Yer yuzida har kuni hodisalar va tabiiy ofatlardan tashqari, oramizdagi eng oddiy insonlar tomonidan amalga oshiriladigan yaxshiliklarga ham guvoh bo'lamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida keng yurakli qahramonlarning voqealarini taqdim etamiz va ular haqida hoziroq so’zlashga shoshamiz.

Fidokor shifokor internetni lol qoldirdi

 

© weibo.com

 

Xitoylik jarroh Lo Xen 28 soat davom etgan og’ir navbatchilik va 5 ta jarrohlik amaliyotidan so’ng zo’rg’a oyoqda turgani bois, kasalxona yo’lagida uyquga ketgan. Ushbu surat bir zumda internetda tarqalib ketdi va minglab odamlar shifokorning fidokorligi hamda o’z ishiga sodiqligidan hayratlandi.

 

Idish yuvuvchi restoran egasining sherigiga aylandi

 

 

Gambiyalik 62 yoshli Ali Sonko 14 yil davomida Daniyadagi mashhur Noma restoranida idish yuvuvchi bo’lib ishlagan. Yaqinda esa uni ushbu maskan egasining to’laqonli sherigi etib tayinladilar. Restoran egalarining fikricha, Ali ularning biznesidan ulush olishga loyiq, chunki u “restoranning haqiqiy qalbi va yuragiga” aylangan va restoran ishchilari rahbariyat qarorini chin dildan qo’lladilar.

 

Bu futbol jamoasda bir kishi hamma uchun va hamma bir kishi uchun

 

© AFP/EAST NEWS   © AFP/EAST NEWS 

Braziliyalik futbolchi Everton Luis irqchilik janjalining qurboniga aylandi: match vaqtida qarshi jamoaning muxlislari alamli so’zlarni baqirib, haqoratli yozuvlarni osib qo’yishdi. Futbolchi bosimni ko’tara olmadi va ko’zlarida yosh bilan stadionni tark etdi. Biroq, uning jamoadoshlari bunga befarq qolmadilar – bir nechta o’yinchi Luisning yoniga borib, og’ir daqiqaga uni qo’llab-quvvatladilar.

 

G’ayrioddiy chegirma olish mumkin bo’lgan restoran

 

 

Italiyadagi restoran egasi Antonio Ferrari maskanida farzandlari xushmuomala va tarbiyali bo’lgan oilalar uchun 5% chegirma joriy etishga qaror qildi. Uning aytishicha, restoranidagi qariyb 30% ota-onalar farzandlarining hatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi. Shu bois u yoqimli bonusni joriy etishga qaror qilgan.

Itni qutqargan o’t o’chiruvchi

 

 

Andryu Kleyn AQShning Santa-Monika shahrida o’t o’chiruvchi bo’lib ishlaydi. Chaqiruvlarning birida yonayotgan uydan arang tirik qolgan itni ko’tarib chiqdilar. Biroq, Andryu o’zini yo’qotmay, jonivorni tezlikda jonlantirishga harakat qildi. Itning egalari u tirik qolishi mumkin deb o’ylamagan edi, ammo barchasi yaxshilik bilan tugadi.

 

Ofitsiant nogiron ayolni ovqatlantirishga yordam berdi

 

 

Ushbu voqea AQShdagi Illinoys shtatida joylashgan kafelarning birida yuz berdi: keksa erkak va uning nogiron turmush o’rtog’i tushlik qilib o’tirishgan edi, biroq kutilmaganda ofitsiant ularga yordamga keldi. Yosh yigit stolga o’tirib, eri tinchgina tushlik qilishi uchun ayolni ovqatlantirishga yordam berishga qaror qildi.

 

Odamni qutqarish uchun tesla avtomobilini qurbon qildi

 

 

Myunxen ostidagi tezkor shosseda qiymati 100 ming AQSH dollaridan oshadigan Tesla avtomobilining haydovchisi har tomonga silkinib yurayotgan Volkswagen Passat avtosini ko’rib qoldi. U mashinaga tenglashgach, haydovchi erkak rulga boshi bilan yiqilib, behush holdaligini ko’rdi. Shunda superkar egasi Volkswagen oldiga o’tib, o’z avtomobili yordamida mashinani to’xtatdi va erkakning hayotini qutqarib qoldi.

 

UFC chempioni saratonni yenggan bolaga kamarini sovg’a qildi

 

 

Bir necha yil avval jangchi Kodi Garbrandt oqqon xastaligiga yo’liqqan Meddoks Mepl ismli bolakay bilan tanishgan. Kodi Meddoksdan quyidagi va’dani olgan: u chempion maqomini yutib oladi, bolakay esa saratonni yengishi kerak. Ular bergan va’dalarini bajarishdi va Garbrandt o’z kamarini Meddoksga sovg’a qildi.