Lifehaq.uz taomni tezroq va oddiyroq tayyorlash hamda isitishda yordam beradigan usullarni o'rtoqlashadi.

  •  
  •  
  •  
  •  

1. Nuhhoti pishirish

No’xotni bir chimdim ozuqa sodasi aralashtirilgan suvga soling. Ustidan ozuqa plyonkasini bilan yopib, 10 daqiqaga mikroto’lqinli pechga qo’ying. 30-40 daqiqa davomida dimlang.

2. Tovuq filesini tezda tayyorlash

Fileni tog’orachaga solib, ta’bga ko’ra ziravorlar hamda ½ stakan suv qo’shing, ustidan ozuqa plyonkasini bilan yopib, 4-5 daqiqaga mikroto’lqinli pechga qo’ying.

3. Sitrus mevalardan ko’proq sharbat siqib olish

Laym, limon, apelsin yoki greypfrutni 20 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’ying, so’ngra osongina sharbatni siqib oling.

4. Jo’xori bodrog’ini to’g’ri tayyorlash

Jo’xori donalarini qog’oz xaltaga soling, ular xaltaning taxminan o’ndan bir qismini egallashi kerak. Xaltani mikroto’lqinli pechga qo’yib, “otish” takroriyligi soniyasiga ikkita otishgacha pasaygunicha tayyorlang. Xaltani yana 2-3 daqiqaga pechda qoldiring.

5. Mikroto’lqinli pechda pashot tuxumini tayyorlash

Tuxumni idishga chaqib, bir osh qoshiq suv qo’shing. Sanchqi yordamida ehtiyotkorlik bilan tuxum sarig’ini teshing (aks holda, yorilib ketadi). Ustida likopcha yoki ozuqa plyonkasini yoping. 1 daqiqaga mikroto’lqinli pechga qo’ying.

6. Issiq shokolad tayyorlash

Krujkaga “Nutella” solib, sut qo’shing va mikroto’lqinli pechga qo’ying. So’ngra olib, aralashtiring.

7. Ikkita taomni bir yo’la isitish

Sho’rvani chuqur likopchaga quying. Ikkinchi likopchaga (diametri bo’yicha chuquridan kattaroq) ikkinchi taomni soling. Yassi likopchani chuqurning ustiga qo’ying va 3-3,5 daqiqaga mikroto’lqinli pechga qo’ying.

8. Pitsani to’g’ri isitish

Pitsa bo’lagi va suv solingan stakan qo’yilgan likopchani 2 daqiqaga mikroto’lqinli pechga qo’ying. Shunda pitssa qurib qolmaydi.