O'z ishini ochish niyatida bo'lgan omadli biznesmenlar uchun ilhombahsh tavsiyalar.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Harakatlaringizni rejalashtiring

Muvaffaqiyatli g’oyani yaratish uchun aniq maqsad bo’lishi zarur. Biroq, bu hali asosiysi emas. Mazkur maqsadga erishi uchun bosqichli rejani tuzib chiqish juda muhimdir.

Faol harakatlarni boshlashdan avval strategiyani ishlab chiqing. Biznes-rejaning tuzilishi ehtimoliy xatolarsha yo’l qo’ymaslik va kutilgan natijalarga erishishda yordam beradi.

Bugun kimdir soyada orom olmoqda, chunki boshqa bir kimsa ko’p yillar avval shu yerga daraxt ekkan.

Uorren Baffett, tadbirkor, dunyodagi eng yirik investor

2. Biznesingizni reklama qiling

Afzalliklar haqida so’zlamasangiz hech kim sizning mahsulotingiz yoki xizmatlaringizdan xabar topmaydi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar o’zini-o’zi reklama qilish uchun ajoyib maydondir. Bu yerda ko’p sonli mijozlar albatta siz haqingizda bilib olishadi.

3. Mijozlarning istaklarini inobatga oling

Har qanday loyihaning birlamchi vazifasi mijozlarning ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Mijozlar bilan yaxshi munosabatlarning yaxshi yo’lga qo’yilishi – muvaffaqiyatli biznesning kalitidir.

Biznesning maqsadi – mijozni yaratish va saqlab qolishdir.

Piter Druker, iqtisodchi, menejment nazariyachisi, yozuvchi

4. Tavakkal qilishdan qo’rqmang

Aks holda odatiy doiradan chetga chiqa olmaysiz. Dastlab ko’plab tavakkal qadamlarni bosishga to’g’ri keladi. Oldingizda murakkab tanlov yuzaga kelishi mumkin. Biroq, xatolar qilishdan qo’rqmang. Bo’sh kelmang va oldinga harakat qilishda davom eting.

Jadal sur’atlarda o’zgarib borayotgan dunyoda omadsizlikka uchrashning eng aniq usuli – tavakkal qilmaslikdir.

Mark Tsukerberg, Facebook asoschisi

5. Ishonchingizni yo’qotmang

Kimdir muvaffaqiyatingizga shubha qiladi, kimdir ayblaydi, kimdir hattoki sizni to’xtatishga urinadi. Nosog’lom tanqidga e’tibor bermang. Agar nimagadir qaror qilgan bo’lsangiz, maqsadingiz sari intiling.

Fikrimcha, omadli tadbirkorni omadsizidan sabr va qat’iyat farqlab turadi.

Stiv Djobs, Apple asoschisi