Mahsulotlarni taom tayyorlash jarayoniga to‘g‘ri tayyorlash va har kuni yo‘l qo‘yadigan xatolarimiz haqida gapirib beramiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Mahsulotlarni taom tayyorlash jarayoniga to‘g‘ri tayyorlash va har kuni yo‘l qo‘yadigan xatolarimiz haqida gapirib beramiz.

 

1. Tuxum

© depositphotos

Mikroorganizmlar tuxum qobig‘i ichiga kirmasligi uchun tuxumlarko‘pincha maxsus modda bilan ishlov beriladi. Suv haqiqatan ham ushbu himoya qatlamiga zarar yetkazadi. Shuning uchun ularni yuvish kerak emas.

 

2. Tovuq go‘shti

Xom tovuq go‘shtidagi bakteriyalar sog‘lig‘imiz uchun xavfli. Salmonella – ularning orasida eng xavflisi sanaladi. Ko‘pchilik bu mahsulot tayyorlashdan oldin yuvilsa, muammo hal etiladi, degan fikrda bo‘lishadi. Biroq bu to‘g‘ri emas. Sachrashi tufayli bakteriya rakovina, kran va qo‘llaringizga joylashib oladi.

Agar darhol termik qayta ishlash jarayoniga o‘tilsa, barcha mikroorganizmlar o‘ladi. Mashhur oshpazlarning fikriga ko‘ra, tovuqni ikki marta qaynatgan ma’qul: go‘sht qaynab chiqqach, suvni almashtirib, taomni tayyorlash jarayonini yangi suvda davom ettirish kerak.

 

3. Go‘sht

Tovuq go‘shti holatida bo‘lgani kabi xom go‘sht (mol, cho‘chqa, qo‘y)ni yuvmagan ma’qul, chunki aynan shu sababli bakteriyalar rakovina va oshxona yuzasiga tarqaladi. Siz ulardan issiq qayta ishlash jarayonidan keyingina xalos bo‘lasiz.

Maslahat: tayyorlashdan oldin go‘shtning seli va namlik qoldig‘ini qog‘oz sochiq va salfetkalar yordamida oling. Shundan so‘ng qo‘lingizni qaynoq suvda sovun bilan yuving.

 

4. Makaron mahsulotlari

Makaron mahsulotlarini yuvishga kim qaror qilganiniaytish mushkul. Bosh oshpazlar bu jarayonni jinoyat sanashadi, axir suv tufayli mahsulot kraxmaldan ayriladi, aynan kraxmal qayla yaxshi singishiga yordam beradi.

Bu mahsulotni tayyorlab bo‘lgachginayuvish mumkin. Agar undan salat yoki osiyocha lag‘mon tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, stir-fray texnikasidan foydalangan ma’qul.

 

5. Qo‘ziqorinlar

© depositphotos

Qo‘ziqorinlarni uzoq vaqt suv ostida ushlash yoki ivitish mumkin emas: ular suvni yaxshi o‘tkazadi. Yaxshisi chayqang va qog‘oz sochiq bilan quriting. Buni faqat tayyorlash oldidan amalga oshiring. Aks holda mahsulot buziladi.

 

 

1. Terisi yeyilmaydigan meva va sabzavotlar

© depositphotos

Agar terisi iste’mol etiladigan meva va sabzavotlar toza hamda yaltiroq bo‘lsa, bu ularni uyda yuvish kerak degani emas. Buni albatta amalga oshirish zarur.

Sovundan foydalanish kerak emas: yaxshisi mahsulotni “sovuq dush”dan keyin qog‘oz salfetka bilan artib tashlang.

 

2. Konserva bankalari

Bakteriyalar qopqoq tufayli ichkariga kira olmaydi, biroq uni ochishdan oldin yuvsangiz, ular ichkariga tushishi mumkin.

 

3. Terisi yeyilmaydigan meva va sabzavotlar

© depositphotos

Bu mahsulotlar qay darajada yaxshilab yuvilmasin, teridagi bakteriyalar ichki qismga baribir tushadi. Shuning uchun banan, qovun, tarvuz hamdaterisi yuvilmaydigan boshqa meva va sabzavotlarni yeyishdan oldin albatta yuvish kerak.

 

4. Yong‘oqlar

© depositphotos

Yong‘oqlar ular hatto po‘sti archilgan bo‘lsa ham doimo yuvilishi kerak. Axir biz ularni qayerda va qanday saqlaganini bilmaymiz. Bundan tashqari, “suv amaliyoti” xom yong‘oqlarda bo‘ladigan fitin kislotasidan xalos bo‘lishda yordam beradi. U yordamida o‘simlik zararli moddalardan himoyalanadi, biroq inson salomatligiga zarar keltirishi mumkin.

 

5. Quruq mevalar

Ular eng kir mahsulotlardan sanaladi. Bu ayniqsa ochiq holda saqlanadigan quruq mevalarga tegishli. Biroq uni hatto chiroyli qadoqda sotib olsangiz ham,quruq mevalarni yuvish, yaxshisi bir necha soatga ivitib qo‘yish kerak.

depositphotos prevyusidagi suratlar