Maqolamiz kiyimsiz uxlash stress darajasini pasaytirishi hamda boyishiga yordam berishi, shuningdek bunday odat yana qanday foyda keltirishiga bag'ishlangan.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Tiniqib uxlashga yordam beradi

Uyquning sifati miya faoliyatiga ta’sir qiladi. Rochester universiteti olimlarining aniqlashicha, sog’lom uyqu vaqtida bosh miya neyronlarida chuqur uyqu tanqisligida to’planib qolgan zaharli oqsillar yo’qoladi. Bu oqsillar miya faoliyatini buzib, fikrlash qobiliyatini yomonlashtiradi. Natijada, axborotga ishlov berish va muammolarni yechish jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, ijobiy qobiliyatlarni pasaytiradi va hissiy reaktivlikni oshiradi.

Amsterdam olimlari tananing nisbatan past harorati chuqur uyquga yordam berishini aniqladilar. Bu esa yalang’och uxlash foydaliroq ekanligini isbotlaydi. Bundan tashqari, tunda kamroq uyg’onasiz.

2. Stress darajasini pasaytiradi

Stress immunitetni zaiflashtirib, yurak xastaliklari, tushkunlik va semizlik yuzaga kelishi xavfini oshiradi, shuningdek kognitiv qobiliyatlarni pasaytiradi. Bundan tashqari, stress qondagi kortizol miqdorini oshiradi.

Vaziyatni hordiq va sog’lom uyqu tuzatishi mumkin. Birinchi bandda ko’rsatilganidek, kiyimsiz yaxshiroq uxlaysiz.

3. Salomatlikni yaxshilaydi

AQSH Milliy sog’liqni saqlash institutlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, uyqu vaqtida tananing past haroratda bo’lishi metabolizm tezlashishiga olib keladi. Bunda organizm issiq ishlab chiqaradigan qo’ng’ir yog’ni ko’proq faollashtiradi. Bu jarayon kaloriyalar erishini ta’minlab, ozishga yordam beradi.

Shuningdek, kiyimsiz uyqu qon aylanishini ham yaxshilaydi. Bu esa yurak va mushaklar uchun foydali. Bundan tashqari, keksayish jarayonini sekinlashtiradigan o’sish va melatonin gormonlari darajasini oshiradi.

4. O’zingizga bo’lgan ishonchni oshiradi

Xulq-atvorning bu sifati omad kaliti hisoblanadi. O’ziga ishongan odamlar qandaydir yangilikni sinab ko’rishdan, murakkab vazifalarni bajarishdan va taqdirga tik boqishdan qo’rqmaydilar. Melburn universiteti olimlarining aniqlashicha, bunday odamlar ko’proq pul topadilar va xizmatda tezroq ko’tariladilar. Agar kiyimsiz uxlasangiz, o’z tanangizda o’zingizni qulayroq his qilasiz. O’zingizga yoqar ekansiz, o’zingizga bo’lgan ishonchni oshirasiz.