Yaqindagina butun dunyo Lotin Amerikasi seriallarini ekrandan uzilmasdan ko'rar edi, ammo hozir ularning o'rnini turk seriallari egalladi. Ular haqiqatdan ham butun dunyoni qamrab olgandek go'yo. Turk serillarini kichikdan tortib kattagacha – hamma tomosha qilmoqda. Bunday muvaffaqiyatning siri oddiy: qiziqarli voqealar rivoji, mahoratli hamda chiroyli aktyorlar va albatta, Istambul hamda Turkiyadagi boshqa shaharlarning go'zal manzaralaridir.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lifehaq.uz tahririyatida chamamizdagi eng yaxshi turk serillari ro’yxatini tuzdik. Keling, ularni birga ko’rib chiqamiz!

1. Ijaraga sevgi (Kiralik Ask)

Serial Defne ismli yosh mallasoch qizning nohush vaziyatga tushib qolishi bilan boshlanadi. Ukasiga yordam berish uchun Defnega zudlik bilan pul zarur va u bir shart bilan qizga istagan pulini berishni va’da qilgan ayolni uchratadi. Shartga ko’ra Defne zamonaviy poyabzal sotiladigan nufuzli do’konga ishga kirishi hamda boshlig’ini o’ziga maftun etishi kerak…

2. Quyoshni kutib (Gunesi Beklerken)

Voqea ikki yosh o’rtasidagi sevgi atrofida rivojlanadi: Zaynab – nufuzli kollejda o’qish uchun Istambulga ko’chib kelgan qishloqlik qiz, Kerem esa – o’z tengdoshlari orasida o’ziga xos nufuzga ega, ko’cha yigiti.

3. Qulupnay ifori (Cilek kokusu)

O’lmas voqea: yigit – mashhur ota-onaning boy erkatoy o’g’li, qiz – qishloqdan kelgan kamtargina qiz. Ularni muhabbat birlashtiradi…

4. Muhabbat so’z tushunmaydi (Ask laftan anlamaz)

Voqealar rivoji quyidagicha: Hayot ismli yosh qiz ko’chada bir yigit bilan janjallashadi, so’ngra boshqa ism ostida ishga joylashadi va oqibatda uning boshlig’i aynan o’sha yigit bo’lib chiqadi.

5. Sevgi iztirobi (Kara Sevda)

Serialda ikki qalbning muhabbati va kurashi haqida hikoya qilinadi. Qiz – badavlat oiladan chiqqan rassom, yigit esa – kambag’al muxandis. Mutlaqo hamma narsa ularga qarshi. Biroq, hattoki uzoq muddatli ayriliq ham ularning sevgisini yenga olmaydi…

6. Olcha mavsumi (Kiraz Mevsimi)

“Olcha mavsumi” – ikki yoshning munosabatlari haqidagi yengil, me’daga tegmaydigan voqea bo’lib, u kundalik barcha muammolaringizni unutishga yordam beradi.

7. Muhtasham asr (Muhtesem Yuzyil)

Va, albatta, “Muhtasham asr”. Ro’yxatimizni bu serialsiz tugata olmasdik. Uning syujeti Sulaymon I hukmronlik qilgan davrda yuz bergan voqealarga asoslangan. Sirlar, fitnalar, ehtiros va muhabbat, ko’zni qamashtiruvchi dekoratsiyalar va liboslar – bularning barchasini “Muhtasham asr” serialida tomosha qilish mumkin.