Do'kondagi peshtaxtalardan foydali mahsulotlarni tanlar ekanmiz, o'zimizga va yaqinlarimizga foyda keltirishga harakat qilamiz. Biroq tadqiqotlarga ko'ra, hattoki eng oddiy mahsulotlar ham zaharlanishga sabab bo'lishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Salat bargi

Jamiyat manfaatlariga oid ilmiy markaz (CSPI) mutaxassislari 12 yil davomida statistikani tahlil qildilar. Ular qaysi mahsulotlar ko’proq ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelganini o’rgandilar. Yashil salat barglari birinchi o’rinni egalladi. U ro’yxatga olingan 13 568ta kasallik holatining 363tasida aybdor bo’lgan. Demak, salat bargi yaxshi qadoqlangan va “iste’molga tayyor” bo’lgan taqdirda ham, uni likobga solishdan avval yaxshilab yuvish zarur.

2. Tuxumlar

Kasallangan tovuqning axlati orqali tuxumlarga tushishi mumkin bo’lgan salmonella infeksiyasi, ayniqsa bolalar va keksalar, shuningdek xastalik tufayli zaiflashgan odamlarning hayoti uchun xavfli bo’lishi mumkin. Agar tuxum po’sti uncha toza bo’lmasa, butun oilaga tuxum qovurishdan avval ularni yuvishga 1 daqiqani sarflagan ma’qul.

3. Tovuq go’shti

Xom tovuq go’shti sharbatining bir tomchisida insonni zaharlash uchun yetarlicha kampilobakter (Campylobacter) bakteriyalari bo’lishi mumkin. Ular ovqat hazm qilishning buzilishi va bezgakka olib keladigan kasallikni qo’zg’atadi. Bakteriyalar xarid qilingan go’shtni yuvayotganimizda qo’llar, fartuk va stollarga tushib tarqaladi. Yaxshisi xom tovuq go’shti bilan aloqani minimallashtirish hamda taxtakach va pichoqni boshqa idishlardan alohida yaxshilab yuvish (ishonchli bo’lishi uchun qaynagan suvda chayish mumkin) zarur.

4. Pishloq

Pishloqda zaharli moddalar bo’lmaydi, ammo ishlab chiqarishning istalgan bosqichida zaharlanishga sabab bo’ladigan patogen mikroorganizmlar unga tushishi mumkin. Agar pishloqni tayyorlash uchun kasal jonivorlardan olingan pasterizatsiyalanmagan sut ishlatilsa, brutsellyoz va listerioz yuqtirish xavfi mavjud. Pishloqni sotib olayotganda ishonchli belgi foydasiga tanlov qiling.

5. Kolbasalar va go’shtli yarim fabrikatlar

Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, 12% kolbasa va boshqa go’sht mahsulotlari ichak tayoqchasi guruhiga mansub bakteriyalar hamda patogen mikroorganizmlar (listeriya va salmonella) bilan zararlangan. Listeriya ayniqsa keksalar, yangi tug’ilgan chaqaloqlar va bir yoshli bolalar uchun juda xavfli bo’lib, asab tizimini shikastlashi mumkin (meningitgacha).

6. Qiyma

Qiymada ekspertlar antimikrob vositalarning qoldiq moddalari, ichak tayoqchasi, salmonella va listeriyani topadilar. Shuning uchun ingichka yapaloq kotletlar yasab, ularni yaxshilab qovurish kerak.