Tabiatda to'rtta qon guruhi mavjud bo'lib, ular inson va uning organizmi to'g'risida ko'p narsalarni tushuntirib berishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Man o’sha 4ta qon guruhi:

  • I — 1-qon guruhi;
  • II — 2-qon guruhi;
  • III — 3-qon guruhi;
  • IV — 4-qon guruhi.

Qon guruhingizni bilish orqali o’zingiz va organizmingizni yaxshiroq tushunishni o’rganasiz.

1. Foydali mahsulotlar:

1-qon guruhi: go’sht, baliq va sabzavotlar. Sut mahsulotlari, ishlov berilgan taomlar va ortiqcha yeyishdan o’zingizni tiying.

2-qon guruhi: vegetariancha taomlar, baliq, tovuq go’shti va yogurt. Dukkaklilar, achchiq mahsulotlar va qahvadan voz keching.

3-qon guruhi: sut mahsulotlari, qo’y go’shti, baliq, sabzavotlar va choy. Alkogol va konservantlarni iste’mol qilmagan ma’qul.

4-qon guruhi: sarhil, ekologik toza mahsulotlar. Quvvatni olib qo’yadigan qovurilgan taomlardan uzoqroq yuring.

2. Shaxsiyat tipi:

1-qon guruhi: ishbilarmon, tirishqoq, e’tiborli, ziyrak.

2-qon guruhi: rahmdil, tartibli, samarali, yetakchi.

3-qon guruhi: meditativ, moslashuvchan, do’stona samimiy, natijaga yo’nalgan.

4-qon guruhi: oqil, sokin, kuchli, erkin fikrlaydigan.

3. Stressga munosabat:

1-qon guruhi: nasldan o’tadigan g’azablanish onlarining ehtimoli mavjud. Yoqimli narsalarni ko’rish sokinlikni tiklashga yordam beradi.

2-qon guruhi: yuqori ta’sirchanlik, stressdan o’nglanish uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi. Ko’p miqdorda suv ichish tinchlanishga yordam beradi.

3-qon guruhi: asosan tinch, ammo ba’zida hissiyotlarini nazorat qilmaydi va jahli chiqadi. Sekin nafas olish orqali muvozanatni qaytarishi mumkin.

4-qon guruhi: stressni juda yaxshi yengadi, o’zidan chiqarish o’ta mushkul. Faollik va jismoniy yuklamalar zo’riqishni yo’qotishga yordam beradi.

4. Yog’ to’planishiga moyillik:

1-qon guruhi: nomuntazam ovqatlanish ortiqcha yog’ to’planishiga sabab bo’ladi.

2-qon guruhi: go’shtli va tarkibida shakar bo’lgan mahsulotlardan yog’ to’playdi.

3-qon guruhi: qovurilgan taomlar va nonni yaxshi o’zlashtirmaydi.

4-qon guruhi: harakatsizlik tufayli yog’ to’playdi.

5. Rezus-faktor:

Rezus-faktor (Rh) — qon guruhining muhimligi bo’yicha ikkinchi tizimidir. U ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin.

Ijobiy rezus-faktor D-antigenga ega, salbiy rezus-faktor esa yo’q. Agar bo’lajak onaning rezusi salbiy, bo’lajak otaniki esa ijobiy bo’lsa, rezus-nizo xavfi yuzaga keladi va u quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:

  • gemolitik xastalik — eritrotsitlarning parchalanishi;
  • homila eritroblastozi — homilada yetilmagan eritrotsitlarning ishlab chiqilishi.

To’g’ri davolash va ma’lum profilaktika choralari homilani saqlab qolishga yordam beradi. Onadan homilaga antitanalar rivojlanishining oldini olish uchun ayolga homilaning 28-haftasida hamda bola tug’ilganidan keyin 72 soat davomida qon plazmasi in’eksiyasini yuborish zarur.

6. Qon guruhlari bo’yicha moslik:

1-qon guruhi 1-guruhdan qon olishi mumkin, ammo hamma uchun universal donor hisoblanadi.

2-qon guruhi 2- va 1-guruhlardan qon oladi hamda 2- va 4-guruhlar uchun donor bo’ladi.

3-qon guruhi 3- va 1-guruhlardan qon qabul qiladi, 3- va 4-guruhlar uchun donor bo’lishi mumkin.

4-qon guruhi qon qabul qilish bo’yicha universal, ammo faqat 4-guruh uchun donor bo’la oladi.

7. Plazma bo’yicha moslik:

1-qon guruhi universal qabul qiluvchi hisoblanadi, ammo faqat 1-guruhga plazma beradi.

2-qon guruhi 2- va 4-guruhlardan olishi mumkin, lekin faqat 2- va 1-guruhlarga donor bo’ladi.

3-qon guruhi 3- va 4-guruhlardan qabul qilib, 3- va 1-guruhlarga donor bo’la oladi.

4-qon guruhi plazmani faqat 4-guruhdan oladi va barcha qon guruhlari uchun universal donor sanaladi.

Manbagreatpicture.ru