Virtual muloqot erkin va faol bo'lgan bugungi kunda o'zingizga yoqqan qiz bilan tanishish ancha osonlashdi. Albatta, og'zaki ayta olmaganimizni yozishimiz mumkinku.

  •  
  •  
  •  
  •  

Biroq, o’ziga bino qo’ygan xotinbozlar soni kundan-kunga ortib borgani sayin, go’zal qizlarning talablari ham yanada ko’paymoqda. Aynan shuning uchun sizni ommadan ajratib turadigan va UNI “tarmoqda” qachon paydo bo’lishingizni kutishga majbur qiladigan bir nechta qoida mavjud.

Yozishma bo’yicha qiziqtirish mumkinmi

Eng muhim qoidani yodda tuting: siz qizni shunchaki so’zlashishga undashingiz emas, balki unda qiziqish uyg’otishingiz kerak va buni birinchi so’zlardanoq amalga oshirish zarur.

LEKIN! Yozishmada qizni qiziqtirish qo’lingizdan kelmagan bo’lsa ham (muloqot boshidami yoki davomidami) jahl qilish, o’zingizni ayblash, o’z kuchingizga ishonchni yo’qotishga aslo hojat yo’q. Balki siz shunchaki uning didiga mos kelmassiz yoki uning allaqachon sevgan insoni bordir.

Shuningdek, unga qo’pol muomala qilish yoki sizni “ahmoq” qilgan deb o’ylash mumkin emas.

Ehtimol uning sizga munosabati yomon emasdir va muloqotingiz keyinroq davom etar. Shunchaki hozir tanishish uchun omadsizroq vaqt bo’lgan (oiladagi muammolar, tushkunlik, balki hammasi juda jo’ndir: imtihonlarga tayyorgarlik, Internetdagi uzilishlar va h.k.).

Qiz bolani qiziqtirish uchun nima yozish kerak

Odatiylikdan qoching

Agar qiz bola bilan muloqotda “Ishlar qalay? Nima qilyapsan?”, “Sen chiroylisan” kabi odatiy iboralardan foydalangan yigitning imkoni juda kam bo’ladi.

Bu gaplarning siyqasi chiqqan va o’ziga xos emas. Buni hamma yozadi. Ya’ni hozir ommadan ajralib turishning ayni vaqti!

Qizning ustingizdan kulishidan qo’rqmang. Axir aytishadiku, qat’iy ishonch bilan aytilgan har qanday safsatani nuqtai nazar sifatida ko’rsatish mumkin.

Ko’tarinki kayfiyatda bo’ling

Qiziqarli hazilkashga nisbatan kamdan-kam odam e’tiborsiz qolishi mumkin, shu bois muloqotingiz optimizm va yumorga boy bo’lishi kerak.

Yozishmada ijobiy niyatingizni oshkor etishning eng oddiy usullaridan biri, bu – smayllardan (grafik smayllardan tortib to “))))” kabi eng soddalarigacha) foydalanish.

Bu muloqotni xilma-xil qilish va bir vaqtda yengillashtirishga yordam berali, ammo ularni ortiqcha ishlatish yaxshi emas.

O’zingizni reklama qilmang

Maqtanchoqlar hech kimga yoqmaydi. Naqadar ajoyib va o’ziga xos inson ekanligingiz haqidagi hikoyalar qiz bolani qiziqtirishi juda mushkul masala. Xulosani uning o’zi chiqarishiga yo’l qo’ying.

Yaxshisi ko’proq savol bering, axir qizlar o’zlari haqida gapirishni juda yaxshi ko’radilar.

Turli bilimlarga egaligingizni namoyon eting

Siz har tomonlama rivojlangan odam ekanligingizni u bilishi kerak. Biroq namoyish bilinmaydigan shaklda o’tishi kerak. Bularning bari maqtanish (“Biram aqllimanki! Barakalla o’zimga!” – bunday deyish kerak emas) bo’lib ko’rinib qolmasligiga harakat qilish zarur.

Shuningdek, kutilmaganlik elementi ham katta ahamiyat kasb etishi mumkin. Masalan, qiz bola hammaning “erkatoyi” bo’lgan, istalgan kechada barcha ko’rishni xohlaydigan va hech bir bayram uning bama’ni hazillarisiz o’tmaydigan yigit bilan tanishyapti. Tabiiyki, yigitning yangi tanishida ushbu kuzatishlarga asoslangan umumiy fikrga moyil tasavvur uyg’onadi.

Biroq keyinroq, uni yaqinroq taniganidan so’ng, yigit qizga o’zi to’qigan ta’sirli she’rlarini ko’rsatadi. Shu ondayoq inson haqidagi fikr o’zgaradi, u qiz uchun yanada qiziqarli bo’lib qoladi: suhbat uchun yangi mavzular bor, keyinchalik yana shunday kutilmagan yangi “qirralar” ochilishining ehtimoli mavjud.

Muloqotni mediafayllar bilan boyiting

Bunday muloqot ijtimoiy tarmoqlar uchun mos keladi. Masalan, «Vkontakte» ommabop saytida suratlar, musiqa, video, gif-fayllar, matnli hujjatlar, sovg’alar kabi fayllarni yuborishning ko’p imkoniyatlari mavjud. Bularning bari muloqotni boyitish, uning qiziqishlari haqida bilib olish va o’zingiznikini ko’rsatishga yordam beradi.

Shu bilan birga, mediafayllarni yuborish nimagadir sha’ma qilish, o’z hislaringizni namoyish etish, uni uchrashuvga taklif etish uchun o’ziga xos usul bo’ladi.

Yengillik va mamnuniyat

Muloqotingiz tang bo’lmasligi kerak, ana shunda u siz bilan barcha muammolarini unutadi.

Ikkalangizga ham gapirish ma’qul bo’lgan mavzularni toping (hordiq, hayotdagi maqsadlar va h.k.), hayotingizdagi qandaydir g’ayrioddiy yoki kulgili voqeani qisqacha aytib bering, undan neytral, salbiy hislarni uyg’otmaydigan nimanidir so’rang.

Mavxumlik va oxirigacha aytmaslik

Muloqotda pikaperlik sxemasidan foydalaning: bir yaqin, bir uzoqda bo’ling. Masalan, qiz bilan ikki kun davomida yozishib, kutilmaganda bir sutkaga yo’qolib qoling, ammo keyinroq bunga qizni hafa qilmaydigan aqlli izoh toping (Internet o’chib qoldi, dalahovliga buvimga yordam berishga ketgandik, jiyanimga qarab turgandim).

Qiziqtirishning yana bir usuli sifatida unga sovg’angiz borligi, ammo sirni sal keyinroq ochishingizni ayting.

Bunday usullar odatiylikdan qochishga va uning siz haqingizda ko’proq o’ylashiga sabab bo’ladi.

Faol hayotingiz haqida so’zlab bering

Qiz har bir daqiqani siz bilan birga o’tkazishni istashiga majbur qiling! Qishki boliq ovi, sayohatlar, hiyobonlar, konkida uchish, kino, teatrlar, mashinada sayohat…

Unga bir joyda o’tirmasligingizni, siz bilan hech qachon zerikib qolmasligini ko’rsating! Albatta, hikoyalaringiz haqiqatga mos bo’lishi kerak, aks holda bu yolg’on bo’lib qoladi.

So’zlashish qoidalari

Qiz bola bilan yozishmada, xususan, hayotdagi muloqotda ham so’zlashish qoidalarini unutmaslik kerak:

  • Suhbatdosh savodli bo’lishi kerak. Birinchidan, oddiygina xatolar dugonangizning g’ashiga tegishi mumkinligi ehtimoli mavjud, ikkinchidan, ayrim iboralarni u yanglish ma’noda tushunishi mumkin.
  • Odobsiz leksika ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Qiz bola o’z nutqini nazorat qila oladigan odamlar bilan muloqot qilishni hush ko’radi (bunda do’stlar, tanishlar bilan qanday gaplashish muhim emas). Ma’lumki, yozma nutqda bunday so’zlar og’zakiga nisbatan ancha qo’pol ta’sir ko’rsatadi.
  • Xiralik qilmaslik kerak. Eng ishonchli usul – u hozir band emasligini aniqlab, gaplashish uchun sizga vaqt ajrata olishini so’rashdir (aytgancha, qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan e’tibor va ma’lum g’amxo’rlikni namoyon etish yetarlicha kuchli psixologik usul bo’lib, darhol suhbatdoshga moyillik uyg’otadi). Aks holda uning jahlini chiqara boshlashingiz ehtimoli bor. Zero, bu vaqtda u boshqa ishlar bilan band bo’lishi mumkin (ish, mehmonlar yoki boshqa to’g’ri kelmaydigan vaziyat).

Shuningdek, mazkur holatda xiralik deganda o’xshash xabarlarning tez-tez yuborilishini (masalan, har soatda “Salom! Ishlar qalay?”), muloqotni davom ettirishga uzoq vaqt ko’ndirishlarni (“Ketmagin”, “Menga yoz/Nimadir aytib ber” kabilar va h.k.) ham tushunish mumkin.

Taxminiy iboralar 

Tabiiyki, hammasi sizning maqsadingiz, xarakterlarga (sizniki va uniki) bog’liq. Misol tariqasida bir nechta qo’l keladigan (aksariyat hollarda) iboralarni keltiramiz:

Female finger typing on computer keyboard
  • “Sen bilan tanishishni istardim. Qarshi emasmisan?” – bunda yigit o’z istaklarini darhol oshkor etmoqda, ammo shu bilan birga qizning fikriga befarq emasligini ko’rsatmoqda;
  • “Bugun seni ko’rgandim. Ko’rinishing ajoyib!” – bunda yigit bir yo’la ikki usulda e’tibor qozonishga harakat qilmoqda: qiziqtirish va xushomad;
  • “Chiroyli suratlar. Ular qayerda olingan?” – ijobiy baholash va qiziqishning ochiq namoyon etilishi.

Muloqot uchun ko’plab shablonlarni berish befoyda, chunki yigitning o’zi tashabbus ko’rsatishi kerak. Aslida behosib misollarni o’ylab topsa bo’ladi, asosiysi – iboralarda qo’pollik, ochiq xushomad, ikki xil ma’nolik bo’lmasligi kerak.

Bunday usul haqiqatdan ham unga qiziqish bildirayotganingizdan dalolat beradi. Taqqoslab ko’ring: “Salom, Kamola. Kuning qanday o’tdi?” va “Salom. Kuning qanday o’tdi?”. Agar katta farqni sezmagan bo’lsangiz, shunchaki gapimizga ishonishni tavsiya qilamiz!

SMS yozishma

Bunday tanishish usuli feysbuk, odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlardagi tanishuvga nisbatan ancha murakkab, chunki foydalanuvchining sahifasiga kirib u haqida ko’p ma’lumot olish imkoni mavjud emas.

Biroq, sizni qiziqtirgan qiz bilan tanish bo’lsangiz, SMS yordamida (ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar, qo’ng’iroqlar, uchrashuvlar va h.k.lar o’rtasida) muloqotni davom ettirish mumkin. Zero har bir xabar – nafaqat e’tiborning bir bo’lagi, balki qandaydir o’ziga jalb qiladigan sirlilikka ega jarayondir ham.

Bunda hissiyotlarni oshkor etish, qayergadir borishga taklif qilish, romantik yoki kulgili she’rlar, turli tilaklar (omadli kun, xayrli tong va tun va h.k.) o’rinlidir.