Bosh miya – qudratli qurol. Uni qanday boshqarishni bilish orqali keng ko'lamli muammolarni hal etish mumkin. Boshqaruv jarayoni ikkita element – anglash va jalb etilganlikdan iborat.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bosh miya – qudratli qurol. Uni qanday boshqarishni bilish orqali keng ko’lamli muammolarni hal etish mumkin. Boshqaruv jarayoni ikkita element – anglash va jalb etilganlikdan iborat.

Anglash — bu to’siq nimaligi, uni nima keltirib chiqarishi, uning maqsadlarga qanday halaqit qilishi va uni qanday yengishni tushunib yetish.

Jalb etilganlik — bu fikrlash va harakat qilishga yangicha yondashuvlarni rivojlantirish uchun siz zarur deb hisoblagan amallarni bajarish, shuningdek har qanday belgilangan vazifaga erishish qobiliyati.

Fikrlashdagi adashish to’siqlarni hosil qiladi, natijada biz to’xtab qolamiz, oqim bo’ylab suza boshlaymiz va hattoki chekinamiz. Bu to’siqlar intilishni to’xtash bekatiga, natijani – faoliyat ko’rinishiga, orzularni esa – hasratga aylantiradi. Harakatlarimiz maqsadsiz, samarasiz bo’lib qoladi va omad sari yurmaydi.

Keling, miyadagi 5 ta yashirin to’siqni va ularni yengish strategiyalarini ko’rib chiqaylik.

1-to’siq: o’zidan ikkilanish

Mahluq – ichimizda. Uning nomlari ko’p: ishonchning yetishmasligi, himoyalanmaganlik hissi, uyatchanlik, o’ziga past baho berish, o’z kuchiga ishonchning yetmasligi va hokazo. Nima qilish aniq bo’lmaganida qo’rquv boshlanadi. Qo’rquv harakatni to’xtatadi va zaiflik hissini kuchaytiradi. Inson o’z qobiliyati, zehni, kuchi, muvaffaqiyatidan ikkilana boshlaydi. E’tibor qilinishi kerak bo’lgan ishdan o’zini himoya qilishga qaratiladi va bu boshi berk ko’chaga olib keladi. Siz yangilikni sinashdan, muloqot qilishdan, diqqat markazida bo’lishdan va hayotingizni o’zgartirishdan qochasiz. Doimiy qo’rquvda yashashdan achinarli holat yo’q.

Yechim

Miya tashvishga nisbatan munosabat bildira boshlaganida shubha yonadi, ammo haqiqiy havfning o’zi bo’lmaydi. Buning oldini olish uchun miyani keraksiz havotirlarni bostirishga o’rgatish kerak. Noodatiy vazifaga bir necha martta to’qnash kelganidan keyin miya ortiqcha havotirlanishdan to’xtaydi va ko’nikadi.

Qo’rquvingizni o’rganing. Tanish jin notanishidan yaxshiroq.

Ko’pincha o’zidan ikkilanish axborot yetishmasligi bilan bog’liq. Faktlar va ma’lumotlar miyani sodda to’rt fazali “to’xta-yugur-ur-yengil” sxemasidan yanada murakkab va kamroq hissiy bosqichga o’takazadi, shu bois qo’rquv sizni yengishga qiynaladi.

Malkolm Gladuell o’zining «Daholar va ortda qolganlar. Nega kimdadir hammasi, boshqalarda hech narsa?» nomli kitobida yozishicha, muvaffaqiyat davomiy amaliyotga bog’liq va o’z sohasining eng yaxshi mutaxassislari minglab tajriba soatlaridan o’tgan bo’ladi. Mantiq quyidagicha: o’zingiz bilmaydigan ishni boshlang va uni qayta-qayta takrorlang.

2-to’siq: ishni keyinga qoldirish

Deyarli har bir odam aybdor jinoyat mavjud bo’lsa, bu prokrastinatsiya – ya’ni ishlarni keyinga qoldirishdir. Zero, muvafaqqiyatning asosiy tarkibiy qismi – harakatdir. Harakatsiz istalgan narsaga erishib bo’lmaydi. Prokrastinatsiya tutilishlarga olib kelgani bois, unga yengilish huddi hech narsa qilmaslik bilan barobar.

Cheksiz ortga suraverish kutilmagan oqibatlarga olib keladi.

Mansabda ko’tarilish, biznes ochish, moliyaviy mustaqillik, o’zini mukammallashtirish kabi hayotiy maqsadlarning belgilangan muddati bo’lmaydi. Muddat yo’q ekan, demak ularni to’xtatishning oqibatlari ham yo’q. Bu harakatlarni ortga surishni ham anglatadi. Harakat yo’q ekan – natija ham bo’lmaydi. Bu yopiq aylana. Ishni ortga surishga qarshi kurashni ortga surishni bas qiling!

Yechim

Ba’zan istak bilan uning uchun qilinishi kerak bo’lgan narsa orasidagi aloqa noaniq bo’ladi. Qilinishi kerak bo’lgan ish sizning maqsadlaringizga bog’liq emasdek tuyulganida vazifa past ahamiyat darajasini oladi va ortga suriladi. Voqeani aniqlashtirish va maqsad sari intilish uchun bir nechta holatni hisobga oling.

Sizga qanday ko’nikmalar kerak? Bu vazifani o’zingiz bajarishingiz shartmi? Uni kimgadir topshirish yoki umuman bajarmaslik mumkinmi? Agar bajarishga to’g’ri kelsa, vazifani yechishning qanday yo’llari mavjud?

Miyangizni ishlating. Tasavvuringizda natijani iloji boricha jonlantiring. O’ylangan narsaga erishishga bo’lgan kuchli istak adashishingizga yo’l bermaydi. Resurslaringiz qanchaligi, yana qancha kerak bo’lishini avvaldan aniqlab oling. Kuniga hech bo’lmaganda ishning ozginasini bajaring. Bir oz – bu ko’p degani.

3-to’siq: ko’p vazifalilik

Ko’p yillar davomida bir yo’la bir nechta ishni bajara olish qobiliyati o’zini hurmat qiluvchi har qanday muvaffaqiyatli odamning majburiy vazifasi hisoblanib kelgan. Keyinchalik jiddiy asoratlar yuzaga chiqdi: ma’lum bo’lishicha, ko’p vazifalilik diqqatni jamlash, boshlangan ishni oxiriga yetkazishga halaqit qilib, havotir va charchoq, doimiy shoshilish hissini chaqiradi.

Ko’p vazifalilikka oid uydirmani yo’qotishning vaqti keldi. Bu qandaydir bitta ishga e’tiborni qarata olmaslik. Bu parishonxotirlik, ortiqcha yuklama va ma’lum vaqtda ustuvorliklarni belgilashga oid muammolar.

Ko’p vazifalilik qovuslar ichidagi hayotga o’xshaydi: ishlarni doim boshlash va tugatish kerak, qaysidir lahzada voqealarning iplari aralashib ketadi va odam adashib qoladi. Bu quyidagi misolni yechishga o’xshaydi:

(14 + (4 × 5 (6 + 1 – 9)) / (6 + 72 / (3 × 3) + 7 + (9 – 4) / 5 × (3 + (8 / 4) / 5)))) = x

Ko’p vazifalilikka qancha ko’p qiziqsangiz, shuncha ko’p yopilmagan qovuslar soni qolaveradi va ularning soni uzluksiz o’sadi.

Yechim

Aksariyat tadqiqotchilar e’tiborni boshqarishning to’rtta asosiy turini farqlaydi.

  • Diqqatni qaratish: fonarchani yoqish. Inson vaziyatni ko’radi va e’tiborni nimaga qaratish kerakligini tanlaydi. Bu huddi qorong’u xonada fonarchani yoqib, oldingizni yoritish va vaziyatni ko’rishga o’xshaydi.
  • Ushlab qolish: chiroqning o’chishiga yo’l qo’ymaslik. E’tiborni ushlab qolish — uzoq vaqt davomida namagadir diqqatni qaratishdir.
  • Tanlov va e’tiborsiz qoldirish: yorug’likni bitta nuqtada ushlab qolish. Bu bitta narsaga diqqat qaratib, chalg’ituvchi omillarga e’tibor bermaslik qobiliyati.
  • Boshqa narsaga o’tish, yoki e’tiborni navbatlash: bitta muhim vazifadan boshqasiga o’tish, bajarish jarayonida to’xtash, e’tiborni yana nimagadir yo’naltirish, so’ngra to’xtatilgan vazifaga qaytish va to’xtagan joydan davom ettirish.

Paolo Kardini 2012 yilda bo’lib o’tgan TED tadbiridagi nutqida ko’p vazifalilikka qarshi ajoyib ziddi zahar – bir vazifalilikni taklif qildi. Bu qobiliyatni rivojlantirish zarur! O’z maqsadingizni eslang. Shu lahzada nima qilish kerakligini o’zingizdan so’rang va bir vazifalilik rejimini yoqing!

4-to’siq: moslasha olmaslik

Qat’iy pozitsiya va keraksiz qaysarlik orasida katta farq bor. Rejaga amal qilish – bu qat’iyat. O’zgargan sharoitlarda uni tuzatishdan bosh tortish – moslasha olmaslikdir. O’zining haqligini himoya qilish – yaxshi fazilat. O’zining adashmasligiga ishonish – so’qirlikdir.

Moslasha olmaslik bilan bog’liq dastlabki harakat qarshilik ko’rsatishdir. O’zgarishlarga qarshilik, yangilikka qarshilik, taraqqiyotga qarshilik. Sharoitlar o’zgarib, avvalgi usullar ish bermay qolgan bo’lishiga qaramay, inson avvalgidek ish qilish va o’ylashda davom etaveradi. U o’zgarishlarga munosabat bildirmaydi, uning ijodiy fikrlashi va muammolarni hal qilish qobiliyati o’chadi.

Yechim

Moslasha olmaslikning aksi – ijodkorlik. Ruhiy moslashuvchanlikka oddiy testni yechaylik. Bir varoq qog’oz yoki telefonni olib, bir necha daqiqa ichida paypoqlardan foydalanishning barcha ehtimoliy variantlarini yozing. Nechta usulni o’ylab topdingiz? Usullaringiz bir-biriga qanchalar o’xshash? Javoblar qanchalik yaxshi o’ylangan? Vazifani yechish qiyin kechdimi?

Qandaydir mavjud muammoni oling: bu qabul qilinmagan qaror, cho’zilib ketgan vaziyat, asabga teguvchi voqea – harakatni talab qiladigan hoxlagan narsa bo’lishi mumkin. Uni yozing. Endi miyani ishga tushiring: imkoningiz yetgunicha iloji boricha ko’proq yechim yo’llarini yozib chiqing. Ikkita tamoyilga rioya qiling: o’xshatishlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi va ularni baholash kerak emas.

Kundalik ishlar va odatlarga anglagan holda tuzatish kirishi – miyani o’zgarishlarga o’rgatishning samarali usulidir.

5-to’siq: mukammallikka intilish

Mukammallikka intilish hammasidan kamroq muammoga o’xshaydi. Mukammallikka intilish kerakli va yuksak narsadek tuyuladi. Biroq, “mukammallik” va “eng yuqori daraja”ni ifodalash va o’lchash juda qiyin, shu bois bunday odamning maqsadi abstrakt va yo’qolib qoladigan bo’ladi. U mukammaldan boshqa narsani tan olmaydi. Agar nimadir uning mezonlariga to’g’ri kelmasa, bundan bosh tortish, almashtirish yoki qayta ishlash zarur. Biroq, bunday holatda ishning oxiriga yetib bo’lmaydi. Doim nimanidir tuzatish, o’zgartirish va yaxshilash kerak bo’ladi va baribir hammasi kamlik qiladi, chunki mukammallikka yetib bo’lmaydi.

Yechim

Mukammallikka intilish – bu ustuvorliklarni belgilashga qodir emaslik. Ikkilamchi narsa birlamchiga aylanadi. Fon old holatga chiqadi. Kechadan lazzat olishga nisbatan to’g’ri libosni kiyish muhimroq, taomni tayyorlashga nisbatan stol bezatishga ko’proq e’tibor qaratiladi. Loyiha ustida ish boshlashdan avval o’zingizga savol bering: “Shu onda nimaga intilyapman?”. Oddiy va to’g’ri maqsadni ifodalang, masalan “kechki taom tayyorlash” yoki “ish uchun taqdimot qilish”. Qat’iy cheklovlarni belgilang. Agar qaytarilish va mayda narsalarga e’tibor paydo bo’lsa, to’xtang va maqsadingizni eslang.

«To’siqli miya» kitobi asosida.