Dunyoda tan olingan 197ta davlat mavjud bo'lib, ularning har biri o'z rasmiy bayrog'iga ega. Insonning kiyimi u haqida ko'p narsani so'zlab bergani singari, bayroq ham o'z davlati borasida ko'p jihatlarni aytishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lifehaq.uz e’tiboringizga ko’plab qiziqarli o’xshashliklar, noodatiyliklar va biz hattoki hayolimizga ham keltirmagan ajoyib holatlarni taqdim etadi. Dastlab aytish zarurki, dunyodagi barcha bayroqlar to’g’ri to’rtburchak shaklga ega. Faqat bittasidan tashqari.

Nepal — bayrog’i noodatiy shaklga ega bo’lgan dunyodagi yagona davlat. Bayroq asosidagi ikkita uchburchak ushbu davlat chegarasida joylashgan Everest tog’ining ikkita cho’qqisini anglatadi. Afsonaga ko’ra, bayroqda tasvirlangan oy va quyosh turgunicha Nepal ham mavjud bo’ladi.

Qolgan barcha davlatlarning bayroqlari to’g’ri to’rtburchak shaklida. Biroq, ularning orasida Vatikan va Shveysariya ajralib turadi – ularning bayroqlari kvadrat shaklida.

Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi tomonidan ishlatiladigan Qizil xoch Shveysariya bayrog’idan ranglar o’rni alishtirilgan holda olingan. Ushbu ramz XQXQ asoschisi shveysariyalik Anri Dyunanning sharafiga tanlangan.

Eng ko’p sonli bayroqlar – uch chiziqli gorizontallaridir. Bunday bayroqlarning soni 55taga yetgan.

Dunyo mamlakatlari bayroqlarida eng keng tarqalgan ranglar – qizil, oq va ko’kdir. Hech bo’lmaganda ularning bittasi bayroqda aks ettirilgan.

Shu bilan birga, 1962 yil 6 avgust – Buyuk Britaniyadan ajralib chiqqan Mustaqillik kunida Yamayka sariq-qora-yashil rangli bayroqni qabul qilgan. Bu ranglar ancha kam uchraydi.


© Wikimedia  

Davlat bayrog’ida juda kam uchraydigan rang – siyohrangdir. Chunki, avvallari tabiiy siyohrang bo’yog’ini qo’shish murakkab va qimmat bo’lgan. XIX asr oxirida sun’iy bo’yoq paydo bo’lganidan keyin aksariyat davlatlar o’z bayroqlaridagi ranglar borasida bir to’xtamga kelgan.

Bugungi kunda siyohrangni faqatgina Dominika Hamdo’stligining bayrog’ida ko’rish mumkin. Bu rang mazkur orol davlatning ramzi sanalgan sissera to’tisini bezab turadi.

Faqat bitta davlat bayrog’ida mavjud bo’lgan yana bir kamyob rang, bu – akvamarin. U Bagama orollarining bayrog’ida suvni bildiradi: sariq chiziq – qirg’oq, qora uchburchak esa bagamaliklarning birdamligi va qat’iyatini ifodalaydi.

Mazkur bayroq nisbatan yosh bo’lib, endigina 45 yoshda. U 1973 yilda qabul qilingan.

Hozirda qaysi bayroq eng qadimgisi ekanligini aniq bilishning iloji yo’q, ammo amaldagi bayroqlar orasida eng keksasi Daniya bayrog’i hisoblanadi. Uning rasman tasdiqlangan tarixi XIV asrdan buyon qayd etilgan bo’lib, u o’z ismiga ham ega – Dannebrog.

Qizig’i, Daniyada boshqa davlatning istalgan bayrog’ini haqorat qilish qonunan taqiqlangan, ammo o’z bayroqlariga nisbatan bunday munosabat uchun jazo ko’zda tutilmagan.


© Wikimedia

Seyshel orollarining bayrog’i haqli ravishda eng yosh bayroqlardan biri sanaladi. Atigi 22 yoshdagi bayroq 1996 yilda qabul qilingan. Uning beshta nurida quvvat va yengillik his etiladi. 


© Wikimedia 

Kanada bayrog’i ham nisbatan yosh. 53 yillik bayroq 1965 yilda tasdiqlangan.

Bayroqda tasvirlangan barg 11ta o’tkir qirraga ega, ammo tabiatda bunday bargni topa olmaysiz. Uning shakli bayroq shamolda hilpiraganda bunday tasvir kamroq o’zgarishi bilan izohlanadi.

Yaponiya o’z bayrog’ini yangilaganiga (aslida, qisman) 20 yildan kamroq vaqt bo’ldi.

1999 yilgacha foydalanilgan bayroqdagi qizil doira boshqa tusda bo’lgan va aniq markazda joylashmagan. Bayroq proporsiyalari ham boshqacha bo’lgan.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining bayrog’ini yana Yunion Jek (Union Jack) deb ham atashadi. U ustma-ust joylashtirilgan avliyo Georgiy, avliyo Andrey va avliyo Patrik bayroqlaridan iborat.

Aytish kerakki, mamlakat tarkibiga kirgan Uels bayroqda taqdim etilmagan.

Filippin — bayrog’ining rangi o’zgaradigan yagona davlat. Urush holatida qizil chiziq ko’k, ko’k chiziq esa – qizilga aylanadi.

Paragvay bayrog’i ikki tomon – old va ters tomonga egaligi bilan o’ziga xosdir. Old tomonda mamlakatning davlat gerbi, ters tomonida esa – g’aznachilik muxri tasvirlangan.

Butun dunyo bayroqlarida jonivorlarni, mehnat asboblarini va hattoki qurolni ko’rish mumkin. Lekin inson tasviri faqat Beliz bayrog’ida mavjud.

Portugaliya — o’z bayrog’ida ilmiy asbobni tasvirlagan yagona davlatdir. Bu koordinatalarni aniqlash uchun mo’ljallangan astronomik asbob – armillyar sfera.

Bayroqda u buyuk portugal dengiz sayyohlari, sayohatlar va jo’g’rofiy ixtirolar haqida eslatib turadi.

Butan Qirolligining bayrog’ida ajradni ko’rish mumkin. U mazkur mamlakatning tibet tilidagi nomini anglatadi, ya’ni “Ajdar Yeri”. Ajdarning panjalarida qimmatbaho buyumlar tasvirlangan bo’lib, ular mamlakatning boyligini anglatadi. 

Qurol tasviri u yoki bu ko’rinishda ko’plab bayroqlarda mavjud, ammo Kalashnikov avtomatining bu qadar aniq tasviri Mozambikdan boshqa hech kimda yo’q. Kitob, ketmon va avtomat bu mamlakatdagi ta’lim, ishlab chiqarish va mudofaani bildiradi.


© Wikimedia  

Braziliya bayrog’ida 1889 yil 15 noyabr ertalabki soat 8dan 30 daqiqa o’tgan vaqtdagi yulduzli osmon tasvirlangan. Bu Braziliya respublika deb e’lon qilingan kun edi.

Bayroqdagi yozuv “tartib va taraqqiyot” degan ma’noni anglatadi, yulduzlar orasida esa Janubiy Xochni ko’rish mumkin.

Janubiy Xoch – faqatgina ekvatordan pastda ko’rinadigan mashhur yulduzlar turkumidir. Uni Braziliyadan tashqari AvstraliyaYangi ZelandiyaPapua — Yangi Gvineya va Samoa ham o’z bayroqlarida joylashtirishga qaror qilgan.

Nauru davlati qayerda joylashganini tushunish uchun shunchaki uning bayrog’iga qaralsa kifoyadir.

Sariq chiziq ekvatorni, ko’k rang Tinch okeanini, yulduz esa orolning ekvatorga nisbatan joylashuvini bildiradi.

Qatar davlati eng uzun bayroq sohibidir. Uning uzunligi balandligidan ikki karra ortiqroq bo’lib, o’lchamlari 11:28.

1936 yilgacha bayroqning o’ng qismi qizil rangda bo’lgan, ammo bo’yoqlar quyoshda jigarrangga aylanib qolgan. Shu bois bayroq rangi o’zgartirilgan.

Indoneziya va Monako bayroqlari haddan tashqari o’xshashdir.

Indoneziya 1945 yilda o’z mustaqilligini e’lon qilib, qizil-oq bayrog’ini namoyish etdi. Monako Knyazligi e’tiroz bildirishga harakat qildi, chunki uning bayrog’i ham xuddi shunday edi. Biroq, Indoneziya bayrog’i keksaroq bo’lib chiqqani tufayli e’tiroz rad qilindi.

Hozirda bu davlatlarning bayroqlari faqat hajmi bilan farq qiladi. Indoneziyada 2:3 bo’lsa, Monakoda 4:5.

Xuddi shunday muammo Ruminiya va Chad bayroqlarida ham kuzatiladi. Ko’k rang tuslaridagi farq deyarli sezilmaydi. 

Faqatgina Mavrikiy bayrog’ida 4ta gorizontal chiziq mavjud. U 1967 yilda Buyuk Britaniyaning Geraldika palatasi tomonidan ishlangan.  

Bugun dunyoda bitta rangli bayroqlar yo’q, ammo qachonlardir bo’lgan.

Fransiya 1815-1830 yillarda faqat oq rangli bayroqdan foydalangan.

1880 yildan to 1901 yilgacha qora rangdagi mato Afg’oniston bayrog’i sifatida xizmat qilgan.

Yashil to’g’ri to’rtburchak shakliga ega yagona bayroq 1977-2011 yillarda faqat Liviyada bo’lgan.

Turli davlatlarning bayroqlari odamlarni eslatadi. Ba’zida ular eng mayda detallariga o’xshaydi, ba’zan esa oq va qora singari farq qiladi. Ayrimlari keksa, ayrimlari yoshroq. Biroq ularning har biri noyob, takrorlanmas va o’zida alohida madaniyatning bir bo’lagini aks ettiradi.