Futbol – dunyodagi eng mashhur va ommaviy sport turidir. U millionlab muxlislarga quvonch bag'ishlaydi, futbol klublaridan tushgan daromad ayrim davlatlarning byudjetlari bilan raqobatlashadi, eng yaxshi o'yinchilarning nomi esa siyosatchilar va teleyulduzlarning shuhratini ortda qoldiradi. Tabiiyki, biz ham bu sport turini chetlab o'tolmadik va navbatdagi faktlar jamlanmasini unga bag'ishladik.

  • 1
  • 1
  •  
  •  
    2
    Shares

— 1 —

Futbol yuzaga kelishining aniq tarixini tekshirish qiyinroq, chunki turli davrlar hamda turli davlatlarda koptok bilan bog’liq deyarli o’xshash o’yinlar mavjud bo’lgan. Biroq, futbolning zamonaviy shakliga XIX asrda asos solingan. Xususan, Angliya kollejlari talabalari orasida ommalashgan o’yinda koptokni oyoqlar yoki tananing boshqa qismlari bilan raqibning darvozasiga urib kiritish zarur bo’lgan. Har bir kollejning o’z qoidasi bo’lgani tufayli o’rtoqlik uchrashuvlarini o’tkazish qiyinlashgan. Yagona qoidalarni yaratishga dastlabki urinish 1846 yilda bo’lgan. Ozroq vaqt o’tgach, 1855 yilda, «Sheffild» birinchi futbol klubi tashkil etilgan. 1863 yilda uzov davom etgan muzokaralardan so’ng Angliya futbol uyushmasining qoidalari jamlanmasi qabul qilindi va bu vaqtni zamonaviy futbol dunyoga kelgan sana deb hisoblasa bo’ladi.

— 2 —


Aksariyat inglizzabon davlatlarda futbol «sokker» (soccer) deb nomlanadi. Bu nom association football («Uyushma qoidalari bo’yicha futbol») so’z birikmasining o’zgarishi natijasida yuzaga kelgan. Odatda, «sokker» nomi futbolning regbi, amerikacha futbol va kanadacha futbol kabi turlari tarqalgan davlatlarda ommalashgan.

— 3 —

Koptok futbolning ramzi hisoblanadi. Biroq, bu sport ixlosmandlarining hammasi ham 80% professional futbol to’plari Pokistonda ishlab chiqarilishini bilmaydi. Futbolga qiziqish juda katta bo’lmagan davlatning Hindiston bilan chegarasidagi Siyalkot shahrida joylashgan fabrikalarda dunyodagi eng yaxshi charm koptoklar qo’l mehnati yordamida tayyorlanadi.

— 4 —


Aytish kerakki, futbol tarixidagi eng katta hisob Madagaskar Chempionatida qayd etilgan. AS Adema klubi hal qiluvchi matchda Stade Olympique l’Emyrne jamoasini 149:0 hisobida mahlub etgan. Shuningdek, futbolchilar barcha gollarni o’z darvozalariga kiritganlar. Gap shundaki, jamoalardan biridagi o’yinchilar hakamning adolatsiz (ularning fikricha) qaroriga e’tiroz bildirib, norozilik sifatida to’pni o’z darvozalariga kirita boshlaganlar. Jamoa match yakunigacha qariyb 150 ta gol urishga ulgurib tarixdan joy olgan.

— 5 —


h

Braziliya terma jamoasi eng kuchli futbol jamoalaridan biri sanaladi. Chamasi, u barcha mumkin bo’lgan mukofotlarni qo’lga kiritgan va hamma raqiblarini yer tishlatgan. Faqatgina Norvegiya terma jamoasi braziliyaliklarga qarshi tura olgan. Ishonish qiyin, ammo bu Braziliya terma jamoasi bilan o’ynab bir marotaba ham mag’lub bo’lmagan yagona jamoa. Jami bo’lib mazkur jamoalar o’rtasida to’rtta uchrashuv o’tkazilgan bo’lib, norvegiyaliklar ikki safar g’alaba qozongan va ikki martta durrang natijaga erishgan.

— 6 —


Lotin Amerikasida futbolning ommalashuvi chegara bilmaydi. Bir safar ushbu hududdagi futbol ishqibozligi Salvador va Gonduras o’rtasida urush kelib chiqishiga ham sabab bo’lgan. 1970 yildagi futbol bo’yicha Jahon chempionatining final qismiga chiqish uchun matchlar seriyasi tufayli Salvadorda gondurasslik futbolchilar va muxlislar do’pposlangan va Gonduras bayroqlari yoqilgan. So’ngra Gonduras bo’ylab salvadorliklar, jumladan ikki nafar vitse-konsulga javob hujumlari kuzatilgan. Aksariyat odamlar mamlakatdan qochishga majbur bo’lgan. Bu vaziyat ikki davlat o’rtasida olti kun davom etgan keskin nizoning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan va bir necha ming kishi halok bo’lgan. Davlatlar o’rtasida tinchlik kelishuvi urush yakunlaganidan faqatgina 10 yil o’tgach imzolangan.

— 7 —


Odatda, futbol matchi davomida o’yinchilar maydon bo’ylab koptok tepadilar, tomoshabinlar esa buni tribunadan kuzatadilar. Biroq, mazkur tartibni hushlamaydigan alohida tentaklar ham topiladi va ular ko’pincha yalang’och ko’rinishda maydonga yugurib chiqadilar. Bunday odamlar strikerlar deb nomlanadi va ularning orasida eng mashhuri Mark Roberts hisoblanadi. Uning hisobida yalang’och holda turli sport musobaqalarida 300 dan ortiq paydo bo’lish holati bor. Ismining o’ziyoq barcha stadionlardagi qo’riqlash xizmatlarini qo’rquvga soladigan bu shaxs doim barchani aldab, oxir-oqibat futbol maydoniga o’tib ketishni qanday amalga oshira olishi kishini hayratga soladi.

Futbol haqida boshqa faktlarni ham bilasizmi?