Nikoh to'yi – ham yangi kelin-kuyov, ham fotosuratchi hayotidagi eng muhim voqealardan biri. Ko'pchilik yaxshi pul topish uchun to'ylarni qanday suratga olish mumkinligi borasida savol bera boshlaydi. Qarindoshlaringiz sizda raqamli ko'zguli fotoapparat borligini biladimi? Ajoyib. Demak, sizda to'yga boshlayotgan yangi fotosuratchi sifatida borish imkoniyati mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

Dastlab marosimga asosiy suratkashga qo’shimcha ikkinchi suratkash sifatida kelish maqsadga muvofiq. Shu tariqa, qimmatli tajribaga ega bo’lib, tez orada to’ylarni qanday qilib professional suratga olish haqida so’zlab bera olasiz.

Maslahat №1: texnika

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B4D18CD0B120D182D0B5D185D0BDD0B8D0BAD0B0-1.png
  • Yoningizda ikkita apparat bo’lgani yaxshi – ulardan biri sinib qolsa, rahmat aytasiz.
  • Texnikangiz xususiyatlarini yoddan bilishingiz shart. Shoshgan holda hammasini sinab ko’rib, qimmatli kadrni qo’ldan boy bergandan ko’ra, avvaldan ma’lum vaziyatda qaysi ob’ektivni ishlatishni aniqlashtirib olgan ma’qul.
  • Ikkita fotoapparatdan tashqari, o’zingiz bilan birga tekshirilgan ob’ektivlar to’plami, yetarlicha miqdordagi xotira kartasi, ichkarida suratga olish uchun bir nechta tashqi chaqnoq hamda tashqaridagi fotosessiyalar uchun aks ettiruvchini oling.
  • Sizga bir nechta akkumulyator va ular uchun quvvatlagich kerak bo’ladi. Batareya har doim eng muhim vaqtda o’chib qoladi.

Maslahat №2: to’yni qaysi sozlashlarda suratga olish

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D182D0B5D1851-1.png
  • To’yga kelishdan avval albatta bilimlaringizni amalda sinab ko’ring – tantanali marosim sinovlar va tajribalar joyi emas. Ko’chaga chiqib, viderjka, diafgarma, yorulikka ta’sirchanlik, ekspozitsiya xususiyatlarini aylantirib ko’ring.
  • Agar to’yni qaysi rejimda suratga olgan ma’qulligini o’ylayotgan bo’lsangiz, doim qo’l rejimini tanlang (M). Bu kerakli sozlashlarni mustaqil tanlash va kutilgan natijaga erishish imkonini beradi.
  • Diafragmaning ahamiyati minimal bo’lishi kerak, bu suratlaringizning yanada badiiy va yoqimli chiqishiga yordam beradi va kadrda ko’proq yorug’lik olish imkonini beradi.
  • JPEG shaklida suratga olmang! U texnikangizdagi barcha imkoniyatlarni ochishga to’sqinlik qiladi. Lekin, RAW shakli keyinchalik ishlov berishda avval belgilangan istalgan noto’g’ri sozlashdan osongina qutulish imkonini beradi.

Maslahat №3: lahzalar

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D0BCD0BED0BCD0B5D0BDD182D18B-1.png
  • Agar asosiy fotosuratchi bo’lishga qaror qilgan bo’lsangiz, marosimning barcha lahzalarini aks ettirishingiz kerak: ro’yhatdan o’tish, banket, sayr. Bironta ham qimmatli kadr chetda qolmasligi kerak!
  • Agar ikkinchi fotosuratchi sifatida ishlayotgan bo’lsangiz, asosiy ortidan syujetlarni qaytarmang: barcha mehmonlar, bayram muhiti, sizga muhim tuyulgan qandaydir detallarni suratga oling.
  • Modellaringizga suratlar uchun g’aroyib syujetlar o’ylab toping, tasavvurni ishlating. Oxiri yo’q “kelinlarga” qaragandan ko’ra, o’ziga xos suratlarni tomosha qilgan ancha qiziqarlidir.
  • Jamoaviy suratga oling. Har bir mehmon suratda qolishni istaydi.
  • Bayramdagi har bir odamning tabiiy hissiyot onlarini «tutishga» harakat qiling, shunda juda nozik va iliq reportaj hosil bo’ladi.

Maslahat №4: hulq-atvor, etika

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D18DD182D0B8D0BAD0B0-1.png
  • Kelin va kuyov bilan avvaldan chiqishda qancha kadr olishni istashlarini, qaysi mehmonlar birinchi navbatda suratga olishini kerakligini kelishib oling.
  • Kech qolmang! Belgilangan vaqtdan sal oldin kelgan ma’qul, natijada hududni ko’zdan kechirib, suratga olish uschun qulay joylarni avvaldan bilib olish mumkin.
  • To’yda atrofingizga birgalikdagi syujetlar uchun qarindoshlarni to’plab beradigan odam bilan tanishib oling.
  • Agar ikkinchi fotosurachi bo’lsa, u bilan tanishib oling. Birgalikda suratga olish vazifalarini belgilab, bir xil kadrlarni ko’paytirmaslik va ishni ancha oson amalga oshirish uchun ularni ikkiga bo’lib olishingiz mumkin.
  • Toza, yorqin bo’lmagan kiyim kiying, marosim dress-kodiga mos tushishga harakat qiling. Axir, kelindan o’zib ketishni istamaysizku?!
  • Mehmonlarga halaqit qilmaslik uchun harakat qiling. Avvalo fotosuratchi marosimda deyarli sezilarsiz bo’lib qolishi kerak.
  • Kattami yoki kichik bolami, hamma bilan muloyim bo’ling.
  • Jamoaviy suratlarni olganda hazil yordamida e’tiborni o’zingizga qaratishga harakat qiling. Suratda hech kimning ko’zi yumilib qolmasligi uchun mehmonlardan avval ko’zlarini yumib turishni va “3” deganda ochishni so’rang.

Maslahat №5: “FHDYO”da suratga olish

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D0B7D0B0D0B3D181-1.png
  • Unutmang: odam ko’p bo’ladi, shuning uchun suratga oladigan joyni tanlash uchun belgilangan vaqtdan ertaroq keling.
  • FHDYOda sizga albatta tashqi chaqnoq kerak bo’ladi. Fotoapparatga o’rnatilgan chaqnoqdan foydalanmang, uni tashqi chaqnoqdan farqli ravishda sozlab bo’lmaydi.
  • Sozlashlarni yana bir bor tekshiring: ortiqcha yorishib ketgan suratlarni ko’rib uyalgandan ko’ra, hammasini yana bir karra tekshirgan afzal.
  • Iloji boricha jim va sezilarsiz bo’lishga harakat qiling. Kelin-kuyov butun umrga yodda saqlab qoladigan tantanali marosim bo’lyapti. Vaziyatni tushuning.

Maslahat №6: ishlov berish va muddat

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D0BED0B1D180D0B0D0B1-1.png
  • Barchasi oddiy: tayyor materialni mijozga qancha tez topshirsangiz, sizni boshqalarga tavsiya etishlari ehtimoli shuncha katta.
  • Ustalardan o’rganing: surat rangini tuzatish bo’yicha mahorat maktablariga boring, internetda o’rgatuvchi video toping. Birinchi bosqichda taqlid qilish – bu yomon emas.
  • Mijozlar yorqin va quvnoq suratlarni ma’qul ko’radi. Agar kayfiyatingiz yomon bo’lsa – uni suratlarga o’tkazmang, yaxshisi ertangi kunga qoldiring.

Maslahat №7: boshqalar

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - D181D0B2D0B0D0B420D0BFD180D0BED187D0B5D0B5-1.png
  • Asosiy kompozitsiya usullarini avvaldan o’rganing – ular bilan o’zingizni ishonchliroq his etasiz, suratlar esa professional chiqadi.
  • Shahringizdagi mavzuga doir forumlarda boshqa to’y suratchilari bilan muloqotda bo’ling, do’stlashishga harakat qiling: odamlar to’yda yaxshiroq suratga olish yo’llarini aytishi, tajribasi bilan o’rtoqlashishi mumkin. Shuningdek, «alyanslarga» birlashib, marosimlarda o’zaro yordam berish mumkin.
  • Piarni unutmang. Agar portfolioni chop etmasdan o’zingiz haqingizda doim eslatib turmasangiz mijozlar ko’paymaydi.
  • Kadrni sozlash va uni tanlashda o’zingizga shu savolni bering: «Shu kadrda bo’lsam, o’zimga yoqarmidim?»

Yodda tuting, mijozda qancha ko’p ijobiy hissiyotlarni uyg’ota olsangiz, kelajakda sizga shuncha ko’p odam murojaat qiladi.

Omad!