. Buni qaytadan o’rganishingiz kerak. Ehtimol avvaliga o’zingizni majburlashga to’g’ri kelar. Lekin vaqt o’tishi bilan xobbi va qiziqishlardan yana avvalgidek zavq ola boshlaysiz.

21. Mukammalikka intilishni yo’qoting

Businesswoman standing on ladder looking into distance against cloudy background

Mukamallikka intilish doimiy stressga sabab bo’ladi va ilojsizlik, o’ziga ishonchsizlik, aqliy ochlik, uyqusizlik va salomatlik bilan bog’liq muammolarga sabab bo’ladi.

Hayotda hech narsa mukammal emas. Barchada va hamma narsada kamchilik mavjud. O’zingizda boridan hursand bo’ling. Agar nimadir sizga yoqmasa, uni tuzating, ammo chegaradan chiqib ketmang.

22. O’zingizga vaqt ajrating

Odatiy muhitdan chiqing. Dam olish kunlarini notanish joyda o’tkazing. Hordiq chiqaring, bir oz o’zingiz bilan yolg’iz qoling, ongingizni keraksiz hayollardan tozalang. Maqoladagi maslahatlarni amalda sinab ko’rish uchun bu juda qo’l keladi.

23. Yangiliklarga ochiq bo’ling

Siz uchun mutlaqo yangi bo’lgan narsa bilan shug’ullaning. Notanish joyga tashrif buyuring. Buning uchun hattoki hech qayerga ketishning ham keragi yo’q. Shahringizda siz hech qachon bo’lmagan qandaydir muzey yoki galereya borligi aniq. Kitob o’qing, ko’ngilli bo’lib ishlang, chet tilini o’rganing.

24. Tabiatda sayr qiling

Tabiat qalbdagi yaralarimizni tuzata oladigan ajoyib kuchga ega. Toza havo, qushlarning sayrashi, barglarning shivirlashi va go’zal manzara. Sukunat va xotirjamlik. Faqat hozir bor va hech qanday tashvish yo’q. Sayrga sevimli insoningiz bilan borsangiz, yanada baxtli onlarni boshdan kechirasiz.

25. Yengilmang

Har kim yengilishi mumkin. Biroq kurashish va hayotdan bahra olish ancha murakkab. Har qanday inson qiyinchiliklar va tashvishlarga duch keladi. Ularni yengishni o’rgansangiz, barini oson hal qila olasiz.


Hayot bir marta beriladi. Uni qayg’u va alamlarga sarflamang.