Biz nima uchun shu holat yuz berishi haqida o'ylab ko'rdik. Aniqlagan ma'lumotlariz bilan tanishing. Eng qizig'ini esa maqola oxiriga asrab qo'ydik.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bunday yangidan bunyod bo’lgan sharpa-shaharlar sayyoramizning turli burchaklarida joylashgan.

Kangbashi, Xitoy

Xitoy qurilayotgan binolar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. Har yili bu mamlakatda yangi shaharlar quriladi, ammo aholi zichligi yuqori bo’lishiga qaramay, bu shaharlarning ko’pi baribir bo’shligicha qoladi.

Bunday holatga taxminiy sabablardan biri – bu ko’chmas mulk uchun o’ta yuqori narxlar. Yana bir taxmin urush yuz bergan taqdirdagi sug’urta bilan bog’liq. Agar Xitoydagi zich aholili shaharlarga havodan hujum qilnsa, ularni qayta tiklash katta mablag’ga tushadi. Buning o’rniga omon qolgan aholini yangi shaharlarga ko’chirish osonroq.

Xitoydagi eng yirik sharpa-shahar boy ko’mir koni aniqlangan Ordos okrugida joylashgan. Kangbashi shahrida minglab turar-joylar, shuningdek barcha zaruriy infratuzilma – aeroport, bog’lar, teatrlar, ko’cha haykallari va muzey barpo etilgan.

Shahar 2001 yildan qurila boshlangan va 1 mln. aholiga mo’ljallangan edi. Biroq, hozir unda rejalashtirilgan aholining atigi 2%i istiqomat qiladi.

Sirueniya, Ispaniya

Sirueniya 2000-yillar boshida Ispaniya shimolidagi o’rtacha qishloq edi. Biroq, bir necha yil o’tgach uning chekkasida rekord darajada tez muddat ichida 10 ming kishiga mo’ljallangan butun bir shahar bunyod etildi.

Bu yerda yuzdan ortiq kottejlar va ko’p qavatli uylar, shuningdek restoranlar, do’konlar, hovuzlar va hattoki golf-klub ham qurilgan. Biroq, 2008 yilda butunjahon iqtisodiy bo’hroni yuz berib, shaharni to’ldirishga halaqit berdi.

Hozir Siruenichda yuzdan sal ko’proq odam yashaydi, ammo barcha zaruriy infratuzilma juda yaxshi ishlaydi.

Shunga qaramay, shahar hech qachon bo’m-bo’sh qolmaydi, chunki bu yerdan Santyago-de-Kompostela shahriga boruvchi ziyoratchilarning yo’li kesib o’tadi.

Tyanduchen, Xitoy

Xitoyning sharqida Parijning kichik nusxasi – Tyanduchen shahri qad ko’targan. Shahar huddi shunday uslubda qurilgan – bu yerda Yelisey maydoni, Parijdagi bibi Maryam cherkovi va hattoki balandligi 108 metr bo’lgn Eyfel minorasining kichiklashtirilgan nusxasi ham bor.

Qishloq turmush tarzini shaharnikiga o’zgartirishni istagan 100 ming odamga mo’ljallangan shahar 2007 yilda qurilgan.

Lekin, ayni paytda “sharqiy Parij”ning hattoki to’rtdan bir qismi ham to’lmagan. Xitoyning boshqa shu kabi hududlarida bo’lganidek, ko’chmas mulk narxlari o’ta yuqori bo’lib chiqdi.

Hozirda Tyanduchen ko’proq keng ko’lamli fransuz dekoratsiyalarini eslatadi, shu bois yosh kelin-kuyovlarning suratga tushishni yoqtiradigan joyiga aylangan.

Kilamba, Angola

Kilamda yangi shahri Angolaning poytaxti Luandadan 30 km. uzoqlikda Xitoy investitsiya korporatsiyasi tomonidan qurilgan bo’lib, u qisqa muddatlar ichida ko’p sonli turar-joylar qurilishini kafolatlagan mamlakat prezidenti Joze Eduardu dush Santushning saylovoldi va’dalarining amaldagi ko’rinishi bo’ldi.

Kilambaning qurilishi 2012 yilda yakunlangan. Shaharda 0,5 mln. odamga mo’ljallangan 750 ta ko’p qavatli turar-joy, 100 dan ziyod savdo joylari va o’nlab maktablar bunyod etilgan.

Qurilishning umumiy qiymati 3,5 mlrd. AQSH dollariga baholanmoqda.

Biroq, barcha say-harakatlarga qaramay, shaharda atigi 1 000 dan ortiq odam yashaydi. Ma’lum bo’lishicha, davlatda o’rta sinf deyarli mavjud emas. Aholining aksariyat qismi nochorlikda yashaydi va kuniga 2 dollar topa oladi. Shu bois, ular hattoki ipoteka yordamida ham xonadon sotib olishga qodir emas.

Temza-Taun, Xitoy

Xitoyda joylashgan navbatdagi sharpa-shahar Temza-Taun Londonning kichraytirilgan nusxasi hisoblanadi. Shahar atigi 1 kv. km. maydonni egallagan bo’lib, 10 ming kishiga mo’ljallangan.

Bu yerning o’z Temzasi, viktorian uslubidagi uylar, gotik cherkov, qizil telefon budkalari, shuningdek Garri Potter va Jeyms Bondning haykallari mavjud. shahar qurilishining byudjeti qariyb 800 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Yevropacha hududda odamlarning yashashiga 2008 yilda yuz bergan iqtisodiy bo’hron halaqit berdi. Zero, shaharga ko’chib o’tishi ko’zda tutilgan boy xitoyliklar qatlami mutlaqo yo’q bo’li chiqdi. “Xitoy Londoni”dagi uylarni sotib olishga juda kamchilikning qurbi yetdi, shu bois shahar hanuzgacha sharpa bo’lib qolmoqda.

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 1a21da7ffe4c9979310d71301461cda3--shanghai-harry-potter.jpg

Hozirda Temza-Taun huddi Tyanduchen kabi ulkan to’y dekoratsiyalariga aylangan.

Masdar, BAA

Masdar ekoshahri Birlashgan Arab Amirliklarining poytati Abu-Dabidan 17 km. uzoqlikda qurilmoqda. Loyiha 22 mlrd. AQSH dollariga baholanmoqda. Loyihaning asosini shaharda barqaror ekologik muhitni anglatadigan mas’uliyat tamoyili tashkil etadi. Bunga muqobil manbalardan energiya bilan ta’minlash, uglerod oksidli gazning atmosferaga chiqarilishini kamaytirish, shahar chiqindilarini to’liq qayta ishlash tizimi yordamida erishiladi.

Shahar 50 ming odamga mo’ljallangan, ammo hozir u yerda atigi 300 kishi istiqomat qiladi va ularning aksariyati Masdar fan va texnologiya universitetining talabalaridir.

Bu yerda avtoulovlar minish ta’qiqlangan va faqat bitta do’kon ishlaydi, shuning uchun aksariyat mahsulotlarni xarid qilish uchun boshqa shaharga borish kerak.

Loyiha deyarli yakuniga yetgan bo’lishiga qaramay, shahar hali ham bo’sh. Aholi ko’chib o’tishiga to’sqinlik qilgan sabablardan biri iqtisodiy bo’hron bo’ldi. Bundan tashqari, hashamatda yashashga o’rgangan aholi, ehtimol Masdar asosida yotgan mas’uliyat tamoyili bo’yicha yashashga tayyor emasdir.

Kidjondon, KXDR

Shimoliy Koreyadagi Kijondon qishlog’i qurolsizlantirilgan hudud yonida joylashgan bo’lib, Janubiy Koreya tomonidan ko’rinib turadigan yagona aholi punkti hisoblanadi. Qishloq 1950-yillarda chegaradan kesib o’tgan barcha janubliklarni kutayotgan yuksak turmush darajasini targ’ib qilish maqsadida qurilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaramay, qishloqda oddiy 200 ta oila yashaydi va zamonaviy optika yordamida uylar ichki xonalarsiz bo’sh qutilardan iboratligini ko’rish mumkin. Qishloqda chiroq binolarning bir xil joylarida va doim bir vaqtda yonadi. Ba’zan qishloqda askarlarni, shuningdek 15 yil davomida o’zgarmagan oyna yuvayotgan ayollarni ko’rish mumkin.

2004 yilgacha qishloqda janub tomon qaratilgan targ’ibot mantlari o’qiladigan tovushni balandlatuvchi moslamalar ishlab turgan. Bunday dasturlarning foydasizligini tushungan shimoliy koreyaliklar kuniga 20 soat davomida bor balandlikda harbiy marshlarni efirga uzata boshladilar. Shunda Janubiy Koreya o’ziga xos rok-musiqa yangrab turadigan baland tovushli dinamiklar ko’rinishida javob choralari amalga oshirdi. Shovqin chidab bo’lmas darajaga yetganida ikkala tomondagi radiolar batamom o’chirildi.

Bonus: Neypido, Myanma

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - naypyidaw.jpeg

2005 yilda Myanma hukumati butun dunyo uchun mutlaqo kutilmagan ravishda mamlakat poytaxtini Yangondan Neypidoga ko’chirishga qaror qildi. Yangi poytaxt mamlakatning aholi yashamaydigan qismidagi changalzorlar o’rtasida qurilgan bo’lib, 7 054 kv. km. Maydonni egalladi. Hudud yangi maqomga ega bo’lishi uchun milliardlab dollarlar va bir necha yillikqurilish zarur bo’ldi.

Shaharda hukumat binolari va turar-joylardan tashqari ko’p sonli savdo markazlari va mehmonxonalar, golf uchun maydonlar, sport majmuasi, gerbariy va hattoki hayvonot bog’i ham qurildi.

Ko’chib o’tishning aniq vaqti birmaliklar qattiq ishonadigan astrologlar tomonidan tonggi soat 6:36 etib belgilandi. Poytaxtni o’zgartirish sababi shu paytgacha sir bo’lib kelmoqda. Eng qiziq sabablar orasida hukumatning katta olomon to’planishi va ish tashlashlar ehtimoli oldidagi qo’rquvi, shuningdek astrologlarning fikri kabilar ko’rsatildi.

Dastlab bu yerda hukumat a’zolari yashay boshladi. Mish-mishlarga ko’ra, ularga 48 soat ichida poytaxtga ko’chib borib buyurilgan, ammo hukumat topshirig’ini hamma ham bajarmadi. Shu bois uzoq vaqt davomida Neypido do’sh uylar va ko’chalarga ega kimsasiz joy bo’lib keldi. Biroq, hozir qariyb 12 yil o’tgach, Neypido aholisi muntazam o’sib borayotgan jonli shaharga aylangan.

Sizni qaysi shahar ko’proq hayratga soldi? Ehtimol, Siz boshqa yangi sharpa-shaharlarni ham bilarsiz? Izohlarda o’rtoqlashing!

Asosiy surat: mohigan