•  
  •  
  •  
  •  

Hozirda barchamiz professional fotosratchiga aylanish bo’sag’asiga turibmiz. Haqiqiy kasb egalari bu fikrga qo’shilmasada, qo’limizdagi smartfonlar tobora yaxshilanmoqda.

To’g’ri, ba’zan ko’plab funksiyalarni tushunish qiyin kechadi, shu bois telefondagi suratlarni sifatli va a’lo qilishga oid maslahatlarni taqdim etamiz.

Fokusni sozlash

Avtofokus rejimida biz kadrda nima muhimu, nima yo’qligi haqidagi qarorni mashinaga ishonamiz. Ishoning, inson buni yaxshiroq bajaradi. Bundan tashqari, qo’lda sozlangan fokus ekspozitsiyani ham tuzatish imkonini beradi.

Kadrga kompozitsiya qo’shish

Kadrga buyumlar qo’shishga harakat qiling – surat yashay boshlaydi va unda o’qish istagini hosil qiladigan voqea paydo bo’ladi. Biroq, bunda me’yorga amal qilish zarur: agar kompozitsiya ortiqcha yuklansa, u oddiy tartibsizlikka aylanadi.

Chaqnoqni tanlab yoqish

O’rnatilgan chaqnoq haqida unuting. U hajmin o’ldiradi. Biroq, bu qoidada istisno ham bor: chaqnoqdan yuzdagi ortiqcha soyalarni olib tashlash uchun quyoshli kunda foydalanish mumkin.

Filtrlarni unutish

Endilikda filtrlar yomon did alomatidir. Filtrlar o’rniga yaxshisi yorqinlik, kontrast va keskinlikni sozlashga harakat qiling. Yashasin tabiiylik!

To’g’ri fon tanlash

Agar «mushukni top» mavzusida surat olayotgan bo’lmasangiz, unda oq shubada oppoq qorda suratga tushmagan ma’qul. Fonga e’tibor bering: u qarama-qarshi rangda bo’lishi va suratni yashirmasdan qayd etishi kerak.

Kerakli rakursni tanlash

Zo’r kadr chiqishi yoki mutlaqo didsiz narsa hosil bo’lishi rakurs tanloviga bog’liq. Masalan, harakatsiz ob’ektlar kichik burchak ostida suratga olinsa, ular buzilgandek ko’rinadi. Tepadan, pastdan, yon tomondan – farqi yo’q, asosiysi rakurs shaklga urg’u berishi kerak.

Telefonni ushlash qulay

Telefonni ikki qo’llab ushlang, yanada yaxshisi tirsaklaringiz bilan yon tomonga tayang. Balki sezilmas, ammo barchaning qo’li titraydi. Kamera hammasini sezadi va surat aniq chiqmaydi.

Yorug’lik haqida o’ylash

Eng yaxshi yoritish – kunduzgi yorug’likdir. Sun’iy yoritish sozlashi bilan boshni qotirishni istamaysangiz tabiiylikni tanlang.

Texnikani tozalash

Suratlar xira chiqayotgani sezilyaptimi? Ehtimol ob’ektiv shunchaki barmoqlar izi va changdan kirlangandir. Suratga olishdan avval uni mato bilan arting.