Bizni rejalashtirilmagan xaridlarni amalga oshirishga majbur qiladigan turli hiyla texnikalari allaqachon marketologlar tomonidan o'zlashtirilgan. Quyida sotuvchilarning nayranglariga uchmaslikning samarali usullarini tanishtiramiz

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Xaridlarni avvaldan rejalashtiring

Merchendayzerlar do’kondagi mahsulotlarni shunday joylashtiradilarki, siz umuman sotib olishni rejalashtirmagan narsani aravachaga solasiz. Bu holat ham savdo maydonidagi makonni tashkil qilishga, ham mahsulotni peshtaxtalarda joylashtirish mahoratiga taalluqlidir.

Avvaldan sizga kerak bo’lgan mahsulotlar ro’yxatini qog’ozga yoki telefonga yozib oling. Do’konda atrofga qaramasdan, maqsadga yo’nalgan holda, kerakli bo’limlar tomon harakatlaning.

2. Faqat zarur miqdorda pul oling – ortiqcha emas

Pullarni saqlashning samarali usuli… ortiqcha puldan voz kechishdir!

Do’konga borishdan avval kerakli mahsulotlarni xarid qilish uchun qancha pul zarur bo’lishini chamalang. Va o’zingiz bilan aynan shuncha pul olib, ortiqchasini uyda qoldiring. Buning uchun mahsulotlarning aniq narxini bilish kerak bo’ladi. Biroq, kassada qandaydir snikersni ko’rib qolsangiz ham uni olishga pulingiz yetmaydi.

3. Qiymatni kattaroq tomonga yaxlitlashga odatlaning

Psixologiyaning qandaydir noma’lum qonuniyatga ko’ra “2999,99” so’m yozuvli qog’ozcha “3000” so’mga nisbatan jozibador bo’lib ko’rinadi. Miyamiz o’nlik va yuzlik hissalarga ahamiyat bermay, narxning faqat birinchi qismini qayd qiladi. Aslida esa farq deyarli mavjud emas.

Narxni butunligicha ko’rishni va darhol kattaroq tomonga yaxlitlashni o’rganing. Ya’ni, makkorona 999 so’mni ko’rib, shunchaki o’zingiz uchun “Bu buyum 1000 so’m turishini” qayd eting. Natijada, narxlarni taqqoslash orqali oqilona asoslangan qarorga kelasiz.

4. Xaridga borishdan avval to’yib ovqatlaning

Ko’pincha do’konda qorin ochganini his qilib, bir aravacha yarim tayyor mahsulotlarni sotib olishdan o’zimizni tiya olmaymiz.

Fastfud, go’sht mahsulotlarining chiroyli yorliqlari, shirin hidlar – bularning bari uyda yaxshilab ovqatlangan bo’lsangiz, sizga jozibali bo’lib ko’rinmaydi.

5. Narxdan emas, o’z ehtiyojlaringizdan kelib chiqing

Xaridlarni narxlar emas, sizning ehtiyojlaringiz belgilab berishi kerak. Sotuvchilar har qanday mahsulotga “Chegirma” yozuvi yopishtirilsa, unga bo’lgan talab bir necha barobarga oshishini allaqachon tushunib yetganlar: narx chindan ham pasaytirilganmi yoki avvaldan atayin baland bo’lganmi ahamiyatsiz.

Bunday nayrangga aldanmaslik mumkinmi? Bu juda oddiy. Har safar chegirmalar yoki mahsulotning bepul taqdim etilishi haqidagi e’lonlarni ko’rganda, shu matnni eslang. Hayolan buni yolg’on bilan bog’lang, shunda ma’lum vaqt o’tgach sehrli yozuvlar endi sizga hukmini o’tkaza olmasligini his qilasiz.

6. Reklamaga e’tibor qilmang

Aytish oson, ammo bajarish qiyin. Reklama har qayerdan yog’ib keladi: televizordan, internetdan, do’kondagi e’lonlardan.

Mashhur brendlarga oid mahsulotlarning yuqori bahosi sifat alomati degani emas. Mahsulotning reklamasi qanchalik yorqin bo’lsa, narxi ham shunchalik baland bo’ladi. Bu oddiy marketing: siz mahsulot haqida bilish uchun pul to’laysiz.

Mahsulotni tanlash vaqtida brendning mashhurligi unga qanchalik ta’sir qilishi haqida o’z tanangizga bir o’ylab ko’ring. Tanlovga “Bu shampunni hamma maqtaydi, u qimmatli, reklamasi bor, demak, yaxshi” fikri bilan yondashmang. Yaxshisi uning tarkibini o’rganing va arzonroq mahsulotlar bilan taqqoslab ko’ring. Internetda unga doir sharhlarni o’qib ko’ring, uning haqiqiy afzalliklarini tushunishga urining – shunda siz haqiqatga ancha yaqin bo’lasiz.

7. Xarid qilishga sherigingiz bilan birga boring

Hattoki xaridlar ro’yxatini tuzib, yuqorida sanab o’tilgan barcha maslahatlarni yodda saqlagan holda ham, doim ham qandaydir keraksiz buyumni sotib olish istagiga qarshi chiqa olmaymiz.

Yoningizda quyidagicha aniq ko’rsatma olgan odam bo’lgani ma’qul: “Mana, menga kerakli mahsulotlar ro’yxati. Ortiqcha hech narsa olmasligimizni nazorat qil”. Bu odamga hamyoningizni ishonib topshiring – natijada marketologlar qurboniga aylanib qolmaysiz.