•  
  •  
  •  
  •  

So’nggi yillarda O’zbekistonda ajralishlar soni qayd etilgan nikohlarning taxminan 15 foizini tashkil etmoqda va bu juda qo’rqinchli manzara!

Ma’lumki, nikoh marosimi, tantanali to’y va ushbu tadbir bilan bog’liq boshqa barcha yumushlar o’zbekistonliklar uchun hayotdagi yagona maqsad hisoblanadi, boshqa aksariyatlar uchun esa bu – boshqa hayot, boshqa turmush va boshqa munosabatlar boshlanadigan tarixiy nuqtadir. O’zbekistondagi ko’plab erkaklar turmush qurganidan so’ng nafaqat rafiqasi, balki o’z onasi bilan ham o’zaro munosabatlardagi muammolarga to’qnash keladilar.

Chamasi, bunga javob ham tayyor. Ona (kelinning qaynonasi) oilaning boshi hisoblanib, uyda hamma narsa uning shartlari asosida bo’lishi kerak. Avvaldan ma’lum shartlarni bajarishdan osoni yo’q, zero qadimdan belgilangan madaniy an’analar va qadriyatlar baxtli kelajakni kafolatlaydi.

Ammo rozi bo’lishga shoshilmang! Uyingizda deyarli har kuni janjal bo’ladi! Oyingiz nimadandir norozi! Siz munosabatlarni yaxshi saqlab qolish uchun har qanday usullarni qo’llab ko’rganingizga ishonasiz: onangizning barcha talablarini ado qildingiz, kelin erta tongda uyg’onib, hamma uy yumushlarini bajardi, yig’ishtirdi, xatolarini tuzatish uchun tunlari uxlamadi, kun davomida nimalardir pishirdi, qaynonasiga va sizga hurmat ko’rsatdi va h.k. Hayratlanarlisi shuki, bularning bari ish bermasligi mumkin, chunki masala mutlaqo boshqa bo’lishi mumkin!

U holda gap nimada? Muammoni qayerdan izlash kerak?

Shu o’rinda, zamon o’zgarayotganini, erkaklar va ayollarning hayot, nikoh, oilaviy turmushga nisbatan qarashlari o’zgarayotganini, bir necha yillar avval hammaga mos bo’lgan qadriyatlar ba’zida darz keta boshlashini ham unutmaslik zarur. Zamonaviy dunyoda ayollar uy bekasi bo’lib qolishni istamaydilar. Aksincha, ular atrofdagi olam va oilaviy qadriyatlar borasida o’z fikrlariga egalar; farzandlarini “avvalgidek” emas, balki boshqachasiga tarbiyalashni xohlaydilar. Qayd etish kerakki, zamonaviy ayol uchun endi ajralish yaqin o’tmishda salbiy ijtimoiy yorliq bo’lib ko’ringan holat emas. Ajralishlar hozir hech kimni qo’rqitmaydi, shu bois ularning soni tobora ortmoqda.

Nazarimizda, oilaviy munosabatlarni parchalanish ko’p jihatdan bir nechta omil, jumladan er tomonidan yuritilishi kerak bo’lgan kelin va qaynona o’rtasidagi noto’g’ri siyosati natijasidir. Unutmang, onaning kelindan rashki hech qachon yo’qolmaydi. Buni faqat tushunish va yashashda davom etish kerak!

Nima qilish kerak?

Lifehaq.uz doimgidek bir tomondan onasi va ikkinchi tomondan rafiqasi o’rtasidagi munosabatlarda muvozanatga erishishning taktik usullari yordamida ham endigina turmush qurgan yoshlarga, ham tajribali oilalarga maslahat berishga urinib ko’radi.

Ushbu holatda muvozanat, bu – obrazli tushuncha. Aslida, qaynonaning tushunchasida uning maqomi rafiqaning maqomidan ustun turishi kerak. Eslatib o’tamiz, mazkur maslahatlar deyarli faqat er tomonidan bajarilishi kerak.

Ogohlantiramiz, bu maqolada o’zaro munosabatlardagi ahloq normalariga rioya qilinmagan va ayrim o’quvchilarga g’alati bo’lib ko’rinishi mumkin. Lekin, ular – ish beradi! Demak, boshladik!

Birinchi navbatda, siz va rafiqangiz tushunishi hamda “belgilanganidek” rioya qilishi kerak bo’lgan holatlarni muhokama qilamiz.

Er nimani bilishi va tushunishi kerak:

  • Qaynona – asosiy odam. Bu uyda undan muhimroq hech kim yo’q. Tabiiyki, qaynota ham bor, ammo odatda ular bunday ishlarga va parda ortidagi o’yinlarga aralashmaslikni ma’qul ko’radilar.
  • Qaynona huddi erkaklarga o’xshab mantiqiy fikrlashga qodir emas. Qaynona uchun hamma narsa hissiyotlar va uydagi ahamiyatiga asoslangan.

Rafiqa nimani tushunishi kerak:

  • Siz – uy bekasisiz va maishiy masalar, pishirish, yuvish, yig’ishtirish, qaynona va farzandlarni parvarish qilish – barchasi sizning majburiyatingiz.
  • Qaynonaga rad javobini berish va u bilan bahslashish mumkin emas: o’zingizga yomonroq bo’ladi. Bu masalalar haqida suhbatlashib, fikringizni bildirish uchun eringiz bor. Har doim “Xo’p bo’ladi” deyish kerak.
  • Er – uyning egasi. Unga qarshi chiqmang, umumiy til toping.

1-maslahat: Rafiqangiz bilan kelishishni o’rganing

Eng asosiysi, bu – birinchi navbatda rafiqangiz bilan umumiy til topish. Bunda o’zaro munosabatlarda muammoni yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan holatlarni juftingiz bilan gaplashib olishingiz zarur. Hammasini nikoh so’ng munosabatlarning eng avvalida boshlash kerak, aks holda vaqtingiz va oilangizni yo’qotishingiz mumkin. quyidagilarni bajarishga urinib ko’ring:

2-maslahat: Aktyorga aylaning

Vaqti-vaqti bilan go’yoki rafiqangiz qilgan xatolar uchun uni urishib turing. Bunda jiddiy, samimiy ko’rinishga harakat qiling va asosiysi, onangizga “aktyorlikni” bildirmang. Tabiiyki, rafiqangiz bu o’ylangan sahna ko’rinishi ekanligini bilishi kerak. Masalan, agar qaynona tayyorlangan taomning sifatini yomonlayotgan bo’lsa, rafiqangizni bu uchun bemalol urishib qo’yishingiz mumkin. Ehtimol, siz uchun taom juda mazali bo’lgandir, ammo qaynonaga tanqid uchun sabab kerakligini unutmang! Ishonchimiz komil, bunday hatti-harakat onangizga yoqadi, chunki shu tariqa siz rafiqangiz oldida uning maqomini oshirgan bo’lasiz.

3-maslahat: Alohida uxlang

Ba’zan, har doim ham yoningizda rafiqangiz bo’lishini yoqtirmasligingizni onangizga ko’rsatish uchun alohida xonada uxlashingiz mumkin (agar ortiqcha joy bo’lsa) va alohida yotishga harakat qiling. Ikkinchi yarmingizga “yopishib qolmaganingizni” va ba’zida yolg’iz qolishni istashingizni namoyon eting. Tabiiyki, istasangiz tunda xohlagan joyingizga sekingina o’tishingiz mumkin. Biroq, ba’zila rafiqangiz g’ashingizga tegishini ko’rsatib turing.

4-maslahat: Uyda ortiqcha sovg’alar

Qaynonalar ularning xabarisiz uyga nimadir sotib olinishini yoqtirmaydilar, ayniqsa bu narsa rafiqaga atalgan bo’lsa. Shuning uchun, sovg’alarni rafiqangiz oilasining nomidan taqdim qilishingizni kelishib oling. Masalan, rafiqangizga ko’ylak sotib olishingiz mumkin, ammo u sovg’ani go’yoki opasi yoki ukasidan olgan bo’ladi. Bunday taktika nisbatan qimmatli sovg’alar, masalan, oshxona televizori bilan ham qo’l kelishi mumkin. Siz uzoq vaqt televizor sotib olishni orzu qilgansiz yoki rafiqangiz o’zi istagan sovg’ani olishni xohlaydi, ammo rafiqaga sovg’a mutlaqo taqiqlangan. Bunday vaziyatda rafiqangizning oila a’zolari Yangi yilga yoki onangizning tug’ilgan kuniga yorqin qadoqdagi yangi televizorni olib kelishlari hamda uni tantana bilan onangizga sovg’a qilishlari mumkin. Bu usul rafiqangizga juda ko’p e’tibor va pul sarflashingiz haqida o’ylamaslikka yordam beradi. Rafiqangiz hech qanday sovg’a va e’tiborga loyiq emasligini ko’rsating.

5-maslahat: O’xshash, ammo biroz boshqacha

Avvalgi maslahatda yozganimizdek, sovg’a qiling. Sovg’alarni o’zingiz ishlaydigan firma nomidan yoki do’stlardan taqdim qilish mumkin. Masalan, qandaydir bayramga yaqin qolganida siz yoki yaqin do’stlaringiz uyingizga mikroto’lqinli pech olib keladilar va onangizga topshiradilar. Bunda, ular kompaniyada onalarga nisbatan maxsus an’ana mavjudligini va bu yil hammaga shunday sovg’a berilayotganini aytishlari kerak. Ishoning, keyingi yil bu an’ana hech kimning yodiga kelmaydi, siz esa shu yilning o’zida maqsadingizga erishasiz. Huddi avvalgi maslahatda aytilganidek, bunday yondashuv rafiqaga nisbatan onaning maqomi va ahamiyatini yuqoriroq ko’tarishga yordam beradi.

6-maslahat: Onangizning zaif tomonini toping

Aytaylik, unga yoqadigan, uni eritib yuboradigan va ziddyatni yo’qotadigan narsani toping. Masalan, ko’plab oilalarda pul ancha narsani hal qiladi. Shu bois, qandaydir nizo kelib chiqishini gumon qilsangiz, avvaldan tayyorgarlik ko’rishni unutmang, ma’lum miqdorda pul olib, konvertda onangizga bering va buni “kechagi mukofot puli” yoki qandaydir bitimning natijasi sifatida ko’rsating. Yoki, shunchaki odatdagidan ko’proq pul topganingizni va ortiqcha pul unga ko’proq zarurligini ayting. Bundan tashqari, sanatoriyga yo’llanma olib, ishingizdagi kasaba uyushmasi kamdan-kam va juda muhim ishchilar uchun shunday yo’llanma berishini aytishingiz mumkin. Har holda bu unga juda yoqadi. E’tibor va yana e’tibor!

7-maslahat: Ma’qullang

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - tenor.gif

Ba’zan g’alati holat yuz beradi. Hattoki, rafiqangiz va uning oilasi ko’p jihatdan mukammal va namunali bo’lishiga qaramay, buni onangizga isbotlashingiz shart emas. Onangiz uchun rafiqangizning oilasi doim birinchi sonli dushman bo’lib qoladi. Juda dushman bo’lmagan taqdirda ham, sizning oilangiz bilan taqqoslaganda yomonroq ko’rinadigan sifatlar albatta topiladi. Shuning uchun, onangiz rafiqangiz va uning oilasiga nisbatan yoqimsiz so’zlarni aytganida, uni ma’qullab, barcha ta’kidlariga rozilik bildirishni o’rganing. Hech qachon rafiqangizning yonini olishga urinmang! Masalan, agar rafiqangiz 5 yulduzli mehmonxonada bosh oshpaz bo’lsa, onangiz uchun u endigina ovqat pishirishni o’rganayotgan 12 yoshli qizaloq bo’lib ko’rinishi mumkin. Onangiz tomonini olish orqali bir jamoa ekanligingizni va uni hamma narsada qo’llashingizni ko’rsatasiz. Zarur bo’lsa, qaynonaning o’zi kelinini yutuqlari bilan maqtasin. Agar maqtamasa, bilingki, qaynona doim dugonalarining orasida, “gap” o’ynaganida va qarindoshlarga kelinini maqtaydi. Biroq, u rafiqangizning o’ziga buni hech qachon aytmaydi.

8-maslahat: Bo’rttiring

Agar onangiz qandaydir maishiy yumushlar bajarilishida yoki bola tarbiyasida xatoni sezib qolgan bo’lsa, biroz bo’rttirish mumkinligini unutmang. Masalan, mebel ustida ozgina changni ko’rib qolgach, onangiz sizga muammoni ko’rsatishi mumkin. Tabiiyki, siz bu holatni rafiqangizga yetkazishingiz kerak. Biroq, siz va rafiqangiz o’rtasida ma’lum kelishuv bo’lsin. Siz uni atayin urishishingiz, u yoqdan bu yoqqa yurishingiz, nimalarnidir ming’irlashingiz va onangizga “Ko’ryapsizmi, qanday ishbilmas” qabilidagi nazarni tashlashingiz kerak. Bunda, bo’rttirish chegarasiga yetib kelganingizni o’zingiz tushunishingiz kerak. Mazkur vaziyatda onangiz asta-sekin rafiqangiz yo’l qo’ygan kichkina xato uchun ichida biroz aybni seza boshlaydi. Natijada, u mebel ustidagi ozgina chang shuncha gap, janjal va asablarga arzimasligini tushunib yetadi.

9-maslahat: Uyiga jo’natish

Ayrim vaziyatlarda rafiqani ota-onasining uyiga mehmonga yuborish qaynona uchun falokatga aylanishi mumkin. Uning fikricha, kelin birinchi raqamli dushmanlarning uyiga boradi va bundan yaxshi natija bo’lmaydi. Shu bois, ko’pincha mehmonga borish salbiy kutib olinadi, qarshilik ko’rsatiladi yoki taqiqlanmagan taqdirda ham, cheklanadi. Bunday vaziyatda quyidagi strategiyadan foydalanish mumkin. Axborot rafiqangizning manfaatlariga tegmagan holda, siz suvdan quruq chiqa oladigan shaklda yetkazilishi mumkin. Masalan, juda charchaganingiz, ish ko’pligi, na rafiqangiz, na bolalarni ko’rishni istamasligingiz, sizga dam va tanaffus kerakligini ayting. Hozir oila haqida o’ylashni istamaysiz, chunki ishingizda o’ta muhim voqea kutilmoqda, shu bois kech tungacha ushlanib qolasiz. Bundan tashqari, shu yo’l bilan onangiz ham dam olishi mumkinligini eslatishni unutmang. Bu taktikani har doim ham qo’llab bo’lmaydi, ammo ba’zida yordam beradi.

Siz oiladagi munosabatlarni muvozanatga keltiradigan boshqa usullarni bilasizmi? Biz bilan o’rtoqlashing.