Turli oilalarning tarbiya usullari farq qiladi. Ota-ona o'ta yumshoq bo'lsa, bolalar erkatoy bo'lib voyaga yetadi. Biroq, haddan ortiq qattiqqo'l munosabat ham nohush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  • 3
  • 2
  •  
  •  
    5
    Shares

Aslida, barcha uchun me’yor muhim va bolalarga baqirish nima uchun xavfli ekanligi sababini e’tiboringizga havola etamiz.

Bolalar baqiradigan kattalardan qo’rqadi

 

 

Har qanday ota-ona farzandining hayotidagi voqealardan birinchi bo’lib xabar topish uchun unga do’st bo’lishga intiladi. Lekin, senda qo’rquv uyg’otadigan odam bilan do’stlashish mumkinmi? Ba’zi hollarda qo’rquv ulg’ayishdan so’ng o’tib ketadi, eng yomon holatda esa inson voyaga yetgan bo’lishiga qaramay, barcha kattalardan qo’rqishda davom etadi.

 

Buni qanday o’zgartirish mumkin?

 

  • Unutmang, bola ham o’z nuqtai nazarini bildirish huquqiga ega.

 

  • Doim unga o’z fikrini bayon etish imkonini bering.

 

  • Hujumchi emas, balki mehribon maslahatgo’y obrazini yarating.

 

Baqirish munosabatlardagi ishonchni yo’qotadi

 

Оlimlarning isbotlashicha, baqirish bolalarga huddi jismoniy ja’zo kabi ta’sir qiladi. Ya’ni, qo’pol muomalaga uchragan bola ko’pincha odamoviga aylanadi va u bilan ishonch munosabatlarini o’rnatish deyarli imkonsiz bo’lib qoladi.

 

Buni qanday o’zgartirish mumkin?

 

  • Bolaga tengdek munosabatda bo’ling.

 

  • Mayda sho’xliklarga hazil tuyg’usi bilan qarang.

 

  • U nimani yaxshi ko’rishi va yoqtirgan narsalari bilan ko’proq qiziqing.

 

Bolalar ortiqcha vazndan aziyat chekadi

 

 

Ushbu xulosa tadqiqotlardan biri davomida tasdiqlandi. Tushkunlikni ovqat bilan yengish – zamonaviy jamiyatda eng keng tarqalgan muammolardan biri bo’lib, u bolalarni o’z domiga tortmoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, asosli va asossiz ravishda ko’pincha qo’pol munosabat ko’rgan bolalarda gormonal chayqalish, past yurak-qon tomiri faolligi hamda organizmda yallig’lanish jarayonlari yuz beradi.

 

Buni qanday o’zgartirish mumkin?

 

  • Hissiyotlaringiz va harakatlaringizni nazorat qiling.

 

  • Shaxsiy muammolaringizni bola bilan munosabatga aralashtirmang.

 

  • Kichkintoyni ko’proq maqtang va yaxshi ko’rishingizni ayting.

 

Bolada salbiy hulq shakllanadi

 

 

Agar bolaga ko’pincha qattiq ovozda gapirilan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan u ham huddi shu yo’lni tutadi: u gap qaytaradi yoki jazavaga tusha boshlaydi. Bunday bolalarning jahli qat’iy ta’qiqlar va shafqatsiz munosabat bilan birga o’sib boradi. Aksariyat hollarda, bola ulg’aygani sari barchasi og’irlashadi va bir vaqtlar arazlagan bola darg’azab kattaga aylanadi. Bundan tashqari, bunday bolalar o’smirlik chog’ida  tushkunlikka tushishga  moyil bo’ladi.

 

Buni qanday o’zgartirish mumkin?

 

  • Unutmang, Siz barcha ishda bolaga namuna hisoblanasiz.

 

  • Qat’iyatni namoyon eting, ammo izchil va adolatli bo’ling.

 

  • Unga ko’proq vaqt ajrating.

 

Kelajakda bola bosh og’rig’idan azoblanadi

 

 

Bolaligida kamsitilgan va haqoratlangan odamlar ko’pincha surunkali bosh og’rig’idan aziyat chekadi. Bolalikdagi uyalishlar va qo’rquvlar shuningdek, tashvishli holatlar va o’z joniga qasd qilish fikrlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ulg’aygan bolaga boshidan kechirgan tushkunlikni yengish uchun ko’p yillar va professional ruhshunosning yordami kerak bo’ladi.

 

Buni qanday o’zgartirish mumkin?

 

  • Noroziligingizni xotirjam va asosli namoyon eting.

 

  • Asossiz urishgan bo’lsangiz, xatoingizni tan olishni o’rganing.

 

  • Farzandingizni tinglash va eshitishni o’rganing.

 

Bolaga hech qachon baqirmaslik zarurligiga eng asosiy sabab – uni sog’lom va baxtli inson qilib voyaga yetkazishdir. Bunga esa, faqatgina sabr va mehr yordamida erishish mumkin.