O'zingning va o'zganing vaqtini hurmat qilishni, majlislardan imkon qadar ko'p samaraga ega bo'lishini o'rganish hamda asabga tegadigan omillarni yo'qotish.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Tadbirdan 2 daqiqa avval keling

Apple kompaniyasida har bir majlis belgilangan vaqtdan besh daqiqa o’tgach boshlanadi. Xodimlar bu holatni “Apple standart vaqti” (ing. Apple Standard Time) deb nomlaganlar. Yangi ishchilar ushbu maxfiy qoidadan bexabar bo’lganlar. Shuning uchun ko’pincha ular besh daqiqa davomida bir-birlariga tikilib o’tirib, qolganlar qayerdaligini bilolmaganlar.

Bu an’ana qachon boshlangani aniq ma’lum emas. Ehtimol, bir kuni yuqori mansab egalaridan biri kechroq kelgandir. Bu barcha qolganlarning kechikishi uchun ajoyib sabab bo’lgan va vaqt o’tishi bilan an’ana, korporativ madaniyatning o’ziga xos qismiga aylangan.

Bu noto’g’ri. O’zingiz va xodimlaringizning vaqtini olmang.

Ish kuni boshlanishida jadval bilan tanishib, uchrashuv belgilangan vaqtdan bir-ikki daqiqa avval kelgan ma’qul.

2. Doim aniq vaqtdan xabardor bo’ling

Tasavvur qiling, umumiy majlisda o’tiribsiz. Xodimlardan biri qizg’in ma’ruza so’zlamoqda. Biroq siz jadvalingizga qarayapsiz, chunki besh daqiqadan keyin boshqa uchrashuvda bo’lishngiz kerak. Bundan asabiylashib, ma’ruzaga diqqa qarata olmayapsiz. Boshqalar uchun bunday hatti-haratakat so’zlayotganning nutqida siz uchun muhim va qiziqarli narsa yo’qligini anglatadi.

Majlis boshlanishidan avval soat sizga ko’rinib turadigan joyni toping. Shunda istalgan paytda aniq soatni bilishingiz mumkin. Ma’ruzada qisqa tanaffus bo’lishini kuting. So’ngra boshqa joyga yetib borish uchun bir-ikki daqiqangiz borligini ma’lum qiling. Lekin bu muhokamaga albatta qaytib kelishga va’da bering.

3. Manfaatdor xodimlar uchun har 2 haftada majlis o’tkazing

Yirik kompaniyalarda kutilgan natijalarni olib keladigan majlislarni o’tkazish qiyinchilik tug’diradi. Zero aksariyat xodimlar uchrashuvdar manfaatdor bo’lmasligi mumkin.

Har ikki haftada majlis uchun ikki soat ajrating. Haqiqatdan ham nimanidir muhokama qilish istagida bo’lgan xodimlarni guruhlarga bo’ling. Har bir guruhga yarim soat vaqt ajrating. Natijada majlisda faqat qandaydir g’oyalari bo’lgan va kompaniya rivojiga hissa qo’shishni istagan odamlar bo’ladi. Bunday muhokamalar ancha samaralidir.

4. Majlis vaqtida javob olishni istagan 3ta savolni yozib qo’ying

Majlisga nima uchun ketayotganingizni aniqlab oling. So’ngra u yerda javob eshtirishni istagan 3ta savolni yozing. Siz tinglovchimiz yoki ma’ruzachimi, farqi yo’q. Bu atigi bir necha daqiqani oladi. Shu yo’l bilan yanada foydaliroq bo’ladigan uchrashuv maqsadini belgilab olasiz.

Agar uchta savolni o’ylab topishga qiynalsangiz, uchrashuvni bekor qilish yoki ko’chirish mumkin.

5. Vaqti-vaqti bilan ish stoligizni ortiqcha narsalardan tozalang

Agar ish maydoningizda tezda tuzatish mumkin bo’lgan singan buyumlar bo’lsa, buni ortga qoldirmang. Ofisning tashqi qiyofasi va ish kayfiyatini buzadigan mayda narsalarni e’tiborsiz qoldirmang. Masalan, yozilgan doskani arting va chiqindilarni tashlang. Ish stolingizni tozalang. Agar kanselyariya mahsulotlari ko’payib ketgan bo’lsa, boshqalar bilan bo’lishing.