Biz tongda, kunduzi va kechqurun turli mahsulotlarni iste'mol qilamiz. Bu faqatgina an'analarga bog'liq holat emas. Parhezshunoslarning ta'kidlashicha, sutkaning har bir vaqti uchun o’z taomi mavjud. Kechki taom uchun foydali bo'lgan narsa tonggi soatlarda foyda keltirmaydi (hattoki zararli bo'lishi ham mumkin). Bunday tamoyilga amal qilish salomatlikni mustahkamlash, vaznni nazoratda ushlash, shuningdek kognitiv qobiliyatlar va kayfiyatni yaxshilash imkonini beradi. LifeHaq.uz nonushtaga iste'mol qilmagan ma'qul bo'lgan mahsulotlar ro'yxatini tayyorladi, ammo aksariyatimiz kunni aynan ularni yeyishdan boshlashni odat qilgan.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

1. Jo’xori bodroqlari

© Depositphotos   © Depositphotos  

 

Reklama roligi uchun odatiy voqealar rivoji: o’quvchi likopchaga xushchachaqlik bilan bodroqlarni solib, ustidan sut quyadi va butun oila kulib nonushta qiladi.

Bu taomni shu kabi reklama syujetlari uchun qoldiramiz. Haqiqatda bodroq u qadar foydali va to’yimli nonushta emas. Ishlov berilgan bodroqda kletchatka miqdori eng kam miqdorda, ammo shakar va tezkor uglevodlar haddan tashqari ko’p bo’ladi. Bu holat qand miqdorining keskin ortishi va keskin pasayishiga sabab bo’ladi. Organizmda yuz beradigan biokimyoviy jarayonlarni batafsil ta’riflashning o’rniga gapning indallosini ayta qolamiz: siz tez orada ochlik hissi paydo bo’lganini va kayfiyat o’zgarishlarini sezasiz.

O’rnini nima bosadi?

Nonushta yanada foydali bo’lishi uchun bodroqni rezavorlar, maydalangan bodom, zig’ir urug’lari yoki o’stirilgan bug’doy donlari bilan “boyitish” mumkin. Shu tariqa taomingizda ozuqaviy tolalarning miqdorini oshirsa bo’ladi.

2. Tez tayyorlanuvchi suli bo’tqasi

© Depositphotos   © Depositphotos

 

Agar dimlangan suli bo’tqasi, suli yormasi yoki tez tayyorlanuvchi bo’tqa bilan nonushta qilishga odatlangan bo’lsangiz, bizda yomon xabarlar bor: ularda foyda kam. Bunday bo’tqada kletchatka miqdori juda kam bo’ladi. Uni tayyorlashga oddiy ishlov berilmagan sulini pishirishga qaraganda atigi 10 daqiqa kamroq vaqt ketadi. Ishoning, bu vaqtni tejashning hojati yo’q!

O’rnini nima bosadi?

Nonushta uchun maqbul yechim – oddiy suli bo’tqasi. U uzoq vaqtga to’yganlik hissini ta’minlab, organizmni qimmatli oqsil, murakkab uglevodlar, vitaminlar (A, E, C, PP, B6, B12) va minerallar (magniy, sink, xrom, fosfor, nikel, kaliy) bilan boyitadi. Bolalar taomnomasi uchun bo’tqani sutda pishirgan ma’qul.

Agar tongda nonushta tayyorlashga hattoki 10 daqiqa ham bo’lmasa, sulini bankada tayyorlashga urinib ko’ring. Uni ertalab o’zingiz bilan ishga, o’qishga yoki mashg’ulotga olib ketish uchun kechqurun tayyorlagan qulayroq. Asos sifatida qatiq, ryajenka, tvorog, laktozasiz sut, yunoncha yogurtdan foydalanish mumkin. Shirinlik beruvchilar sifatida jem, zarang sharbati, asal, jigarrang shakar, shokolad, quritilgan mevalar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, bo’tqaga mevalar, rezavorlar, donlar va yong’oqlar qo’shsa bo’ladi.

3. Kulchalar

© Depositphotos   © Depositphotos  

 

Qizarib pishgan, ishtaxaochar, shakar kukuni sepilgan kulchalar bilan o’zingizni kunning birinchi yarmida siylashingiz mumkin, ammo ularni nonushtaga yeyish to’g’ri emas. Uglevodlar, yog’ va shakar – kun boshlanishi uchun maqbul birikma emas. Tongni kulchasiz boshlay olmasangiz, nonushtani oqsilli yegulik (pishirgan tuxum yoki yong’oqlar aralashmasi) bilan muvozanatga keltiring.

O’rnini nima bosadi?

Ertalabdan shirinlik yeyish istagi bo’lsa, sirnik (tvorogli somsa)lar tayyorlang (va yaxshisi gaz pechida).

4. Tostlar

© Depositphotos   © Depositphotos  

 

Tez, ommabop va tayyorlanishi oson bo’lgan nonushta. Biroq unda oqsillar mavjud emas. Qovurilgan tost hech qanday foyda keltirmasligi bilan bir qatorda, bir soatdan keyin ochlik hissini sezasiz.

O’rnini nima bosadi?

Agar tostlarni xush ko’rsangiz, ulardan voz kechmang. Shunchaki nonushtangizni oqsilli yegulik, masalan sabzavotli omlet bilan to’ldiring. Tost foydali bo’lishi uchun esa, maydalanmagan bug’doyli nondan foydalaning.

5. Sariyog’li bulochka

© Depositphotos   © Depositphotos 

 

Rad etish juda qiyin bo’lgan bolalik ta’mi, ayniqsa bulochka xushbo’y qahva bilan birga yeyilsa bormi! Atigi bittagina mazali bulochka kaloriyasi bo’yicha 4 bo’lak oq nonga tenglashishi mumkin. Bunday nonushtaning nimasi yomon? Yuqori miqdordagi shakar, oqsilning yo’qligi va kaloriyaga boyligi tufayli.

O’rnini nima bosadi?

Maydalanmagan bug’doydan pishirilgan shirinligi yo’q bulochkalarga e’tibor qarating. Agar ortiqcha kaloriyalar sizga kerak bo’lmasa, sariyog’dan, masalan avokado foydasiga voz keching.

 

6. Quvvat beruvchi batonchalar

© Depositphotos   © Depositphotos

 

Yurgan yo’lida ovqatlanishiga to’g’ri keladigan odamlar orasida juda ommalashgan nonushtadir: tezlikda tamaddi qilish uchun istalgan do’konda batonchalar va qahva topish mumkin. Ular yaxshigina to’yintiradi, ammo organizmga, ayniqsa ertalabdan hech qanday foyda keltirmaydi.

O’rnini nima bosadi?

E’tiboringizni foydali parhezbop batonchalarga qarating. Odatda ular boshoqlilar, quritilgan mevalar va yong’oqlardan tashkil topadi. Biroq, shakar va yog’lardan iborat kaloriyali bombaga ega bo’lmaslik uchun ularni iste’mol qilishdan avval tarkibi bilan tanishgan ma’qul. Yoki bevosita boshoqlilar bilan nonushta qilish mumkin, bu – eng to’g’ri qaror.

 

7. Yogurtlar

© Depositphotos   © Depositphotos

 

Reklamaga ishonadigan bo’lsak, nonushtaga yogurt, bu – kunning eng yaxshi boshlanishi. Shunga qaramay, yogurt iste’moli uchun eng omadli vaqt – nonushtadan keyin bir necha soat o’tgach yoki uyqu oldidandir. Bu vaqtda mahsulot hazm qilish tizimiga ko’p samara beradi.

O’rnini nima bosadi?

Nonushtaga yeyilgan yogurtning zarari yo’q – shunchaki uning foydali xususiyatlarining bir qismini olmaysiz. Agar sevimli mahsulotingizdan voz kechishni istamasangiz, qo’shimchalarsiz tabiiy shakarsiz yogurtni tanlang yoki uni sut va achitqidan o’zingiz tayyorlang.

 

Bonus: nonushtaga – hech narsa

© Depositphotos

 

Afsuski, nonushtaning bu ko’rinishi ham ancha keng tarqalgan.

Muhimi, birinchi yegulik iste’moli uyqudan keyin quvvat muvozanatini tiklashga va organizmni foydali moddalar bilan to’yintirishga yordam berishini tushunish zarur. Nonushtadan voz kechilgan taqdirda ushbu moddalar o’rnini to’ldirish juda qiyin bo’ladi va bu ortiqcha yeyish, kaloriyali va yog’li nimadir yeyishga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Nonushtaga vaqt qolmayotgan bo’lsa, eng tezkor tayyorlash usullarini toping yoki taomni kechqurun tayyorlab qo’ying.

Siz nonushtaga odatda nimalar yeysiz? Ovqatlanish odatlaringizni o’zgartirib, yanada sog’lom va me’yorlashtirilgan taomnomaga o’tishga tayyormisiz?