Albatta, shirinliklardan butkul voz kechish imkoniyati yuq: qand shunchalar koʻp mahsulotlar tarkibiga kiradiki, buning uchun maxsus parhez oʻylab topish kerak boʻlardi, u esa salomatlik uchun foydali boʻlmaydi.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Biroq, qand isteʼmolini kunlik kaloriyalar umumiy hajmining 5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorigacha cheklash yuzasidan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga rioya etishga harakat qilish kerak, buning esa imkoni bor. Buning uchun ichimliklarni shakar qoʻshib isteʼmol qilish, gazli suvlardan voz kechish va qandolatchilik mahsulotlari isteʼmolini cheklashning oʻzi yetarli boʻladi. Agar siz shularni bajarsangiz, mana nimalar sodir boʻladi.

1. Siz yanada sogʻlomroq va gʻayratliroq boʻlasiz

Koʻpchilikka maʼlumki, qand glyukoza manbai hisoblanadi, u esa organizmni energiya bilan taʼminlash uchun zarurdir. Agar odam qonida qand miqdori kamayib ketsa, toliqish sezadi, harakatsizlik boʻladi va hatto xushini ham yoʻqotishi mumkin. Biroq odam qonida qand moddasining ortib ketish xavfi ham oz emas, bu esa deyarli barcha shirinlikxoʻrlarda kuzatiladi. Bu moddalar almashinuvining jiddiy buzilishlariga, zaharli almashinuv moddalarining ajralib chiqishiga sabab boʻlishi, u esa pirovardida butun organizmning zaharlanishiga va ish qobiliyatining keskin tushib ketishiga olib keladi.

2. Vazningiz turgʻunlashadi

Shirinliklar isteʼmol qilishni cheklashingiz bilan, vazningiz kamayib boradi. Buning asosiy sababi qandning nafaqat kaloriyalar manbai ekani bilan bogʻliq. Balki uning koʻproq yuqori kaloriyali mahsulotlar: pishiriqlar, qandolatchilik mahsulotlari, fastfud, sutli desertlar va boshqalarning tarkibiga kirishidadir. Shunday ekan, ularni isteʼmol qilishni cheklagan holda, siz tabiiy ravishda ortiqcha vazndan xalos boʻlasiz va oʻzingizni ham ancha yengil his etasiz.

3. Ichaklaringiz faoliyati yaxshilanadi

Sizning miyangiz navbatdagi shirin pishiriqdan rohatlanayotgan bir vaqtda, barcha ogʻirliklar jabrini oshqozon-ichak yoʻllari tortadi. Chunki, shakarning parchalanishi aynan ichaklarda yuz beradi, uning ortiqchasi esa oshqozon, ichak va oshqozonosti bezi fermentlarining ishini izdan chiqaradi. Shirinlikdan voz kechish va uning oʻrnini kletchatkaga boy mahsulotlar bilan almashtirish orqali, siz ichaklaringiz xudda Shveysariya soatlari kabi ishlay boshlaganini yaqqol sezishingiz mumkin.

4. Doimiy tarzdagi “birorta shirinlik” yeyish istagidan xalos boʻlasiz

Shakarga bogʻlanib qolish mexanizmi ham narkotik tobeligidan hech ham farq qilmaydi. Konfet isteʼmol qilar ekansiz – sizning miyangiz huzurlanadi – siz navbatdagi konfetga qoʻl choʻzasiz. Va bu holat qandaydir bir shirinlik sizning erisha olish zonangizda mavjud boʻlgunga qadar davom etadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, bu doirani nima qilib boʻlsa ham buzib yuborish mumkin. Siz ovqatlanish tartibini oʻzgartirishingiz bilan, eʼtibor qarating, sizdagi shirinlikka boʻlgan xohish asta-sekinlik bilan soʻnib boradi va tez orada siz atrofingizdagi shirinliklar togʻini ham oʻpirib yuborishga tayyor insonlarni koʻrib xayratga tusha boshlaysiz.

5. Siz mahsulotlarning haqiqiy taʼmini bila boshlaysiz

Siz astoydil choyning nafis navini tanlaysiz-da, soʻngra piyolangizga bir nechta qoshiq qand solasizmi? Siz oʻzingizni kofe bilimdoni deb hisoblaysizku, biroq shirin boʻlmasa uni icha olmaysizmi? Agar siz mana shu va shu kabi savollarga ha deb javob berar ekansiz, afsuski, bu ajoyib ichimliklarning haqiqiy taʼmini bilmas ekansiz. Yana boshqa koʻplab, shakarning kattagina miqdori bilan xushtaʼm qilinadigan mahsulotlarning asl taʼmidan ham bexabarsiz. Albatta, dastlab oʻrganishingiz qiyin boʻladi, biroq atigi ikki hafta oʻtgach, undan koʻp emas, “shirin” hayotingizni qoʻrqinchli bir tush kabi eslaysiz.

Siz shakardan voz kechishga urinib koʻrdingizmi? Va bunga erisha oldingizmi?