•  
  •  
  •  
  •  

Har birimiz umrimiz davomida bir marta bo‘lsa ham internetda o‘zimizni himoya qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsak kerak. Hatto maktab o‘quvchilari ham brauzer, ijtimoiy tarmoq va boshqa turli dasturlar foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishini biladilar, biroq uni chetlab o‘tish haqida ko‘pchilikda ma’lumot yo‘q.

Agar bizni kuzatishlarini istamasak, internet-serfing va ma’lumotlarni saqlash xavfsizroq bo‘lishi uchun Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snoudenning maslahatlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shifrlangan aloqa saytlari

Har birimiz umrimiz davomida bir marta bo‘lsa ham internetda o‘zimizni himoya qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rgan bo‘lsak kerak. Hatto maktab o‘quvchilari ham brauzer, ijtimoiy tarmoq va boshqa turli dasturlar foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ishini biladilar, biroq uni chetlab o‘tish haqida ko‘pchilikda ma’lumot yo‘q.

Agar bizni kuzatishlarini istamasak, internet-serfing va ma’lumotlarni saqlash xavfsizroq bo‘lishi uchun Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Edvard Snoudenning maslahatlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Shifrlangan aloqa saytlari

Ko‘plab odamlar ularda yashiradigan narsa yo‘q deb hisoblashadi. Maxsus xizmat xodimlariga ularning qayerda bo‘lgani, feysbukdagi sahifalarda ommaga havola etgan ma’lumotlar va internet do‘kondan sotib olgan mahsulotlar qiziqarli emas deb hisoblashadi. Ular haqlar. Biroq bunday yondashuv muammoning boshqa tomoniga ham taalluqli.

“ “Yashiradigan narsam yo‘q” deganingizda “meni internet xavfsizligi huquqi havotirga solmaydi, meni kuzatishlariga roziman” deyapsiz”.

Edvard Snouden o‘z huquqlaringizga shunchaki bee’tibor bo‘lish va shifrlangan ulanishga ega bo‘lgan saytlardangina foydalanishni maslahat beradi. Bu “https” bilan boshlanadigan saytlardir. G‘arazli maqsaddagi odamlar xizmat hujjatlaringiz, ishga oid yozishmalar, suratlarni o‘g‘irlashlari mumkin va ularning keyingi taqdiri nima bo‘lishini hech kim bashorat qilolmaydi. Shuning uchun bu masalaga jiddiy munosabatda bo‘ling. Ulanish xavfsizligini har safar tekshirmaslik uchun siz kiradigan barcha saytlarni shifrlaydigan maxsus plagin o‘rnating.

Yozishmalar tilsimoti

Ishga oid yozishmalarni amalga oshirasiz yoki do‘stlaringizga farzandlaringizning suratlarini yuborasizmi? Bularning bari g‘araz maqsadli odamlar qo‘liga tushib qolishi mumkin. Agar o‘zingizni xavfdan ozod etmoqchi bo‘lsangiz, brauzeringiz uchun maxsus shifrlaydigan kengaytmani o‘rnating. Uning ishlash usuli oddiy: siz xatni jo‘natasiz, qabul qiluvchi uni shifrlangan belgilar ko‘rinishida oladi. Xatni shifrdan chiqarish uchun u maxsus kalitni kiritishi kerak. Faqat kalitni SMS yoki ijtimoiy tarmoqdagi xabarnoma orqali jo‘natmang. Yaxshisi uni shaxsan yoki shifrlardan foydalanadigan dastur orqali yetkazing.

Messenjerlar

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - Dc1Dp2WWAAAFf7I.jpg

G‘arazli maqsadni ko‘zlaganlar ko‘pincha messenjerlarga suiqasd qilishadi. Birinchi navbatda o‘zingizni himoya qilish uchun yozishmani avtomatik ravishda shifrlaydigan Telegram, WhatsApp, Facebook Messenger, Signal Private Messenger va h.klardan foydalaning. Agar kimdir yozishmalaringizga tahdid qilsa, faqat belgilar to‘plamini ko‘radi, ularni shifrlashga esa inson hayotidan ko‘p vaqt talab etiladi. Biroq u mesenjer egasi bo‘lgan kompaniyaning qiziquvchanligidan sizni qutqara olmaydi: kompaniyada yozishmalaringizni o‘qish imkonini beradigan kalit bor, biror voqea yuz bersa, ular kalitni huquqni himoya qiluvchi kompaniyalarga taqdim etishlari mumkin.

Uni chetlab o‘tish uchun xatni yuborish jarayonida shifrlash uchun ulangan plagindan foydalaning. Bunday plagin ko‘pincha OTR: off the record — yozib olishga qarshilik qiluvchi deb ataladi. Masalan, RedPhone.

Xavfsiz “bulutlar” haqida

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 12_wide.jpg

Ma’lumotlarini oblakoda saqlash ham xavfsiz emas. Google Drive, Dropbox, OneDrive, iCloud — bularning bari g‘arazli maqsadni ko‘zlaganlar uchun nozik hisoblanib, ular parolni tanlab, tizimning nozikligidan foydalanib qolishlari mumkin. Ma’lumotlaringizni sir saqlashni istasangiz, ularni shifrlaydigan dasturdan foydalaning. Bunday dasturlar kompyuterda papkani yaratadi, siz esa u yerga fayllarni joylaysiz, ular shifrlanib, oblako saqlash joyiga yuboriladi. Masalan, Boxcryptordasturini o‘rnatishingiz mumkin, ular shaxsiy foydalanish uchun bepul.

Sirli brauzer

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - best-android-vpn.png

Agar jamoat joyida shifrlanmagan Wi-Fi dan foydalanishingizga to‘g‘ri kelsa, trafikning o‘zini (brauzernigina emas) shifrlang. Buning uchun VPN dan foydalangan ma’qul, sodda qilib aytganda, sizdan VPN-provaydergacha boradigan shifr bilan himoyalangan kanal. Provayder serverida trafik shifrdan chiqariladi va o‘z vazifasiga ko‘ra yuboriladi. Siz bepul provayderlar, masalan, VPNbook yoki Freevpndan foydalanishingiz mumkin. Bunday ulanish sababli siz internetga kompyuteringiz orqali emas, VPN serveridan chiqayotgandek tasavvur paydo bo‘ladi.

Siz yana TOR brauzerini o‘rnatishingiz mumkin, uni to‘g‘ri sozlansa, sizning kimligingiz va qayerda ekanligingizni hech kim bila olmaydi.

Buzilgan telefon

Fleshka, telefon va yo‘qotishingiz ehtimoli bo‘lgan boshqa qurilmalarni shifrlab qo‘ying. Buning uchun internet orqali yuklab olish mumkin bo‘lgan kodlashning oddiy dasturlaridan foydalaning. Odatda bunday dasturlar siz uchun sezilmas holda, ya’ni fayllarni avtomatik tarzda shifrlaydi va shifrdan chiqaradi. Agar shifrlangan qurilma g‘ayrli maqsadlarni ko‘zlagan odamlar qo‘liga tushgudek bo‘lsa, u telefondan hech nima ololmaydi.

Smartfon va planshetlarni to‘liq shifrlash uchun operatsion tizimning o‘rnatilgan funksiyalaridan foydalangan ma’qul. Android qurilmalarida “Sozlash -> Xavfsizlik”, iOS da esa “Sozlash -> Parol”ga qarang.

Shaxsiy suhbatlar

Ma’lumki, deyarli har bir telefonni zimdan eshitish mumkin. Shaxsiy suhbatingiz boshqalarga oshkor bo‘lmasligi uchun EAGLE Security kabi maxsus ilovalar mavjud. Bunday ilovalar barcha asosiy stansiyalar joylashuvini eslab qoladi va kuzatadi. Agar bazalardan biri shahar bo‘ylab harakat qilaytgani, vaqti-vaqti bilan o‘z o‘rnidan yo‘qolishini sezsa, ular buni yolg‘on va shubhali deya belgilab, telefon egasini ogohlantiradi. Mazkur dasturlarda telefonda o‘rnatilgan ilovalardan qay birida videokamera va mikrofon foydalanilishi, biror holat yuz berganida o‘chirib qo‘yishni ham ko‘rish imkoni mavjud.

Qing‘ir reklama

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - scale_1200

Josus-viruslar oddiy reklama bo‘lib ko‘rinishi mumkin. G‘ayrli maqsadli odamlar qarmog‘iga tushib qolmaslik uchun kompyuteringiza reklamani blok qiluvchini o‘rnating. Dasturiy ta’minot, ayniqsa viruslarga qarshi dasturlarni o‘z vaqtida yangilang.

Yaxshi parol – muvaffaqiyat garovi

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - ps.jpg

Murakkab parollar o‘ylab toping. Oddiy so‘zlar, raqamlar ketma-ketligi, tug‘ilgan kun sanasi, ismingiz va uy hayvonining laqabi – eng ishonchsiz parollardir. Yaxshi parol bosh va kichik harflar, raqam hamda tinish belgilaridan iborat bo‘ladi. Sayt, pochta va ijtimoiy tarmoqlar uchun ham turli parollar o‘ylab topish ham muhim. Aks holda akkauntingiz buzilgan holatda parol boshqa resurslarda ham g‘ayrli maqsadni ko‘zlaganlar tomonidan foydalanilishi mumkin.

Ommaviy muhitda o‘zingiz haqingizda ma’lum qilishdan avval ikki martalab o‘ylab ko‘ring.