Ko'pchilikning fikricha, keng ko'lamli yadroviy urush yuz bergan taqdirda Yer yuzida tirik hech narsa qolmaydi. Biroq, omon qolish imkoniyati ancha yuqori bo'lgan tirik organizm turlari ham mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizni yadroviy urushdan qo’rqmaydigan 9 ta hayot shakliga oid ilmiy faktlar bilan tanishtiramiz.

500 radga teng doza inson uchun halokatli

© unsplash  

Biz hamma yerda nurlanish mavjud olamda yashaymiz. Quyoshdagi yadroviy reaksiyalarning yorug’ligi va issiqligi tirikligimizning zaruriy sharti hisoblanadi. Biroq, Chernobil AESida yuz bergan avariya inson uchun nurlanishning naqadar havfli ekanligini ko’rsatib berdi. 500 radga teng nurlanish biz uchun o’limni anglatadi, ammo nurlanishning ulkan miqdorlarini ko’tara oladigan hayot shakllari mavjud.

Ichak tayoqchasi 6 000 rad nurlanishga chidaydi

Ichak tayoqchasi 6 000 radga teng nurlanishda omon qolishi mumkin. Bu bakteriyalar ichak floramizning 80%ni tashkil qiladi, shu bois o’lganimizdan so’ng ham ichagimizning qaysidir qismida tayoqcha ko’payishda davom etishiga ishonchimiz komil.

Suvarak — 10 ming rad

Ular eng murakkab sharoitlarda omon qolishga qodir – xususan, suvaraklar Xirosimada yadro bombasi portlashi markazidan yaqin hududda qutulib qolgan va moslashgan. Bugungi qurol ancha qudratli, ammo insonga nisbatan suvaraklarning omon qolish imkoniyati baribir yuqoriroq. 10 ming radga teng nurlanishda 10% suvaraklar tirik qoladi.

Drozofila — 65 ming rad

© flickr  

Ko’payuvchi mayda pashshalari 65 ming radga teng nurlanishda omon qoladi. Bunday chidamlilik ularning organizmidagi hujayralarning sekin bo’linishi tufayli yuzaga kelgan. drozofilalarning ustunligi shundaki, ular o’ta tez ko’payadi. Demak, bu tur yangi sharoitlarga tezda moslasha oladi.

Chayon — 90 ming rad

Chayonlar sayyoramizning Antarktidadan tashqari barcha mintaqalarida yashaydi. Ular 90 ming rad nurlanishdan so’ng omon qolishidan tashqari, yadroviy qishdan ham o’tishi mumkin. Agar yadroviy urush quyosh nurlarini to’sib qo’yadigan chang bulutlarini hosil qilsa ham, chayonlar mavjudlikda davom etadi.

Brakonidlar — 180 ming rad

Ushbu hasharot 180 ming radga teng nurlanish dozasiga chiday oladi. Ular tez ko’payadi, ammo bunday hasharotlar odatda tuxumlarini boshqa mavjudotlarning organizmiga qo’yishi qiyinchilik tug’dirishi mumkin.

Amyoba o’ziga xos uyquga ketishi mumkin

© flickr  

Hayotning eng sodda shakllaridan biri, ehtimol, yadroviy urushdan keyingi olamda tirik mavjudotlarning yangi turlari paydo bo’lishiga asos solishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, amyoba aniq omon qoladi. U o’ziga xos uyquga keta oladi, bundan tashqari dunyoda bu mikroorganizmlarning ulkan miqdori mavjud, ular tejlikda ko’payadi va nurlanishga ta’sirchan emas.

Deinococcus Radioduran bakteriyasi o’z DNKsini tiklashga qodir

Nurlanish havfli hisoblanadi, chunki u tirik mavjudotlarning DNKsini yemiradi, ammo bu bakteriya inson uchun halokatli dozadan 5 000 marotabaga ko’proq miqdorda ham omon qolishi mumkin. Deinococcus Radioduran ultrabinafsha nurlari, nurlanish, kislota, sovuq, suvsizlanish va ochlik ta’siriga chidamli bo’lib, o’z DNKsini tiklay oladi.

Yomg’ir chuvalchangi zararlangan hududda hayotga moslashishi mumkin

© flickr  

Chernobil AES yaqinidagi ko’lda ikki turdagi chuvalchang o’zining ko’payish uslini o’zgartirib, yangi sharoitlarga moslashishga erishgan.

Imildoq ochiq fazoda tirik qolishga qodir

Mazkur kichik umurtaqasiz mavjudot o’zining chidamliligi bilan hayratga soladi. U ochiq fazoda tirik qolishi mumkin, nurlanishga chidamli, yetarlicha uzoq vaqt ko’p miqdordagi uglerod oksidli gaz va oltingugurt vodorodi mavjud atmosferada qolishi mumkin. Ushbu mitti mavjudot klinik o’lim holatida bo’lib, 10 yildan so’ng hayotga qaytarilishi mumkin. Nurlanishga kelsak, bu imildoq uchun shunchaki sezilarsiz noqulayliklardir.

Asosiy surat: DianeNelson