Sochlarning uchi shikastlanishi ko‘pchilikka ma’lum, ayniqsa uzun soch egalari uchun bu muammoli holat. To‘yintiruvchi niqoblardan har kuni foydalanish nafaqat soch uchining shikastlanishining oldini olish, balki ularni sog‘lomlashtirishga ham yordam beradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga sochlaringiz uchini shikastlanishdan himoya qiluvchi 4 ta foydali niqobni taqdim etamiz.

Yong‘oqli niqob

Masalliqlar:

  • 20 g yong‘oq
  • 1 choy qoshiq zaytun yog‘i

Tayyorlanishi:

  • Yong‘oqlarni blendr yoki qahvamaydalagich yordamida kukunga aylantiring.
  • Yong‘oqlarni zaytun yog‘i bilan aralashtiring.

Foydalanilishi:

  • Niqobni sochning uchiga surting va 20–30 daqiqaga qoldiring.
  • Niqobni suv bilan yuvib tashlang.

Asal va tuxumli niqob

Masalliqlar:

  • 1 ta tuxum sarig‘i
  • 1 choy qoshiq asal
  • 2 qoshiq zaytun yog‘i

Tayyorlanishi:

  • Tuxum sarig‘ini asal bilan aralashtirib, zaytun yog‘i soling.

Tayyorlanishi:

  • Niqobni sochning uzunligiga bo‘ylab surting.
  • Uqalash harakatlari bilan niqobni soch ildiziga 3–5 daqiqa mobaynida surting.
  • Sochlarni yig‘ib, qalpoqcha kiying va boshni sochiq bilan o‘rang.
  • Niqobni 30 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Dorivor yashil niqob

Masalliqlar:

  • 25 g rangsiz xna
  • 1 choy qoshiq zaytun yog‘i

Tayyorlanishi:

  • Xnaga 1:3 ulushida qaynagan suv, zaytun yog‘i qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  • Aralashma 15 daqiqa tindirilishi lozim.

Qo‘llanilishi:

  • Niqobni sochingizning uzunligi bo‘ylab surting va 30 daqiqa sochda qoldiring.
  • Shampundan foydalanmasdan yuvib tashlang.

Kefirdan tayyorlanadigan niqob

Masalliqlar:

  • 100 ml kefir
  • 1 ta tuxum sarig‘i
  • 1 osh qoshiq limon sharbati

Tayyorlanishi:

  • Qatiqqa tuhum sarig‘i va limon sharbatini qo‘shing.
  • Tayyor bo‘lgan qorishmani yaxshilab aralashtiring.

Qo‘llanilishi:

  • Niqobni sochingizning uchigacha butun uzunligi bo‘ylab yaxshilab surting.
  • Sochlaringizni yig‘ib, maxsus qalpoq kiyib oling va boshingizni sochiq bilan o‘rang. 30–40 daqiqadan so‘ng shampun bilan yuvib tashlang.