Ba'zan hattoki o'zimiz ham sezmaydigna odatlarimiz hayollarimiz va harakatlarimizga katta ta'sir ko'rsatadi. Ularning aksariyati hayotdan to'laqonli bahra olishimizga halaqit qiladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Va’dani bajarmaslik odati

Ko’pchiligimiz boshqalarga bergan va’damizning ustidan chiqamiz, ammo nimagadir o’zimiz haqimizda unutamiz. O’zimizga yugurishni, to’g’ri ovqatlanishni, salomatlikni nazorat qilishni, ishni alishtirishni va ko’plab boshqa narsalarni va’da qilamiz. Bu vaqtda biz ruhan belgilangan maqsadga yetishgan bo’lamiz, shu bois uni boshidanoq tashlab qo’yamiz. Biz asta-sekin bunga ko’nikamiz va ongimiz ustidan nazoratni yo’qotamiz.

Bu odatni yo’qotish uchun erishgan har bir maqsadingiz, har bir bajarilgan va’da uchun o’zingizni mukofotlang.

2. Tongda soatni burish odati

Uyg’otgich soatni o’chirib, yana 10 daqiqacha uxlashga imkonini olish orqali siz kunning dastlabki jangida boy berasiz. Natijada o’zingizni ehtimoliy omadsizliklar ketma-ketligiga sozlaysiz.

Tushlikkacha davom etgan uyqu quvvat bermasdan, aksincha, undan mosuvo qilishini sezgan bo’lsangiz kerak. Tong – kunning juda unumli vaqtidir. Uni foyda bilan o’tkazishga harakat qiling.

3. Uyqudan oldin smartfondan foydalanish odati

Bu odat salomatlik holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Smartfon ekranidan chiqayotgan moviy yorug’lik uyqu gormoni – melatonin ishlab chiqarilishiga yo’l bermaydi. Bu holat uyqusizlikka, ko’rish muammolariga, shuningdek semizlikka va hattoki onkologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Smartfonni uyquga yotishdan 1-2 soat avval o’chiring. Yaxshisi kitob o’qing: bunday vaqt o’tkazish ham salomatlik, ham o’zingizni rivojlantirish uchun foydalidir.

Fikrlash – eng qiyin ish; ehtimol shuning uchun kamchilik bu ish bilan mashg’ul bo’ladi.

Genri Ford, tadbirkor va ixtirochi

4. O’tmish uchun o’zingizni ayblash odati

Ba’zan hammamiz ham o’tmishdan afsuslanamiz. Biroq, fikrlashimiz va hatti-harakatlarimizni tahlil qilishimiz kelajagimizga ta’sir ko’rsatadi.

“…ni qilsam bo’lardi” deyish orqali o’zingizni rejaga muvofiq bo’lmagan nimadir uchun ayblaysiz. “…ni qila olardim” deyish bilan o’zingizni qo’ldan boy berilgan imkoniyatlar uchun ayblaysiz. “…ni qilishim kerak edi” iborasi orqali vaziyatni o’nglay olishi mumkin bo’lgan bilim va tajribangiz yetmaganligi uchun o’zingizni ayblaysiz.

Bunday fikrlar yorqin, ammo mavhum kelajak suratini chizadi. Buning o’rniga hozirda hayotingizda mavjud yaxshi narsalarga diqqat qarating. Aynan hozir nima uchun minnadorligingiz haqida o’ylab ko’ring. “Qaniydi …” o’rniga o’zingizga “Keyingi safar albatta …” deng.

5. Hamma narsaga rozi bo’lish odati

Biz doim nimanidir boy berishdan, qayergadir ulgurolmay qolishdan qo’rqamiz. Shuning uchun ko’pincha qarorimiz to’g’riligiga ishonch hosil qilmagan bo’lishmizga qaramay, har qanday imkoniyatga “ha” deya javob qaytaramiz.

Albatta, birdan qo’zg’alib, sarguzashtlar tomon ketish qobiliyati – xulq-atvorning yaxshi xususiyati. Shunchaki ustuvorliklarni belgilash va boshqalar emas, balki o’zingiz uchun nima muhimligini unutmaslik kerak.

Oqilona foydalanilgan hayot uzundir.

Seneka, faylasuf