Xususan, antiseptik gel, bakteriyalarga qarshi sovun va issiq suvning samaradorligi borasida

  •  
  •  
  •  
  •  

Yangi tadqiqot qo’llar gigiyenasiga oid uchta mashhur uydirmani rad etmoqda.

1-uydirma. Qo’llarni sovuqqa nisbatan issiq suvda yuvish foydaliroq

Aslida suv harorati hech narsani hal etmaydi. Buni Ratger universiteti olimlari aniqladilar. Tadqiqot ishtirokchilari olti oy davomida qo’llarini turli haroratdagi suvda yuvdilar: 16, 26 i 38 °C. Natija quyidagicha bo’ldi: sovuq va issiq suv sovun bilan bir xil miqdordagi bakteriyalarni ketkazgan. Mabodo, uyingizda issiq suv o’chib qolsa, havoitr olmang – bu qo’llar gigiyenasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.

2-uydirma. Antiseptik gel sovun va suvning o’rnini bosa oladi

Antiseptik vositalar haqiqatdan ham zararli bakteriyalarning katta qismini yo’qotadi, ammo baribir sovun va suv bilan yuvish o’rnini bosa olmaydi. Gel ko’rinarli kirni ketkazmaydi, shuningdek terini kimyoviy ifloslanishdan tozalamaydi.

3-uydirma. Bakteriyalarga qarshi sovun oddiy sovundan samaraliroq

Sovun turining qo’llar tozaligiga hech qanday aloqasi yo’q. Bakteriyalarga qarshi sovun turlarining bakteriyalarga qarshi kurashishi oddiy sovunnikidan farq qilmaydi. Asosiysi – to’g’ri texnikani o’zlashtirish va qo’llarni kamida 10 soniya yuvish kerak.