Yaqinlaringiz maslahatlariga quloq solmang. Ko‘pincha ular yordam berish o‘rniga uyqusizlik muammosini yanada murakkablashtiradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ruhshunoslar odamlar o‘z yaqinlariga uyqusizlikni yengishda qanday yordam berishlarini o‘rganishdi. Ular ko‘pincha (yaxshi niyatda) zararli maslahatlar berishadi.

1. Erta yoki kechroq yotish

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - nintchdbpict000308376808.jpg

Aslida uyqusizlikda ham odatiy rejimga amal qilish lozim. Agar vaqtliroq yotsangiz, o‘rinda u tomondan bu tomonga ag‘anab, nima uchun uxlay olmayotganingiz haqida o‘ylab yotasiz. Agar kechroq yotsangiz, uyqu va uyg‘oqlik siklini buzgan bo‘lasiz.

2. Televizor ko‘rish yoki o‘rinda mutolaa qilish

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - victoria-heath-597279-unsplash.jpg

Karavotdan faqat uyqu maqsadida foydalangan ma’qul. Miyangiz bu tasavvurni aniq o‘zlashtirishi lozim. O‘rindagi boshqa harakatlar uxlashda yordam bermasligi aniq.

Bundan tashqari, televizor va boshqa ekranli qurilmalar miyani faollashtiradi. Shuning uchun maslahat ikki marotaba shubhali.

3. Qahva ichish, mizg‘ib olish va kunlik faollikni qisqartirish

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - Midnight%20Brew.jpg

Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q. Kun davomida mizg‘ib olish xavfli, chunki u yana jadvalning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bekorchilik esa uyqusizlikni oshiradi. Kofeinning uyquga ta’siri haqida gapirish esa ortiqcha.