•  
  •  
  •  
  •  

Eng maftunkor turk aktrisalari

Turk filmlari va seriallari allaqachon butun dunyoda, ayniqsa Yevropada ommalashishga ulgurgan. Turkiyaning aksariyat aktyorlari mamlakat tashqarisida ham mashhur. Eng chiroyli turk aktyorlari tomoshabinlarni o’ziga xos yorqin tashqi qiyofasi bilan jalb qiladilar. Bugun aynan ular haqida so’zlab beramiz. Reytingimizga 45 nafar erkak kiritilgan. Ularning hammasi turli yoshda va mashhurlik darajasida bo’lishiga qaramay, har biri chiroyi va jozibasi bilan o’ziga rom etadi.

44. Mexmet Gunsur

Aktyor 1975 yilda tug’ilgan. Yoshligida Yekaterina Monjio bilan turmush qurgan. Juftlik uch nafar farzandni tarbiyalash bilan band. Tomoshabinlar aktyorni “Muhtasham yuz yil”, shuningdek “Muhabbat tasodiflarni yoqtiradi” kartinalaridagi rollari orqali taniydilar.

43. Burak Sayashar

Yosh istiqbolli aktyor 1987 yilda tug’ilgan. Burakning bo’yi – 188 santimetr. U aktrisa Xatidj Shentil bilan turmush qurgan.

Burak ancha erta suratga tusha boshlagan. Uning eng yorqin rollarini “Muhtasham yuz yil” va “Sendek bo’lishni istayman” seriallarida ko’rish mumkin.

42. Birkan Sokullu

Sokulu 1985 yil 6 oktyabrda tug’ilgan. Baland bo’yli (bo’yi 190 santimetrga yetadi) aktyor to’g’ri yuz tuzilishiga ega.

Hozirda u erkin. Faqat ba’zan uni turli qizlar bilan uchratish mumkin. Yaqinda birinchi rafiqasi, aktrisa Asli Enver bilan ajrashdi.

Birkanga mashhurlik olib kelgan filmlar – “Kurt Seit va Aleksandra”.

41. Numan Adjar

O’ziga xos sharqiy tashqi qiyofaga ega aktyor. Ko’pincha odamlar va vaziyatni boshqaruvchi irodasi kuchli erkaklar obrazini talqin etadi.

1974 yilda tug’ilgan. Uylanmagan. Oilasining yo’qligi Numanga 10dan ortiq kartinada suratga tushish imkonini bergan. Uladan eng mashhurlari: “Yo’ldan uruvchi”, “Qochish”, “Chegaradan o’tib”.

40. Barish Qilich

Aktyor 1978 yilda tug’ilgan. Ish faoliyatini erta boshlagan. Ayshegul Aydemir bilan turmushiga 10 yildan oshgan (2007 yildan).

Oilada ikkita o’g’il o’smoqda. Barish – Turkiyada mashhur aktyor, shu bois u doim yangi rollarga taklif etiladi.

Qilichning eng yaxshi kartinalari: “Ismini Ferixa qo’ydim” va “Gullar iztirobi”.

39. Murat Yildirim

Aktyor filmlar va seriallarda ko’p suratga tushmaydi. Biroq, “Muhabbat va jazo” va “Osiyo” seriallari orqali tomoshabinlar qalbidan joy olgan.

Murat avval uylangan. Uning sobiq rafiqasi ham aktrisa – Burchin Terzio’g’li.

38. Serkan Chayo’g’li

Millati bo’yicha turk bo’lgan Serkan Germaniyada tug’ilgan, ammo ish faoliyatini aynan Turkiyada boshlagan. Bu yerda aktyorning yorqin jozibali tashqi qiyofasi va iste’dodi nazardan chetda qolmadi. Yosh Serkan eng talabgor turk aktyorlaridan biriga aylandi.

Chayo’g’li uylanmagan. Lekin, yana ikki-uch kartinada suratga tushganidan keyin, oila haqida o’ylab ko’rishni va’da qilmoqda.

Eng yaxshi rollari: “Olcha mavsumi”, “Kuzey Guney” filmlarida.

37. Burak O’zchivit

Bu turk aktyori butun dunyoga tanilgan. Turk seriallari ko’p jihatdan O’zchivit tufayli ommalashgan.

Burak aktrisa Faxriye Evjen bilan baxtli turmushda yashab kelmoqda. Burakka omad keltirgan seriallar: “Sevgi iztirobi” va “Muhtasham yuz yil”.

36. Mexmet Akif Alakurt

1987 yilda tug’ilgan. Mexmetning bo’yi 190 santimetr. Uning yonida har qanday aktrisa nozik va himoyasiz bo’lib ko’rinadi.

Mexmetning yosh qizlar orasidagi mashhurligi haqida gapirish shartmikin? Yosh muxlisalari har yerda artist ortidan yuradilar. Biroq, Mexmetning aytishicha, bunday e’tibor unga halaqit qilmas ekan.

35. O’zjan Deniz

O’zjan vatanida eng mashhur va talabgor aktyorlardan biri hisoblanadi. U birinchi marta Xaydan Denizga uylangan, lekin nikoh uzoqqa cho’zilmagan va juftlik ajrashgan. Endi O’zjan ikkinchi rafiqasi Feyza Aktan bilan munosabat o’rnatgan.

Eng yaxshi rollari: “Suv va olov”, “Sen mening uyimsan” seriallari.

34. Aras Bulut Iynemli

Eng yosh turk aktyorlaridan biri (1990 yilda tug’ilgan). Aras uylanmagan. Uning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot kam. Bu yigit o’z munosabatlarini yashiradi va jamoatchilik tomonidan bunday savollar berilganida o’zini olib qochishga urinadi.

Eng sezilarli rollari: “Muhtasham yuz yil” va “Ichkarida” serillari.

33. Bugra Gulsoy

Gulsoyning shaxsiy hayoti haqida ma’lumot ko’p emas. Muxlislari yaqin vaqtgacha Bugra aktrisa Burju Kara bilan nikohda bo’lganligini bilishadi.

Hozirda aktyor yolg’iz yashaydi va ishi bilan mashg’ul. Gulsoyning eng mashhur kartinasi “Aybsiz aybdor” hisoblanadi.

32. Metin Akdulger

Bu yosh aktyor (1988 yilda tug’ilgan) butun dunyoda ommalashgan turk seriallarida rol ijro etish baxtiga musharraf bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” va “Ko’sem”.

Metin hozircha uylanmagan va omma orasida kamdan-kam ko’rinadi. U shaxsiy hayotini begona ko’zlardan asraydi.

31. Osman Akcha

So’nggi vaqtda Osman televizor ekranlariga kam ko’rinmoqda. Biroq aktyorning ta’kidlashicha, bu rejissyorlarning emas, o’zining qarori ekan. Oilani o’ylash vaqti kelgan.

Osmanning rafiqasi ham aktrisa, ammo unga nisbatan kamroq nom qozongan. Uning ismi Seyma Aginzot.

Akchaning eng yaxshi rollari: “Sen mening vatanimsan” va “Ijaraga sevgi”.

30. Chag’lar Ertug’rul

Butun dunyoga tanilgan turk aktyorlaridan biri. Chag’lar hali uylanmagan, ammo uzoq vaqtdan beri ma’lumot kam bo’lgan yosh aktrisa bilan uchrashadi.

Chag’larning eng muhim kartinalari: “Kurt Seit va Aleksandra”, “Suv quyilishi”.

29. Barish Alpaykut

“Kurt Seit va Aleksandra”, “Suv quyilishi” kartinalari bo’yicha avvalgi aktyorning sherigi.

Aktyor Istambulda tug’ilgan va ish faoliyatini ham shu shaharda boshlagan. U yoshligidanoq kastinglar va sinovlarda ishtirok etgan. Barcha urinishlari besamar ketmadi. Endi Barishning hisobida bir nechta mashhur kartina mavjud.

Eng yaxshi loyihalari: “Sevgi iztirobi”, “Kurt Seit va Aleksandra”, “Suv quyilishi”.

28. Shukru O’zyildiz

Bu baland bo’yli yigitcha nafaqat o’z Vatanida, balki butun Yevropada ham tanilgan. Shukru chiroyi va jozibasiga qaramay, biron marta ham uylanmagan. Aktyor hali hammasi oldinda ekanligiga ishonadi.

Eng ahamiyatli ishlari: “Choliqushi”, “Bari sevgi tufayli” filmlari.

27. Salix Bademji

Jozibador aktyor karyerasini universitetni tugatishi bilan boshlagan. Avvaliga kichkina sezilarsiz rollardan boshlagan, ammo ko’p o’tmay ommabop kartinalardagi bosh rollarni ijro etishga o’tgan.

Ish faoliyati boshida aktrisa Imer O’zgunga uylangan.

Eng katta va yorqin rollari: “Bebaho vaqt” va “Ijara sevgi”.

26. Burak Deniz

Reytingimizdagi yana bir yosh aktyor (1991 yilda tug’ilgan). Eng mashhur rollarini “Sevgi so’z tushunmaydi” va “Suv quyilishi” kartinalarida ijro etgan.

Yosh aktyor hanuzgacha uylanmagan.

25. Ekin Koch

Ekin 1992 yilda tug’ilgan. Aktyorga taniqlilik “Muhtasham yuz yil” va “Ko’sem” filmlaridagi ishtirokdan so’ng kelgan. Bu filmlargacha Ekinni asosan epizodik rollarga taklif qilganlar.

24. Kivanch Tatlitug’

Aktyor sharqona emas, balki ko’proq yevropacha tashqi qiyofasi bilan ajralib turadi. U yosh uylangan. Rafiqasining ismi Bashak Dizer.

Quyidagi kartinalar ekranga chiqqach mashhur bo’lgan: “Taqiqlangan muhabbat”, “Kurt Seit va Aleksandra”.

23. Kaan Urganjio’g’li

Bu yosh va juda maftunkor aktyor hanuzgacha o’zining juftini topa olmagan. Shuning uchun tukr muxlisalarida yigitning muhabbatini qozonish imkoni bor.

Kaanning eng yaxshi ishi sifatida “Sevgi iztirobi” serialidagi roli tan olingan.

22. Chag’atay Ulusoy

Turk filmlarida asosiy rollarni muvaffaqiyatli ijro etib kelayotgan yosh aktyor. Uning eng ommalashgan ishlari: “Yovvoyi asal” va “Suv quyilishi”.

 Chag’atay hozirgacha bo’ydoq hayotidan lazzatlanmoqda.

21. Engin Akyurek

Enginning yonida har qanday qiz o’zini kichkina va nozik his qiladi. Axir, turk aktyorining bo’yi 191 santimetrni tashkil qiladi.

Eng yaxshi ishlari: “Aybsiz aybdor” va “Bulutga aylansam”. Aynan shu kartinalar Enginga nafaqat o’z yurtida, balki undan tashqarida ham mashhurlik keltirgan.

20. Berk Jankat

“Muhtasham yuz yil” kartinasi tufayli mashhurlikka erishgan yana bir turk aktyori. So’ngra “Ko’sem” seriali davom etgan.

Aynan shu ikki ishdan keyin Berk rejissyorlar nazariga tushgan.

19. Sechkin O’zdemir

Turkiya poytaxtida tug’ilgan. Nafaqat dramatik kinolar, balki komediyalarda ham o’ynaydi.

Asosiy ishlari: “Muhtasham yuz yil” va “Suv quyilishi”.

O’zdemir hali uylanmagan.

18. Kadir Dog’ulu

Aktyor “Muhtasham yuz yil” va “Ko’sem” kartinalaridagi ishidan so’ng tanila boshladi.

Kadir mashhur turk aktrisasi Neslixan Atagul bilan turmush qurgan.

17. Erkan Petekkaya

47 yoshli aktyor boy ijro tarixiga ega. U anchadan buyon rafiqasi Didei Petekkai bilan yashab keladi.

Erkan ishtirok etgan barcha filmlar ommalashgan. Ulardan ko’plarini ekranlashtirish huquqi chet el kanallari tomonidan sotib olingan.

16. Gurbey Ileri

Aktyor “Muhtasham yuz yil” kartinasida o’ynagan. Biroq Gurbeyning aytishicha, unga ko’proq “Ertug’rul” tarixiy kartinasidagi ishi yoqqan.

Gurbey mashhur turk seriallarida ishtirok etishdan avval epizodik aktyor sifatida ko’plab kartialarda ishlagan.

15. Ekin Mert Daymaz

Bu yosh aktyor ko’proq qizlarning qalbini parchalaydigan yigitlar rolini o’ynaydi. Ekinning qahramonlari ko’pincha sevgi uchburchagida qoladi.

Daymazning eng mashhur romantik obrazlari: “Qulupnay ifori” va “Xotira kundaligi”.

14. Kerem Bursin

Ushbu yigitning muxlisalaridan tinchligi yo’q. Muxlisalarning ma’lum qismini Keremning ijodi emas, balki shaxsiy hayoti qiziqtiradi.

Aktyorning aytishicha, bir safar uni muxlisalari ta’qib qilishgan ekan.

Keremning asosiy ishlari: “Quyoshni kutib” va “Nomus ishi”.

13. Taner O’lmez

Bu aktyor ham “Muhtasham yuz yil” va “Ko’sem” seriallaridan so’ng mashhurlikka erishgan ijrochilar qatoridan joy olgan.

Tanerning shaxsiy hayoti jamoatchilik uchun sir bo’lib qolgan. Faqatgina aktyorning hali uylanmaganligi ma’lum.

12. Jeyxun Mengiro’g’li

Aktyor kartinalarda ko’p suratga tushmaydi, shu bois boy filmlar ro’yxati bilan maqtana olmaydi. Jeyxunning oilasi yo’q. Omma orasida doim yolg’iz paydo bo’ladi.

Eng yaxshi filmlari: “Tush”, “Baxt” va “Parchalangan yuraklar”.

11. Ennis Esmer

Aktyor o’zining o’rtacha bo’yi (173 sm) tufayli suratga olish maydonidagi sherigiga to’g’ri kelmaganligi bois, ayrim rollardan quruq qolgan.

Biroq, bunday qiyinchiliklar Ennisga ko’p sonli kartinalarda suratga tushishiga halaqit qilmagan.

Eng mashhur filmlari: “Erkak ayolni izlamoqda”, “Xavfli o’yin”, “Yaqin do’stlar” va “Ong o’quvchi”.

10. Yusuf Chim

Yusuf karyerasini model sifatida boshlagan. U fotosessiyalar va modalar namoyishlarida ishtirok etgan. So’ngra Chim aktyorlik mahoratini tanlagan.

Uning hisobida bir nechta kartina mavjud: “Qulupnay ifori” va “Boylik”.

9. Ibragim Chelikkol

O’ziga xos tashqi qiyofaga ega aktyor. Ibragimning faoliyatidagi asosiy loyihalar – “Faqat sen”, “Oq-qora sevgi”.

Chelikkol hozircha turmush qurish baxtiga musharraf bo’lmagan.

8. Jansel Elchin

Jansel 48 yoshigacha bir necha o’nlab kartinalarda suratga tushgan. Aktyor yoshi ulg’aygani sari ortga chekinmayapti. Aksina, yosh Elchinga o’ziga xos joziba bermoqda.

Aktyor qayerda bo’lishidan qat’iy nazar – uydami yoki suratga olish maydonida – o’ziga ishonadi va jozibali ekanligini his qiladi.

7. Xalit Ergench

Xalit karyerasini XX asrda boshlagan. Rejissyorlar hozirgacha aktyorni loyihalarida ko’rishni istaydilar. Mahorat va tajriba juda qo’l keladi. Xalitni suratga olish ishlari doim tez va oson, yuksak mahorat darajasida o’tadi.

U ikki marta uylangan. Bir turmushidan farzandi bor.

6. Ismail Ege Shashmaz

Aktyor endigina o’z faoliyatini rivojlantirmoqda. Biroq, u allaqachon eng mashhur turk seriallarida suratga tushishga ulgurdi: “Quyoshni kutib”, “Sevgi so’z tushunmaydi”.

Ismail uylanmagan. Uning aytishicha, bu yoshda oila haqida o’ylashga hali erta, ish bilan mashg’ul bo’lish kerak.

5. Keremjem Duruk

Keremjem kinematograf olamiga shou-biznesdan kirib kelgan. U maktabda o’qigan davridayoq qo’shiqlar yozib, gitara chala boshlagan. Keyinroq oddiy qiziqish professional estrada faoliyatiga aylangan. U “Asli va Kerem” va “Sevgi o’yini” kabi kino va seriallarda 2002 yildan suratga tusha boshlagan.

Aktyor ajrashgan va hozirda hech bilan uchrashmaydi.

4. Tolga Saritash

Aktyor endigina ish faoliyatini boshlamoqda. Hozirgacha “Muhtasham yuz yil”, “20 daqiqa” va “Guneshning qizlari” seriallarida ishtirok etgan.

Tolga hali ikkinchi yarmini topmagan.

3. Kenan Imirzalio’g’li

Kenan nafaqat kinodagi omadli rollari, balki muvaffaqiyatli modellik karyerasi bilan ham maqtanishi mumkin.

Aktyor ko’pincha erkaklar orasida o’tkazilgan go’zallik tanlovlarida ishtirok etib, uyga g’alaba bilan qaytgan. Bu ish Kenanga omma orasida o’zini tutish va o’ziga ishonishni o’rgatgan.

2. Burak Xaqqi

Burak dastlabki pullarini model sifatida ishlab topgan. Keyinroq kinodagi rollar boshlangan: avvaliga epizodik va ko’rinmas, so’ngra esa yirik obrazlarni taklif qila boshlaganlar.

1. Berk O’ktay

O’ktayga mashhurlik “Sevgidan qochib bo’lmas” filmi ekranlarga chiqqanidan so’ng keldi. Bu kartina aktyorning butun hayotini ostin-ustun qilib, uni eng talabgor aktyorlardan biriga aylantirdi.

Turk erkaklari doim jo’shqinligi va xarakteri bilan ajralib turganligi bois butun dunyodagi ko’plab qizlarni o’ziga rom etgan. Eng chiroyli turk aktyorlari oliyjanob, saxiy, ayollarni hurmat qiluvchi va ularni hafa qila olmaydigan odamlardir. Bu chiroyli yigitlarga qarab, ajoyib xarakterga juda jozibali tashqi qiyofa ham qo’shilishiga ishonch hosil qilasan.

Eng maftunkor turk aktrisalari