•  
  •  
  •  
  •  

Odamlar 30 yoshida tez-tez jiddiy xatolarga yo’l qo’yishadi, ularning natijalari esa butun hayotlari davomida ularga hamrohlik qiladi. Sizga o’z xatolari haqida so’zlab bergan va ulardan olgan saboqlari haqida bo’lishgan odamlarning fikrlarini taqdim etamiz.

Quoraning bir foydalanuvchisi juda muhim savol berdi:

«Siz 30 yoshingizda qilgan eng katta xato nima  va u sizga nimani o’rgatdi? 

Savol  jonli va shiddatli munozaralarga sabab bo’ldi, ularning eng qiziqarlilari quyida keltirilgan.

Biz sizni Quora foydalanuvchilari kabi faol bo’lishga chorlaymiz va mavzuga oid sharhlaringizni qoldirishni so’raymiz.

Hayotni ikkinchi darajaga chiqarib qo’ymang

Men asosiy xatolarimdan biri, ish va karyeraga juda ko’p vaqt bag’ishlab, qolgan boshqa narsalarni ikkinchi darajaga chiqarganim deb bilaman. Qolgan boshqa narsalar deganda oilam, do’stlarim va hatto o’zimning salomatligimni nazarda tutyapman.

20 yoshdan keyin yaqin vaqtgacha (hozir 35 yoshdaman) ushbu rejimda yashadim: uyg’onish, ishga borish, uyga qaytish va uxlash, ertasi kuni esa faqat hammasini qayta takrorlash uchun o’rnimdan turish.

Men bunday og’ir sharoitlar salomatligimga zararli yetkazishiga umuman e’tibor qilmadim va munosabatlarga kerakli darajada e’tibor bermadim.

Ortga qarab, men biror muhim va qadrli narsani eslay olmayman. Bu yillar faqat muhim tuyulgan soxta maqsadlar sari oxiri yo’q poyga edi.

Shuning uchun, endi men o’tkazib yuborgan barcha narsalarga yetishmoqchiman.  Aslida menga nima muhim ekanligini anglash uchun ko’p vaqt sarfladim, lekin buni juda kech tushunmaganimdan xursandman va menda hayotni o’zim xohlagandek yashash imkoniyati bor.

Sog’ligingiz haqida qayg’uring. Bu eng birinchi va muhim ustuvor vazifadir. Yoshingiz 30 da, siz esa allaqachon o’zingizni charchagan va hayotdan qiynalgan odamdek his qilasiz.

Siz butun umr ishlaysiz. Yoshlik esa hayotda faqat bir marta bo’ladi. Bu vaqtni qo’ldan chiqarmang. Vaqtni faqatgina ishga sarflamang – muloqot qiling, shaxsiy hayotingizni quring, o’zingizni faqat uy va ish bilan chegaralab qo’ymang.  20 va hatto 30 yildan keyin sizda eslashga arziydigan nimadir bo’lsin.

Vaqtni g’azabga sarflamang

Men bu aynan siz izlayotgan javob ekanligiga ishonchim komil emas, lekin baribir aytaman: 30 yoshingizda siz qilgan eng katta xato jahl edi.

Men judayam ko’p vaqtimni, boshliqlar, hamkasblar, siyosatchilar, meni tashlab ketgan qizlarga va shunchaki meni aldagan odamlarga jahl qilib behuda o’tkazdim. 

G’azabim asosli edi. Hatto, hozir ortga boqib, bunga arzirli sabablar borligini tushunaman, biroq ayni paytda g’azabim behuda vaqt sarflashdan boshqa narsa emasligini anglayman.

Men bu bilan g’azablangan kishilarimga emas, faqat o’zimgagina ziyon yetkazdim.

Hayotingizdagi odamlarni qadrlang

Men ajoyib bir qizni uchratdim va uni chindan sevib qoldim. Lekin ko’p o’tmay, hayotimda chindan ham yaqin odam borligini men oddiy hol deb qabul qila boshladim. Eng yomoni, mening mag’rurligim, uning men uchun qanchalik qadrli ekanligini ko’rsatishimga yo’l qo’ymasdi. U uzoq vaqt davomida munosabatlarimiz uchun kurashdi, lekin oxir-oqibat u meni tark etdi. Hozir u boshqaga turmushga chiqqan.

Biz hali ham do’stmiz, tez-tez muloqot qilamiz. Bu jahannamga o’xshaydi, lekin uni umuman ko’ra olmaslikdan yaxshiroq.

Bundan qanday saboq oldim? Qip-qizil ahmoq bo’lmang. Sevimli odamingizga e’tibor qarating, har kuni, har bir daqiqada uni qanday sevishingiz va qadrlashingizni ko’rsating.

Agar ahmoqona ish qilganingizni bilsangiz, jin urgur g’ururga tupuring va kechirim so’rang.

O’zingizni boshqalar bilan taqqoslamang

Mening eng katta xatoyim: 30 yoshga kirganimda, men darhol butun umr orzu qilgan, o’sha yuksak cho’qqiga ko’tarilaman deb o’ylagandim. Lekin men doim o’zimni mendan yosh va ancha muvaffaqiyatli bo’lganlar bilan taqqoslay boshladim. Boshqalarda  uy-joy, gullayotgan biznes va oila bo’lgan bir paytda, menda hech narsa yo’q edi.

Endi tushundimki, boshida kimdir mendan muvaffaqiyatli bo’lgani uchungina, men qo’llarimni tushirib taslim bo’lmoqchi edim. O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang va 30 yoshimda hamma narsaga erisha olaman deb o’ylamang. 30 yoshda hayot tugamaydi, faqat boshlanadi.

Do’stlaringizni unutmang

Mening bolaligimizdan birga o’sgan bir necha yaqin do’stlarim bor edi.

To’yimdan keyin do’stlarimdan uzoqlasha boshladim, chunki rafiqamni xafa qilishni xohlamasdim. Men ularga qo’ng’iroq qilmadim, mehmonga chaqirmadim, ular bilan klub va barlarga, baliq oviga bormadim. Ya’ni, ilgari biz birga qilgan narsalarning hech birini qilmadim.

O’sha paytda men bu haqda o’ylamagan edim, to’g’ri ish qilyapman deb bilardim, chunki ular menga birodarlarimdek edi va meni tushunishlari kerak edi.

18 yil o’tgach, nikohim buzildi va men eski qadrdon do’stlarimni juda sog’indim. Do’stligimizni qaytarishga harakat qildim, lekin oradan shuncha vaqt o’tdi, hayotimizda juda ko’p o’zgarishlar bo’ldi va biz uchrashganimizda ham do’stlarim juda uzoqlashganday tuyuladi. Men hali ham do’stligimizni qaytarishga umid qilaman, lekin bunga vaqt talab etilishini tushunaman.

Sizga maslahatim: do’stlaringizni birodarlarim deb o’ylamang. Birodaringiz siz undan nafratlansangiz ham, baribir birodaringiz bo’lib qolaveradi.

Do’stingiz abadiy do’st bo’lib qolmasligi mumkin. Do’stlik doimiy e’tibor va ishtirokni talab qiladi.