Masalan, londonlik taksi haydovchilarida gippokamp – miyaning hissiyotlar va xotira uchun javob beradigan qismi kattalashgan. Sizning nima kamchiligingiz bor?

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Demak boshladik!

 

1. Ko’proq o’qing  

 

Murakkab gap tuzilishlari, uzun, aralash gaplar, kamyob so’zlar, jurnalimizdagi ma’noli maqolalar va ayniqsa she’rlar – miyangiz uchun haqiqiy quvvat manbaidir.

 

2. Stolni barmoqlar bilan taqillating 

 

Tinglayotgan musiqaga jo’r bo’lishni o’zingizga qoida qilib olsangiz yana ham yaxshiroq bo’ladi: tizzada, stolda yoki yangi sotib olingan tamtamda – farqi yo’q. Kaftlar bilan yoki ovqatlanish tayoqchalari bilan. San-Diyegolik neyrobiolog Anirud Patelning fikricha, ritm hissi ta’limda muhim o’rin tutadi. Zero, bu his uchun miyaning harakat funksiyalari bilan bog’liq bo’limlari – bazal gangliyalar javob beradi.

 

3. Mumtoz musiqa tinglang 

 

Ayniqsa Motsartni. 1995 yilda ruhshunos Frensis Rausher o’ttizta kalamushni hiyla yordamida xonaga kirita olgan. U yerda ikki oy davomida vaqti-vaqti bilan ikkita fortepiano uchun do major Sonatasi yangrab turgan. Tajribadan so’ng ma’lum bo’lishicha, jonivorlar mazkur ikki oy ichida jimjitlikda yashagan boshqa kalamushlar guruhiga nisbatan yaxshiroq raqsga tusha boshlaganidan tashqari, labirintni tezroq va kamroq xatolar bilan kesib o’tishni o’rgangan.

 

4. Xotira mashqlarini bajaring  

 

Masalan, londonlik taksi haydovchilarida gippokamp – miyaning hissiyotlar va xotira uchun javob beradigan qismi kattalashgan. Sizning nima kamchiligingiz bor?

  • brainscale.ru saytini saqlab qo’ying. Unda 1958 yilda miyaning ma’lum qismlaridagi faollikni o’rganish va rag’batlantirish, ish xotirasi, mantiqiy fikrlash va diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan «N ortga» vazifalar variantlaridan birini topasiz. Testni har kuni yechishga harakat qiling, bunga kun boshlanishida va oxirida bir necha daqiqa ajrating. 2008 yilda Syuzanna Yeggi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, mazkur vazifani bajarishga oid muntazam mashqlar insonning harakat ongini sezilarli rivojlantirish, ish xotirasini kengaytirish, mantiqiy fikrlashi va diqqatni jamlash qobiliyatini yaxshilashi mumkin.

 

  • Xarid qilish kerak bo’lgan mahsulotlar ro’yhatini tuzgach, uni bir necha martta o’qib chiqing va ularning nomlarini emas, balki do’kondagi turli bo’limlar bo’ylab kutilayotgan yo’lingizni eslab qolishga harakat  qiling. Hamma narsani aravachaga to’plab, navbatda turganingizda aqlingizda umumiy qiymatni hisoblab ko’ring. Agar u to’g’ri bo’lib chiqsa o’zingizga bitta sovg’a sifatida ismaloq bog’lamini sotib olishingiz mumkin: u xotira uchun foydali.

 

  • Har kuni she’r yodlashga yarim soat ajrating. So’nggi martta buni bolalar bog’chasida qilgansiz, ammo bayramning rasmiy qismi tugashi bilanoq barcha so’zlar miyangizdan uchib ketgan. She’rlarning qanday mazmunda bo’lishi ahamiyatli emas.

 

5. Qahva iching  

 

Kofein dofamin va noradrenalin neyromediatorlari chiqarilishini kuchaytiradi. Ular ko’proq vaqt tetik qolish va diqqatni saqlab turishga yordam beradi. Muhimi ortiqcha iste’molga yo’l qo’ymaslik: katta miqdordagi kofeindan haddan tashqari hayajonlanib ketasiz va oqilona fikr yurita olmaysiz. Sutkasiga 300 mg.dan ortiq miqdordagi kofein (tabiiy qahvaning 4 finjoni) havotir holati, bosh og’rig’i, tremor, aritmiyaga sabab bo’ladi.

 

6. Albert Eynshteyn        

Fizik-nazariyachi, Nobel mukofoti sohibi:

 

«Ongiy o’sish tug’ilish lahzasidan boshlanib, faqat o’lim bilan tugashi kerak. Omadning siri – axborotni qayerdan topish va undan qanday foydalanishni bilishdadir. Bir zamonlar chegaralarini kengaytirgan ong hech qachon avvalgi holatiga qaytmaydi. Yetuk shaxslar chiroyli nutqlar orqali emas, balki o’z mehnati va uning natijalari yordamida shakllanadi».

 

7. Mark Porsiy Katon 

Katta Davlat arbobi, adib:

 

«Ahmoqlarda donodan emas, dono ahmoqlardan o’rganadi».

 

8. Shaxmat, shashka va poker o’ynang  

Bu o’yinlar boylik olib kelishi bilan birga, fikrlashni yaxshi rivojlantiradi. Agar shaxmatni juda yaxshi o’ynayman degan fikrda bo’lsangiz, qaror qabul qilishga bir daqiqadan ortiq ketmaydigan vaqtda o’ynashga harakat qiling.

 

Amerika shaxmatida asosiysi – hujum kuchidir.

 

9. Miqdoriy hissiyotingizni rivojlantiring  

Ha-ha, Sizda bu narsa bor. Cho’ntagingizdan bir siqim mayda pul olib, bir nazar tashlagach xotira yordamida umumiy qiymatni hisoblashga urining. Garvarddagi kognitiv ruhshunos Veronik Izgardning aniqlashicha, hisob uchun miyaning qariyb kvazilion (bunday son bormi? Buni bilmasdik) yilga teng qadimiy tuzilmalari javob beradi, ammo ular butun umr davomida rivojlanishi mumkin. Miqdoriy hissiyotingiz hozirda qanchalik rivojlanganini tekshirish uchun natijalari hattoki Amerika universitetining solnomalarida saqlanib qoladigan va fanda ilgari surilish imkonini beradigan qisqa test yoki keng ko’lamli testni yeching. So’ngra esa, miqdoriy hissiyotni rivojlantiring. Buning eng oddiy yo’li – sumkaga buyumlarni taxlashdir. Ularni yaxshiroq joylashtirishni o’ylaganda, miyangiz eng murakkab vazifalarni yechadi va mashq qiladi.

 

10. Miyani to’g’ri oziqlantiring!  

Shu paytgacha maktab dasturidagi bironta ham she’rni oxirigacha aytib bera olmasangiz yoki tanishlaringizning tug’ilgan kunlari haqida Facebook yodga solib tursa – bu ayni muddao.

  •  Yong’oq. Bilimdonlikning deyarli asosiy kuchi! Ular hattoki tashqi ko’rinishidan ham miyaga o’xshab ketadi. Kuniga beshta yong’oq – va Siz miya faoliyatini yaxshilaydigan hamda xotirani faollashtiradigan letsitin bilan ta’minlanasiz. Shuningdek, yong’oq ortiqcha nurlanish sharoitida yashayotgan bo’lsangiz ham foyda beradi.

 

  • Baliq. Mazkur tilsiz va sovuq mahsulot yodga boy bo’lib, uning go’shtida miya hujayralarida impulslarni uzatish uchun zarur quvvatning tezkor oqimini ta’minlaydigan omega-3 yog’ kislotalari mavjud. Ular qondagi xolesterin miqdorini tartibga soladi va tomirlar ishini yaxshilaydi. Agar kuniga kamida 100 gramm baliq iste’mol qilsangiz, munosabat bildirish tezligi oshib, Alsgeymer xastaligi rivojlanishining oldi olinadi. 

 

  • Qovoq urug’lari. Yarim stakan urug’ni cho’ntagingizga solib oling va ofisdagi janjallar vaqtida xotirangizni yaxshilab, miyangizni tezroq fikrlashga majbur qiling. Bularning bari sink tufayli.

 

  • Ismaloq. Uni haftasiga ikki-uch marotaba tonggi quymoqqa aralashtiring. Ismaloq tarkibidagi lyutein miya hujayralarini erta qarishdan saqlaydi. 

 

  • Mavrak. Jon Xopkins universitetida aniqlashlaricha, mavrak xotira buzilishi uchun javobgar aimnokislotalarning ta’sirini kamaytirar ekan. Endi universitetda har kuni mavrakli choy ichishadi va hamma haqida hamma narsani esda tutishadi.

 

11. Suhbatdoshingizning keyingi gapini topishga urinib ko’ring 

Massachusets texnologiya institutidan Rebekka Seyksning fikricha, odamlar zaruriy mashqlardan so’ng atrofdagilarni umuman so’zlarsiz – faqat yuz ifodasi, nigohi va boshqa shu kabi belgilar orqali tushuna oladilar. Bu vazifa uchun miyaning o’ng quloq ortida joylashgan va sezgini boshqaradigan qismi javob beradi.

 

12. Blog oching  

Unda kun voqealari haqida so’zlar ekansiz, fikrlaringizni aniq shakllantirish bilan birga, doimiy ravishda yangi mavzular hamda sodiq o’quvchilarning savollariga ma’noli javoblar ustiga bosh qotirasiz.

 

13. Koiti Toxey  

Adib, aykido uchtasi, 10-dan sohibi, ki-aykido uslubining Kii jamiyati asoschisi: «Mutolaa – ongning eng muhim negizidir. Bo’sh vaqtingizni turli kitoblarni o’qishga sarflang. Romanlar, hujjatli adabiyot, biografiyalarni o’qing. Dastlab kitob haqida umumiy tasavvur hosil qilish uchun uni tez ko’rib chiqing. Agar bundan foyda borligi ko’rinsa uni qayta o’qib chiqing. Natijada miyangizning turli vaziyatlarga moslashish hamda xilma-xil ma’lumotlarni tartibga solish qobiliyati oshadi».

 

14. Krossvordlar yeching  

Qizig’i, bu chindan ham ish beradi: jiddiy krossvordlar miya faoliyatiga yaxshigina ta’sir qiladi.

 

“Mayn kampf” muallifi “G” harfidan….Xm….Gyote?…Geyne….Gamlet!

 

15.    Konstantin Sheremetev 

Tadqiqotchi, «Intellektika» loyihasining muallifi (www.sheremetev.info), «Mukammal miya: Ongostini boshqarish» va «Yanada aqlli bo’lish» kitoblari muallifi:

«Kimdir maktabda matematika bo’yicha vazifalarni yoki shunga o’xshash narsalarni yaxshi yecha olganligi uchun o’zini aqlli deb biladi va oxirigacha shunday bo’lib qoladi, deb o’ylaydi. Bo’lmagan gap. Agar 18 yoshda mushaklarni chiniqtirib, so’ngra divanga yotib ularni unutsangiz, tez orada ular shaklini yo’qotadi. Miya faoliyatining samaradorligi bilan ham huddi shu holat yuz beradi».

 

Javobga!

 

Bizning g’alati savollarimizga Konstantin Sheremetev dono javoblar beradi.

 

1.Kimni aqlli deb hisoblash mumkin?

miyasini kundalik vazifalarni yechish uchun ishlatadigan insonni. Asosiy fikrlash faoliyati ongostida yuz beradi. Maktabda uni qanday boshqarish o’rgatilmaydi, shu bois aksariyat odamlarning miyasi bekorga ishlaydi va hayotlarida hech qanday yordam bermaydi. Ongning asosiy vazifasi esa – omon qolishni ta’minlashdir. Shu bois, insonning aqlini baholash uchun quyidagi qoidani eslab qoling: ong faoliyatining natijasi – bu moddiy dunyoning o’zgarishi.

 

2.Omon qolish? U holda kim aqlliroq – ofis xodimimi yoki yovvoyi tabiatdagi ovchimi?

Eng qizig’i, miya bu faoliyat turlarini farqlamaydi. Ikkalasiga ham atroflarini o’rab turgan narsalarni o’rganishi va mazkur sharoitda samarali harakat qilishni zarur.

 

3.Miyani mashq qildirish uchun kuniga necha daqiqa yoki soat ajratish kerak?

Miya to’xtovsiz ishlaydi. Masala faqat unga qanday yuklama berishingizda. Agar hayotga tanqidiy ko’z bilan qarasangiz, shug’ullanishni istagan sohani izlasangiz, o’zingizni rivojlantirsangiz, miya bor kuchiga ishlay boshlaydi. Agar fikrlash yuklamasi bo’lmasa, u to’xtab qoladi va faqat bir xil fikrlashga qodir bo’ladi.

 

4.Siz fazogirlar uchun shtatdan tashqari vaziyatlarda harakat qilish dasturini ishlab chiqqansiz. Nima, ular fazoda bo’lmaganlarga nisbatan aqlliroqmi?

Men havfli vaziyatda to’g’ri yechimni ko’rsatib berishi uchun sun’iy ongning turli sohalariga bilimlar kiritdim. Biroq, hayotdagi turli voqealarga oid foydali maslahatlarni telefonda ham to’plasa bo’ladi. Shunda, masalan, yo’l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda nima qilishni aniq bilasiz.

 

 16.Chet tilini o’rganing  

 

London universiteti nevrologiya doktori Andrea Mechellining ta’kidlashicha, bir nechta chet tilini biladigan odamlarda turli aqliy masalalar orasida yo’nalishni o’zgartirish osonroq kechadi. Tushunarsiz xorijiy so’zlarni o’rganishning yangi usuli miyangiz rivojlanishiga qo’shimcha turtki beradi.

 

  • Tilni parallel tarjimalar yordamida o’rganishni olsak. getparalleltranslations.com saytida sahifalarida bir yo’la ingliz va rus tillaridagi matnlar keltirilgan kitoblarni topish mumkin. Aslida, bu yangi seriallarni ko’rishda qo’llaniladigan huddi o’sha titrlarga o’xshaydi. 

 

  • Slovakiyalik veb-loyihachi Voytek Rinikning fikricha, so’zlarni ular kitobda uchraguniga qadar o’rganish kerak. Uning maslahatidan hayratlangan holda, notanish matnni wordsfromtext.com servisiga kiritishingiz kerak, so’ngra u eng ko’p ishlatilgan so’zlar ro’yhatini tuzadi va Sizga notanish so’zlarni belgilashni taklif qiladi. Ularni hoxishga qarab tarjimasi bilan qog’ozga chiqarish, yodlab olish hamda tayyor holda hech nimadan habari yo’q asarga hujum qilish mumkin.

 

17. Aqlli ilovani o’rnating  

 

O’ta tez o’sib borayotgan miyamizda nohush tomir urishini his qilgach, qandaydir ma’nosiz o’yindan najod topish istagida mobil telefonlarimizning ekranlariga yopishib oldik. Ammo, bu qanaqasi? Mobil qurilmalarda ham rivojlantiruvchi dasturlar ko’pligidan qadam bosib bo’lmaydiya!

 

Xotira mashq apparati. Turli rangdagi tugmalar bosilishini ketma-ket eslab qoling va qaytaring. Aslida, bu o’yin ko’rinishiga keltirilgan o’sha-o’sha «N ortga» vazifasi.

Einstein. Aql uchun mashq. Mantiq, xotira, hisob va e’tiborni rivojlantirish uchun 30 ta mashqdan iborat HD-to’plam.

Daho miyasi. Eynshteynning bolalar bog’chasiga borishni istamaganiga oid afsona bo’yicha yaratilgan mashhur mantiqiy masala mavzusiga oid yo’nalish.

 

18. Vaqtni yo’qotmang  

 

Agar ishda bo’sh daqiqa topilib, bir nechta kulguli suratlarni ko’rishni hoxlayotgan bo’lsangiz, yaxshisi Vikipediyani oching va “tasodifiy” maqolani o’qing.

 

 19. Sayr qiling  

 

Diqqatni 15%ga yaxshiroq jamlash, o’qish va abstrakt fikr yuritish uchun uy atrofida haftasiga uch martta yarim soatdan aylanish yetarlidir. Bunda faqat ofisda dimiqqan neyronlaringizga kislorod oqimi kuchayishi nazarda tutilmagan. Solk instituti olimlari toza havodagi o’rtacha jismoniy yuklama miyani yangi hujayralar o’stirishga majburlashini isbotladilar.

 

20. Miyaga dam bering  

 

Qanchalar band bo’lmang, aqliy faoliyat jarayonida, albatta, har yarim-bir soatda dam olish kerak. Masalan, oddiy jismoniy mashqlarni bajarish yoki shunchaki yo’lakda yurib, qahva ichish mumkin. Buni zaruriyat deb biling. Shu tariqa miyaning tahliliy markazlari to’plangan axborotni yaxshiroq hazm qiladi va albatta, qandaydir kutilmagan xulosaga keladi.

 

21. Miyangizni tezlashtiring  

 

Agar barcha maslahatlarimizni e’tibordan chetda qoldirgan bo’lsangizu, ertaga sinfdoshlar ligasi “Nima? Qayerda? Qachon?” chempionatining final bosqichi kutilayotgan bo’lsa, miyani ishlashga majbur qilishning yana bir usuli mavjud.

 

  • Neyrometabollik qo’zg’atuvchilar yoki xotira va aqliy faoliyatga faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatadigan vositalar – nootroplar tezlikda IQ darajasini oshirishga yordam beradi. Buning ustiga, vositalar mutlaqo qonuniydir. Ularni dorixonada izlash uchun quyidagi so’zlarni ishlating: fenotropil, allertek, deprenil. Shuningdek, fenibutni ham qo’llash mumkin, ammo u avvalgi vositalardan farqli o’laroq, 2-3 haftalik kurs bilan qabul qilinadi va bir marttalik ichish kerakli natijani bermaydi. Natija quyidagicha bo’lishi kerak: hamma narsani tashlab uxlashga yotish istagining yo’qligi, munosabat bildirish tezligining ortishi, yengil tashvishlanish va o’zingizni atrofdagi hammadan aqlliroq his qilish. Albatta, bunda kichik bir muammo ham mavjud. “Nootroplarning miyaga ta’siri oxirigacha o’rganilmagan”, – deydi RTFA Normal fiziologiya institutining xotira neyrobiologiyasi fakulteti mudiri Konstantin Anoxin. Yana: nootroplarni BFM (biologik faol moddalar) bilan adashtirmang. Ular ham bir oz vaqtga aqlni oshirishi mumkin, ammo boshqacha va zaifroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bularga ginkgo biloba, guarana, eleuterokokk va jenshen ildizi kiradi.

 22. «Tetris» o’ynang

 

Amerikalik olimlar o’tkazgan tadqiqotga ko’ra, mazkur mumtoz boshqotirma inson miyasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sinovlarda tasdiqlanishicha, «Tet¬ris» o’yinini muntazam o’ynash o’yinchi miyasidagi kulrang modda hajmini oshirishi va fikrlash qobiliyatini yaxshilashi mumkin. Uy oy davomida kuniga yarim soatdan shu boshqotirmani o’ynagan tajriba ishtirokchilarining miyasi harakat, tanqidiy fikrlash, mulohaza qilish, til va axborotga ishlov berish bilan bog’liq sohalarida o’zgarishlarg uchragan.

 

23. Leonardo da Vinchi 

 

Musavvir, ixtirochi, olim, adib:

 

«Ishlatilmagan temir zanglaydi, turgan suv ayniydi yoki sovuqda muzlab qoladi, inson aqli esa so’ladi».

 

24. Anatoliy Vasserman 

 

Muxbir, siyosiy maslahatchi:

«Ko’proq o’qing va ko’ring, turli bilimlar o’rtasida aloqalar va muqobilliklarni topishga harakat qiling va tez orada ko’proq tushunish uchun yana qaysi bo’shliqlarni to’ldirish kerakligini his qila boshlaysiz. Ongsiz boshqa barcha narsa foydasizdir. Aqlli bo’lish hozirgi zamonga xos bo’lish bilan birga, juda yoqimlidir ham. Tajribamga ko’ra, qiziq bo’lgan narsa yaxshiroq yodda qoladi. Qiziquvchan bo’ling va qiziqarli bo’lgan hamma narsani ortiqcha kuchsiz eslab qolasiz. Xotirani saqlab qolish uchun esa faol ishlash, turli qiziqishlarga ega bo’lish kerak. Shunda ko’p narsa yodda qoladi va xotira ishonchli tirgakka aylanadi».

 

 

25. Tiniqib uxlang  

Miya aynan uyqu vaqtida kun davomida to’plangan axborotni qayta ishlab, xotiralarni shakllantiradi. Berklidagi Kaliforniya universiteti xodimlarining hisoblariga ko’ra, odatda katta yoshdagi inson uchun 6-8 soatlik uyqu yetarli bo’ladi.

 

26. Yangi usullar bilan o’qing  

Tabiiyki, bu maslahatga bir ko’z yugurtirib, keyingisiga o’tib ketdingiz. Yana ortga qaytib, quyidagini bajarishga urinib ko’ring. 

 

  • Qalam olib, uni har bir qator tagidan yurgizim matnni o’qing. Harakatni ilg’agan ko’z ko’rsatkich ortidan yuguradi va siz ko’rsatgan hamma narsani o’qib boradi. Har safar qalam harakatini tezlashtiring – shu tariqa ko’zlaringiz oshirilgan yuklamaga ko’nikadi, o’qish tezligi ortadi va axborotni tezroq o’zlashtira boshlaysiz. 

 

  • 80% odamlar o’qiganida hayolan so’zlarni takrorlaydi. Bu zararli odatni o’qishni o’rganish jarayonida orttirgansiz: matnni harflab, so’ngra bo’g’imlab aytib, keyingina ularni so’zlarga ulagansiz. Biroq, tushunish uchun bunday qilish shart emas. Ichki ovozga qarshi kurashish uchun matnni bir vaqtning o’zida o’ttizgacha sanash yoki qo’shiq kuylash (so’zlarsiz ham bo’laveradi) bilan birga o’qishni o’rganing. Bir-ikki hafta davomida matn mazmunini tushunmaysiz, ammo asta-sekin hammasi o’z joyiga tushadi. 

 

  • Fiziologlarga ishonadigan bo’lsak, hayajonlantiruvchi nimanidir ko’rayotgan insonning ko’z qorachiqlari reflektor ravishda kengayadi. Matndagi qiziq joyga yetib borganingizda ham huddi shu holat kuzatiladi: qorachiq kengayadi, ko’zga ko’proq yorug’lik tushadi, demak, u katta hajmdagi axborotni o’zlashtira oladi. Yagona muammo shundaki, oldingizda yotgan tergov bayonnomasi muqovadagi qiz bilan suhbat kabi qiziq ekanligiga ishonishga o’zingizni majburlashda. Neyrofiziologik nuqtai nazardan qiziqish miya yangi axborotni xotirada mavjud axborot bilan taqqoslaganda yuzaga keladi. Shu bois, shunchaki matnda aynan nima yozilgan bo’lishi mumkinligini tasavvur qiling. Miya ma’lumotlarni haqiqiylari bilan taqqoslashga majbur bo’ladi va oxir-oqibat qiziqish uyg’otadi.

 

27. Antiqa xobbini tanlang 

San-Diyego shahri chekkasidagi Solk biologik tadqiqotlar institutidagilarning fikricha, yangi faoliyat turlari, birinchidan, kundalik yumushlardan chalg’ishga juda yaxshi yordam beradi, ikkinchidan esa, miyangizni o’zi uchun notanish faoliyatga moslashishga va mashq qilishga undaydi.

 

28. Alan Veys 

NCH Sog’liqni saqlash uyushmasining prezidenti:

«O’yin olamiga butunlay cho’mganingizda miyangiz dolzarb muammolarni yechishga e’tibor qaratadi. U kundalik hayotdagi g’ayrioddiy vaziyatlardan chiqish yo’llari va yechimlarni izlaydi. Keyniroq aynan shu g’oyalar haqiqiy hayotda, ishda yoki muloqotda kerak bo’lib qolishi mumkin».

 

29. Axborot olishning yangi usullari qo’llab ko’ring  

Sizga rok-konsertda kitoblarni o’qishga halaqit berishadimi? E’tiboringizni audiokitoblar va audiopodkastlarga qarating. Internetda esa bepul kurslarga yoziling.

 

30. Televizor ko’rishni bas qiling  

Go’yoki kun davomida mehnat qilgan miyaga dam berishga mo’ljallangan o’zgaruvchan suratlarga qarash miyani huddi o’qish yoki teoremalarni isbotlashdek yuklaydi. Biroq, mutlaqo rivojlantirmaydi. Xulosa qanday? Televizorni oynadan oting va uning o’rniga mavrakli tuvakni qo’ying.