•  
  •  
  •  
  •  

Siz ishingizni yaxshi ko’rasizmi? Aynan shunday ishni topganingizni qanday anglasa bo’ladi? Biz ishingizni jon-dilingizdan sevishingiz va o’zingiz istagan ishni bajarayotganingizdan dalolat beruvchi sakkizta belgini tanladik.

Bo’sh vaqtingiz kam va bu sizga yoqadi

Muntazam yangi ish oqimi Sizda achchiqlanish va nafrat uyg’otmaydi. Aksincha, Siz oqim ichida yurasiz va ish go’yoki o’z-o’zidan bajarilib ketaveradi. Xeminguey yana g’oyalari bo’lishiga qaramay, ko’pincha yozishni to’xtatgan. Chunki, ertasiga yozadigan narsa qolishini va o’zidan so’zlarni tortib chiqarmaslikni istagan. Siz ham ishda huddi shundaysiz. Doim keyingi kun uchun vazifalar ro’yhati tayyor. Sizga bu yoqadi.

Ishingiz natijasini ko’rasiz

Ishingiz foyda keltirayotgani haqidagi hissiyot – eng oliy mukofotlardan biridir. Ba’zida ish og’ir bo’lishiga qaramay, u dunyoni bir oz yaxshiroq, odamlarning turmushini esa soddaroq va qulayroq qilishi haqidagi o’ylar o’zingizni yaxshi his qilishga undaydi.

Siz yaxshiroq bo’lishga intilasiz

Агар Сизга ишингиз ҳақиқатдан ҳам ёқса, унда доим янада яхшироқ бўлиш усулларини топасиз. Семинарлар, мустақил таълим, касбингиздаги нуфузли шахсларнинг маслаҳатлари – буларнинг барига кетган вақтингизга ачинмайсиз. Агар касбингизда қандайдир янгиликдан таълим олиш даҳшатли зерикишдек туюлса, эҳтимол ниманидир ўзгартириш вақти етгандир. Ва бу – ишингиз.

Bo’sh vaqtingizda ish haqida gapirasiz

Сиз тўхташ нималигини билмайсиз ва оғир бўлишига қарамай, ишингиз ҳақида сўзлашда давом этасиз. Лекин, меъёрни унутманг. Ҳамманинг ҳам Сизга ўҳшаб иш борасида омади чопмаган ва уларнинг аксарияти бўш вақтида иш ҳақида биронта сўз эшитишни истамайди. Ўзгаларнинг истакларини ҳурмат қилинг ва у қадар шилқим бўлманг.

Siz tushlik vaqti bo’lsa-da, kun endigina boshlangandek his qilasiz

Albatta, ish kuningizning soat 12 da boshlanishi u qadar dolzarb emas. Biroq, Siz nimani nazarda tutayotganimizni tushundingiz. Siz bir nechta kichik vazifani bajarib, qator xatlarga javob yozdingiz va jiddiy ishga tayyorsiz. Lekin, soatga qaragach tushlik bo’lib qolganini ko’rasiz.

Butun tong qayerga ketdi? Agar oqimning bunday holati Sizga tanish bo’lsa, demak to’g’ri joydasiz.

Atrofingizdagi odamlar sizga ilhom bag’ishlaydi

Xodimlaringiz bajarayotgan vazifalardan zavqlanasiz va doim ularga yordam berishga tayyorsiz. Sizga o’zingiz ishlaydigan jamo yoqadi, hamkasblaringizdan esa ilhom olasiz. Odatda, kayfiyatimiz xushnud bo’lsa, atrofimizdagi odamlarda faqat yaxshilikni ko’ramiz. Shu bois, boshqalarning ishidan zavq olayotgan bo’lsangiz, Siz ham ishingizni sevasiz.

Hayotingizga ish nuqtai nazaridan qaraysiz

Sizga ishingiz yoqadi va bo’sh vaqtingizda u haqida o’ylashning yomon joyi yo’q deb o’ylaysiz. Siz muammolarni hal etasiz, yangi g’oyalar ustida o’ylanasiz va ish masalalari bo’yicha bosh qotirasiz. Va, bularning bari hattoki ofisda bo’lmagan vaqtingizda ham. Siz ishlashni haddan tashqari yaxshi ko’rasizmi? Ehtimol. Biroq, Sizga yoqsa, buning nimasi yomon?

Dushanbadan qo’rqmaysiz

O’z ishini yaxshi ko’rmaydigan odamlar uchun dushanba – huddi hukm kuniga o’xshaydi. Hamma uni dahshat bilan kutadi va iloji boricha tezroq o’tib ketishini istaydi. “Ish kunlari – dam olish kunlari – ichish – uxlash – yana ish kunlari” sxemasini o’z ishidan nafratlanib, doim dam olish kunlarini kutadiganlarga qoldiring.

Siz haqiqatdan ham tongda turib, bor vaqtingizni sarflashni istaydigan ishni izlang