Doimiy shoshib yurish, noqulay poyabzal va jamoat transportida uzoq vaqt turish zaruriyati tufayli oyoqlarimiz ko'pincha aziyat chekadi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Aynan shuning uchun ularni yaxshilab parvarish qilish zarur.

Quyida boshingizdan to tovoningizga qadar benuqson ko’rinishingiz uchun oddiy qoidalar va maslahatlarni taqdim etamiz.

Oyoqlarni quruq tuting

© pixabay   © depositphotos 

Oyoqlarni quruq tutish gigiyenaning ustuvor tamoyili hisoblanadi, chunki ortiqcha namlik – zamburug’ paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biridir. Oyoqlaringiz doim quruq bo’lishi uchun bir nechta oddiy qoidaga amal qiling:

  • Terining nafas olishiga imkon beradigan tabiiy materiallardan ishlangan poyabzaldan foydalaning.
  • Bir necha kun davomida faqatgina bir juft poyabzalda yurmaslikka harakat qiling.
  • Dush qabul qilganingizdan so’ng oyoqlaringizni yaxshilab arting.

Tirnoqlarni to’g’ri parvarishlang

© depositphotos

Tirnoqlarning noto’g’ri shakli ularning teri ichiga o’sishiga sabab bo’lishi mumkin. Buning oldini olish uchun bir nechta oddiy maslahatga rioya eting:

  • Tirnoqlarni burilishlarsiz, tekis yo’nalishda olish kerak.
  • Tirnoqlarni juda qisqa olmang: bu ham teri ichiga o’sish yoki infeksiyaga olib kelishi mumkin.
  • Kutikulani olmang, uni shunchaki maxsus tayoqcha yordamida tirnoq asosiga surib chiqing.

Tirnoqlaringiz salomatligini saqlang

© wikihow 

Agar tirnog’ingiz baribir teri ostiga o’sgan bo’lsa, bu muammoni quyidagi usulda bartaraf etish mumkin

  1. Oyoqlaringizni 15-20 daqiqa iliq suvda tuting. Suvni zararsizlantirish uchun unga tuz qo’shing, 1 litr suvga 1 osh qoshiq tuz hisobida.
  2. Ehtiyotkorlik bilan tirnoqni tish ipi bilan ilintiring va bir oz ko’taring.
  3. Shikastlangan joyni antiseptik bilan arting va plastir yopishtirib qo’ying.
  4. Ushbu davolashni tirnoq yaxshi holatga kelgunicha har kuni qaytaring.

Agar teri ichiga o’sgan tirnoq atrofida kuchli qizarish yoki yallig’lanish bo’lsa, mustaqil davolanish mumkin emas. Bunday murakkab vaziyatda shifokorga murojaat qilgan to’g’ri bo’ladi.

Oyoqlar uchun muntazam vannalar qiling

© flickr   © wikimedia commons   © maxpixel 

Oyoqlaringiz doim chiroyli, tovonlaringiz esa yumshoq bo’lishi uchun, haftada 1 marotaba 15-20 daqiqadan oyoqlar uchun vanna qilish zarur. Buning uchun oddiy osh tuzidan tortib to efir moylari va o’t damlamalarigacha bo’lgan xilma-xil vositalardan foydalanish mumkin.

  • Vannadan so’ng dag’allashgan terini ketkazish uchun skrab yoki ko’piktoshdan foydalaning.

Namlantiruvchi kremdan foydalaning

© depositphotos

Oyoqlar uchun yaxshi krem – huddi qo’llar va yuz uchun kremlar kabi parvarishning majburiy tarkibiy qismidir. Tarkibida dimetikon, lanolin va vazelin kabi yumshatuvchi moddalar, shuningdek glitserin va letsitin singari namlantiruvchi vositalar bo’lgan vositalarni tanlang. Barmoqlar orasiga krem surtmang – bu zamburug’ paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin

Oyoqlar massajini unutmang

© depositphotos

Oyoqlar massaji – charchoqdan qutulish, qon aylanishini yaxshilash va oyoqlarni sog’lom saqlashga yordam beradigan eng yaxshi vosita. Bunga har kuni 5 daqiqa ajrating. Buning uchun maxsus massaj moslamasini xarid qilishingiz yoki shunchaki polda oddiy tennis shari yoki boshqa dumaloq predmetni yumalatishingiz mumkin.