Kiyim do'konlari ko'pincha bizlarni yanada ko'proq pul sarflashga undash uchun turli hiylalardan foydalanadi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Quyida mahsulot ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari xaridorlardan yashirishi mumkin bo’lgan holatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Chegirmali savdolarni o’tkazish – Siz sotib olishni o’ylamagan narsani xarid qilishga majburlash usulidir. Har kim ham chegirmani ko’rgach, foydali bitimdan voz kechishga qodir emas. Biroq, bunday savdo ortida aslida nima yashiringan?

1. Chegirmali savdo xaridorlarga emas, do’konlarga ko’proq foyda keltiradi

Ba’zan chegirmali savdo arafasida keyinchalik ularni e’lon qilish va xaridorlarni jalb etish uchun mahsulotlarning narxlari atayin oshiriladi.

Do’kon peshtaxtasida va reklamada 70%gacha chegirmlar ko’rsatilishi mumkin. Aslida esa faqatgina bitta buyum 70%ga arzonlashadi. Qolganlarning narxi esa ko’pi bilan 10 foizga kamayadi.

2. Brendga qarab bir xil ko’ringan o’lcham kichik yoki katta bo’lishi mumkin

Turli kiyim ishlab chiqaruvchilarining o’lcham setkalari farq qiladi, shu bois bir do’konda Sizga S o’lchami to’g’ri kelgan bo’lsa, boshqasida M o’lchamiga zo’rg’a sig’asiz. Ayrim kompaniyalar ayol xaridorlar mahsulotlarini yaxshiroq xarid qilishi uchun atayin o’lchamlarni “kamaytirishadi”.

3. Mashhur dizayner bilan hamkorlik sifatni kafolatlamaydi

Yirik brendlar vaqti-vaqti bilan mashhur dizaynerlar hamkorligida ishlangan kiyimlar liniyasini chiqarib turadi. Bundan maqsad – xaridorlarni eksklyuziv buyum uchun ko’proq pul to’lashga majburlashdir. Biroq, eksklyuziv faqatgina chiqariladigan kiyimning cheklangan miqdoridan iborat bo’ladi, uning sifati esa odatda huddi shu do’kondagi boshqa kiyimlardan ortiq bo’lmaydi.

4. Chegirmali savdo bo’limi atayin betartib ko’rinishda bo’lad

Hech shunday holatga duch kelganmisiz? Do’kondagi kiyimlar tartib bilan osilgan va peshtaxtalarga taxlangan bo’ladi. Ammo, chegirmali savdo bo’limida buyumlar betartib ravishda bitta uyumga tashlab qo’yilgan bo’ladi. Sotuvchilar tartibsizlik orasida xaridor ancha arzon narxdagi buyumni topib, o’zini baxtli his qilishi va tezroq uni sotib olishga harakat qilishi uchun atayin shu usuldan foydalanishadi.

5. Kiyim ishlab chiqarishda zararli kimyoviy moddalar ishlatiladi

Buyumdagi yorliq uning tabiiy materiallardan ishlanganini tasdiqlab turishiga qaramay, u salomatlik uchun havfli bo’lishi mumkin. Kiyim ishlab chiqarishda qo’llaniladigan kimyoviy moddalarni maxsus laboratoriya tekshiruvisiz aniqlash mumkin emas. Ma’lum zararli moddalar dizaynerlik g’oyasini yuzaga keltirishga yordam bersa (buyumga kerakli rang yoki fakturani beradi), boshqalari kiyimlarni hasharotlar va mog’ordan himoya qiladi. Yangi kiyimlarni kiyishdan avval doim yuving. Bu havfli kimyoviy moddalar miqdorini kamaytirishga yordam berib, avvalroq shu kiyimni yuqumli kasalligi bor odam kiyib ko’rgan bo’lsa Sizni himoyalaydi.

6. Tabiiy matolar narxidagi sintetika

Kiyim ishlab chiqaruvchilari ko’pincha xaridorlarni tabiiy matolardan ishlangan nisbatan qimmat buyumlarni xarid qilishga undash uchun sintetika narxlarini oshiradilar. Xaridorga paxta yoki jundan ishlangan kofta sintetikaga nisbatan u qadar qimmat emasdek tuyuladi va foydali xarid bo’lishiga ishonadi. 

7. Bozorlardagi dizaynerlik buyumlari butiklardagi huddi shu tovarlardan yomonroq sifatga ega

Aksariyat odamlar pulini tejash umidida dizaynerlik buyumlarini olish uchun bozorlarga borishadi. Bu yerdagi kiyim va aksessuarlar faqat ko’rinishidangina dizaynerlik to’plamlaridagi nusxalarga o’xshaydi. Ko’pincha lyuks darajasidagi brendlar qimmat butikdan buyum sotib olishga imkoni bo’lmaganlar hisobidan foyda olish uchun atayin bozorlar uchun arzon xomashyodan shunday mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

8. Yomon sifatli buyumlar

Onalarimizdan yana ancha kiyishimiz mumkin bo’lgan narsalar qolgan. Zamonaviy kiyimlar ko’picha sifatsiz bo’ladi: yaxshi tikilmagan choklar, egri choklar, chala tushirilgan surat, arzon plastmass furnituraga ega bo’lib, bir nechta yuvishdan so’ng o’zgarib qoladi. Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi ham aynan shunda: ko’proq sotib olishimiz uchun tez va arzon bajarish.

9. Moda har hafta o’zgaradi

Moda sanoatini 2 ta mavsum boshqargan vaqtlar o’tib ketdi: bahor-yoz va kuz-qish. Hozirgi ishlab chiqaruvchilar mikrotrendlar tomon yo’l oldilar. Deyarli har hafta do’konlarda xaridorlar ko’proq pul sarflashni istashi uchun zamonaviy yangicha uslublar paydo bo’ladi.

Asosiy surat: depositphotos