Aksariyatimiz yotishimiz bilan shu zahotiyoq qattiq uxlab qolishga qodir emasmiz. Hayriyatki, asab tizimini tinchlantirib, charchoqni yo'qotishga va bir zumda bo'shashishga yordam beradigan mashg'ulotlar mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

№ 1. Belda

Bajarilishi. Yostiq qo’yib belga qulay yotib oling. Oyoqlarni bir oz ajrating, qo’llar esa kaftlar tepaga qaragan holda yon tomonda. Umurtqa va bosh bitta tekis chiziqda bo’lishi kerak. Burun orqali uchta sokin nafas olib chiqaring, so’ngra to’rt martta oddiy nafas olib chiqaring. Bu vaqtga kelib uyqusiray boshlaysiz va tez orada qattiq uyquga ketasiz.

№ 2. Yotgan holda aylanish

Bajarilishi. Orqa bilan yotgan holda oyoqlaringizni buking va tizzalarni birlashtiring. Asta oyoqlarni qo’llar bilan ushlab yon tomonga eging. Shu holatda 1 daqiqa qoling, so’ngra tomonni o’zgartiring. Har tomon uchun 2 martta qaytaring.

№ 3. Oyoq taglari birga

Bajarilishi. Bel ostiga yostiq qo’yib yoting, tovonlarni birlashtiring va tizzalarni yon tomonga oching. Qo’llar bo’sh holatda va kaftlar tepaga qaragan holda tana uzra cho’zilgan. Chuqur va tekis nafas oling. Shu holatda 3 daqiqa qoling.

№ 4. Oyoqlar keng burchak ostida

Bajarilishi. Oldingizga yostiq qo’yib, oyoqlaringizni keng yoygan holda o’tiring. Belni tekislang va iloji boricha chuqur nafas oling. So’ngra, sekin nafas chiqarish va qo’llarni oldingan cho’zish orqali yostiq tomon egiling.

Shunday holatda yotganda 10 martta nafas olib chiqaring, so’ngra ko’tariling.

№ 5. Qorinda yotish

Bajarilishi. Qorningiz bilan yostiq ustiga yoting va qo’llaringiz barmoqlarini bel ustida birlashtiring. Chuqur nafas olib, bel va tovonlarni buking, qo’llaringiz bilan tovonga yetishga harakat qiling. So’ngra astalik bilan pastga tushib, nafas chiqaring.

Mashqni 5–10 martta qaytaring. Faqat keyingina barmoqlarni ajratish va qo’llarni bo’sh qo’yish mumkin.

№ 6. Oyoqlar devor bo’ylab tepaga

Bajarilishi. Belingiz ostiga yostiq qo’yib, devorga qarab yoting. Oyoqlaringizni tovonlar va tizzalar bir darajada, qo’llar esa tana yonida turadigan holatda ko’taring. Shu holatda 2 daqiqa qoling. So’ngra sekin tizzalaringizni buking va ularni istalgan yon boshga qo’ying.

Fotograf Roman Zaxarchenkomodel Natalya Konovalovaillyustrator Daniil