Vaholanki, ijtimoiy tarmoqlarda ham o'zini tutish qoidalari mavjud. biz mazkur masalaga bir oz e'tibor qaratishga qaror qildik.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Quyidagi holatlarda odamlarning jahlini chiqarishimiz mumkin

 © orson/depositphotos  

 

1.Faqat oyimizga qiziq bo’lgan (va bu fakt emas) narsalarni bo’lishamiz.

Bu yil birinchi martta sport zaliga borganingiz yoki bolangiz o’tirishga o’rganganini bilish, afsuski, hech kimga qiziq emas – hayot shafqatsiz. Bugun qanday sutli kokteyl ichganingizni hech kim ko’rmasa dunyo ostin-ustun bo’lib ketmaydi.

 

2.Sirli ko’rinishga urinamiz.

Internet-do’stlaringizda qayt qilish refleksini chaqirishning yana bir usuli – qandaydir muhim voqea yuz berganiga sha’ma qilish yoki hech qanday qaydsiz tushunarsiz narsaning suratini joylashtirishdir. Masalan, “bugun orzuimga bir qadam qolgandi, ammo taqdir emas ekan” qabilidagi gaplarni yozish. Axir, Sizdan so’rab-surishtirishsayu, javob olisholmasa qanday yoqimli. 

 

3.Bir kishiga bog’liq nimanidir barchaga ma’lum qilamiz.

Jo’natuvchining shundoqqina sahifasida yoki albomida shu kabi yozuvlarni ko’rgan bo’lishingiz aniq: “Lena, besh tashla, zo’r o’tirish bo’ldi!” Bunday ma’lumotni bo’lishgan odam o’zini haddan ortiq sermuloqotli, hayoti jo’shqin kechayotgani va do’stlari ko’p deb o’ylaydi….Uf! Buning uchun shaxsiy xabar yozish yo’li bor.

 

4.Deyarli bir xil juda ko’p suratlarni joylashtiramiz.

Bunday odamlar uchun do’zahda alohida qozon qaynab turadi, boshqa gap yo’q.

 

5.Oshkora maqtanamiz.

Bunda hasadni chaqirishi hamda do’stlaringizga hayotingiz qanchalik zo’rligini ko’rsatishi kerak bo’lgan postlar nazarda tutilmoqda. Samolyotga chiptalarning surati, juftingizning mukammal qomati oldidagi selfi, “taosdifan” kadrga tushib qolgan Dior belgisi – bularning bari shu jumladandir.

 

6.«Oshkorasiz» maqtanishni yoqamiz.

Ochiqchasiga maqtannish bir navi: oxir-oqibat odamlar bunga ko’nikkan. Eng yoqimsizi – boshqa narsa, masalan shikoyat yoki “sodda” savol ostidagi maqtanishdir. Masalan: “Eh, do’kondagi barcha liboslarni kiyib ko’rdim, jin ursin! Katta ko’krak va ingichka bel – bundan yomoni bo’lmaydi! Hech narsa olmasdan ketdim!” Yoki: “Do’stlar, iPhone X ta’mirlanadigan joyni bilmaysizmi? Masalaning qiymati mutlaqo ahamiyatsiz”. Bunday qilmang. Hamma bunday postlarning asl maqsadini juda yaxshi tushunadi.

 

7.Hazillar va yoqimli iboralarni repost qilishdan charchamaymiz.

Internet shunday qurilganki, yangi ma’noli iboralar unda yangi uzilgan nondek tez tarqaladi. Ulardan birini qayta bo’lishayotgan bo’lsangiz, do’stlaringizning yarmi uni ko’rib bo’lganiga, qolgan yarmi esa shunchaki tasmani ko’rishda davom etishiga ishonchimiz komil.

 

Unda nimani joylashtirish kerak?

  • Navbatdagi suratni joylashtirishdan avval o’zingizga savol bering: agar Sizda huddi ota-onangiznikidaka, haqiqiy suratlar albomi bo’lganida avval tasmani pulga chiqartirib suratni unga joylashtirgan bo’larmidingiz? Javob yo’q bo’lsa, bunday suratni joylashtirmang. Yoki uni Stories  bo’limiga qo’ying – hozir bunday funksiya aksariyat ijtimoiy tarmoqlarda bor. Faqat eng-engini o’rtoqlashing.
  • Agar itingizning o’nlab suratlarini joylashtirmasangiz bo’lmasligini his qilsangiz, buning uchun alohida sahifa oching va do’stlarga o’zingizga o’xshash itsevarlarni qo’shing yoki “It hayoti” blogini oching. Huddi shu gap bolalarga ham bog’liq. Facebook tarmog’idagi do’stlaringizga kichkintoylar uchun sho’rva retseptining yoqishi dargumon, ammo muvofiq odamlar orasida bu yaxshi maslahat bo’lishi mumkin – shu kabi guruhlarni toping.
  • Qandaydir binoning suratini shunchaki joylashtirish o’rniga, uning qanday binoligi va nimasi bilan mashhurligi haqida yozing. Agar faktlarning yozish qo’lingizdan kelmasa, go’zal narsani qayd etish orqali hissiyotlaringizni bo’lishing. Bularning bari do’stlaringizdan ijobiy munosabatni olib keladi. Yozuvlar iloji boricha qisqa bo’lishi kerak!

 

© MSSA/depositphotos 

 

  • Aslida, yaxshi post dunyoga ijobiylik bag’ishlashi kerak: foydali, chiroyli yoki quvnoq nimadir. U shunchaki Sizga qanchalar yaxshiligini, qanchalar boy/kelishgan ekanligingizni ko’rsatishi kerak emas.

  • Shu haqida unutmagan holda, ajoyib suratlar, shaxsiy tajriba va faqat Sizga emas, balki yana kimgadir qiziq ko’rinadigan barcha ma’lumotlar bilan o’rtoqlashing.

 

Asosiy surat: orson/depositphotos