Ko'pgina mashxurlar butun dunyodan bolalarni, ularga yaxshi hayotga ega bo'lish imkonini berish maqsadida asrab olishadi. Lekin, mashxurlar orasida shundaylari borki, ularni o'zlarini begona odamlar oilalariga qabul qilib olganlar.

  •  
  •  
  •  
  •  

Biz, asrab olingan bolalar muvaffaqiyat va e’tirofga erisha olgan, baxtli yakun topgan 6 ta asrab olish haqidagi hikoyalarni e’tiboringizga havola etamiz.

Nikol Richi va uning biologik otasi Piter Maykl Eskovedo

Nikol Richining (aktrisa, fotomodel, dizayner) ota-onasi uni 3 yoshigacha tarbiyalashgan, so’ngra, qizaloqni, o’z do’stlari, Layonel Richiga vasiylikka berishdi. Bu oilaning og’ir moliyaviy ahvoli bilan bog’liq bo’lgan edi – Nikolning ota-onasi shunchaki qizaloqlarini hamma kerakli narsalar bilan ta’minlay olishmasdi. Oradan 6 yil o’tib, Layonel Richi va uning rafiqasi Brenda Xarvi-Richilar qizaloqni rasman asrab oldilar, uning cho’qintirgan otasi esa kimsan Maykl Jeksonning o’zi bo’ldi. 

Intervyulardan birida Nikol «Mening ota-onam Layonel bilan do’st edilar. Ular meni yangi oila yaxshiroq ta’minlashiga ishonar edilar»- deb tan olgan. Uning so’zlariga qaraganda, u hozir ham o’zining biologik onasi bilan muloqot qilar ekan.

Stiv Djobs va uning biologik otasi Abdulfattax (Jon) Jandali

Stiv Jobs (Apple asoschisi)1955-yil, 24-fevralda San-Fransiskodagi xususiy shifoxonada dunyoga keldi. Uning biologik onasi, talaba Joan Shible, ota-onasining bosimi tufayli go’dakdan voz kechishga majbur bo’lgan edi. Uning ota-onasi, qizlari Suriyalik Abdulfattax Jandalidan homilador bo’lganini bilishgach, me’rosdan mahrum qilish bilan qo’rqitganlar. 

Stivning aynan asrab olgan otasi, Pol Jobs, bolaga elektronikaga bo’lgan mehrni singdirdi va ta’lim haqini to’lash bilan, unda dunyoning barcha yo’llarini ochib berdi. Stiv Jobsning o’zi uning ota-onasini «asrab olgan» deb atashlarini juda ham yoqtirmagan: «Ular – mening haqiqiy ota-onam 100 % ga». 

Jeymi Foks

Amerikalik bo’lajak mashxur aktyor, Jeymi Foks Texasda, Luiza Dikson va Derrel Bishoplar oilasida tug’ilgan. Dunyoga kelganidan so’ng tez orada ota-onasi Jeymidan voz kechishdi va uni Mark Telli va Esfir Marilarga asrab olishlari uchun berishgan. 

U «qora kvartal» da o’sdi va unga eng katta ta’sirni buvisi o’tkazdi. Aynan u bolada san’atga mehr uyg’otgan, fortepiano chalishni o’rgatgan va uning kollejda klassik musiqani o’rganish qarorini qabul qilishiga ta’sir o’tkazgan.

Rey Liotta

Reyning biologik ota-onasi undan, oila ahvoli bola tarbiyalashga yo’l berasligi sababli, voz kechgan. Bolakayni o’ziga to’q italiyalik juftlik asrab olgani tufayli, Rey chiroyli familiya va mehribon oilaga ega bo’ldi. U bilan birga italiyaliklar Linda ismli qizchani ham asrab olishdi – shunday qilib Reyda bir vaqtning o’zida ham singil, ham ota-ona paydo bo’ldi. 

Koko Shanel

Dunyodagi eng mashxur modelyer-ayol 1883-yili Somyurda tug’ilgan. Uning ota-onasining o’z farzandlarini ta’minlashga qurblari yetmas edi (Kokodan tashqari oilada yana 4 nafar bola bor edi), shuning uchun bolalar asosan vaqtni ko’p sonli qarindoshlarinikida o’tkazardilar. 

Koko atigi 12 yoshga to’lganida, uning otasi oilani tashlab ketdi va qizaloqni bolalar uyiga, keyin esa katolik monastiriga va oxiri internatga berib yuborishdi. Kokoning so’zlariga ko’ra, aynan shu bo’lajak kasbini tanlashga turtki bo’lgan ekan: butun umr mayus kul rang forma kiyishga majbur bo’lib, u dunyodagi barcha ayollarni chiroyli kiyintirishni orzu qilgan edi.

Jon Lennon

Jon (Bitlz guruhi) tug’ilganidan so’ng, ko’p o’tmay ota-onasi ajrashib ketishdi, onasi o’ziga boshqa erkak topganida esa, bolakayni uning xolasi Mimi va uning turmush o’rtog’iga tarbiyalashga berib yuborishdi.

Lennonning so’zlariga ko’ra, Mimi juda qattiqqo’l bo’lgan va bolakayning gitaraga qiziqishini ma’qullamagan. Jon eslaganidek, u: «Gitara – bu yaxshi narsa, lekin u senga hayot uchun pul topishga yordam bermaydi!» deya qaytarishni xush ko’rar edi.