Do'konga borib pullaringizni yo'qotasiz, past oylik maoshiga rozi bo'lasiz yoki harakat qilish o'rniga divanda yotasiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

1. Pul nimaga sarflanganini qayd etmaysiz

Pul hisob-kitobni yaxshi ko’radi va bu shunchaki aytilgan ibora emas, balki chora ko’rish uchun yo’riqnomadir. Harajatlarning hisob-kitobini yuritmas ekansiz, mablag’ qayerga ketayotganini bilmaysiz va zarur bo’lganda ham harajatlarni oqilona qisqartira olmaysiz.

Hozirda barcha harajatlarni tez va sodda qayd etish imkonini beradigan ko’plab qulay ilovalar mavjud. Bu odat tusiga aylanganidan keyin unga ahamiyat berishdan to’xtaysiz, ammo har oy pulni nimalarga sarflaganingizni ko’ra olasiz. Navbatdagi davrda bu keraksiz harajatlardan voz kechish imkonini beradi.

2. Kuniga biron miqdorda pul chetga olib qo’ymaysiz

Har kuni bir necha so’mni tejash orqali oy oxirida o’zingizga anchadan beri orzu qilib yurgan yoki yaqin kishingizga sovg’a qilishni istagan qaysidir buyumni sotib olishingiz mumkin.

Har kuni kichik miqdordagi pulni chetga olib qo’yishga qaror qilgandan so’ng hayotingiz sifati keskin yomonlashishidan qo’rqmang. Amalda xuddi avvalgidek o’zingizga kerakli va uncha kerak bo’lmagan narsalarni xarid qilishda farqni sezmaysiz. Biroq, oy yoki yil oxirida odatiydan ko’proq narsani olish imkoni tug’iladi.

3. Chegirmali mahsulotlarni izlamaysiz

Chegirmalardan foydalanish yoqimli bo’lishi bilan birga (siz tizimni aldab, mahsulotni u sotilishi kerak bo’lgan narxdan ancha arzonga oldingiz) haqiqatdan ham foydalidir. Mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda sotib olish, kinoga yarim bahosiga borish hamda restoranlar, kafe va yetkazib berish xizmatlarining maxsus takliflaridan foydalanishning uyaladigan yeri yo’q.

Atrofdagilarning nigohida kambag’al bo’lib ko’rinmaysiz – ehtimol, ular sizning oqilona yondashuvingizni to’g’ri baholaydilar.

Kiyimlarni mavsumga qarab yangilamaslik yaxshi odatga aylanadi: yozda qishki botinkalar odatda arzonroq bo’ladi, bir necha oydan keyin esa albatta asqotadi.

4. Xaridlar ro’yxatini tuzmaysiz

Do’konga och holda va mahsulotlar ro’yxatisiz borish allaqachon xunuk odat hisoblanadi. Siz o’zingiz yeb bitirolmaydigan miqdorda yegulik sotib olasiz va natijada bekorga pul sarflaysiz.

Agar ro’yxat yozilgan qog’ozlarni doim uyda unutib qoldirsangiz, ro’yxatni mobil ilovada saqlang. Shunda mahsulotlar ro’yxati doim qo’l ostingizda bo’ladi va ortiqcha narsani xarid qilish istagi kamayadi.

5. Pulni juda tez sarflaysiz

Bugun pul o’tkazish sanoqli soniyalarda bajariladi va bu holat ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Biz o’ylamasdan kartani terminalga kiritamiz va pullar hisobdan uchib ketadi. Bunda haqiqatdan ham zarur buyumlar hamda sotib olmasak ham bo’ladigan narsalar o’rtasidagi chegarani farqlamay qo’yamiz.

Jiddiy xaridlarni birdan o’ylamasdan amalga oshirmang. 24 soat qoidasiga amal qiling: agar bir sutka o’tgach buyumni sotib olishga yoki xizmat uchun to’lashga avvalgidek tayyor bo’lsangiz, to’lang. Biroq aksariyat hollarda kechagi g’oyadan bugun voz kechasiz.

6. Reklamaga ishonasiz

Internet va televizordagi reklama bizning xaridga oid afzalliklarimizga u yoki bu jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Biz aynan rolikdagi go’zal mallasoch qiz ishlatgan tish pastasidan foydalanishni xohlaymiz. Bu mahsulot unga o’xshashlaridan faqat narxida farq qilishi ham muhim emas.

Iste’molga oqilona yondashing va buyumlarni mashhurligiga emas, balki sifatiga qarab tanlang. Bu nom uchun ortiqcha to’lashmaslik imkonini beradi.

7. Kam pul keltiradigan ishni bajarishda davom etyapsiz

Ish uchun ish, bu – qahramonlarga xos yondashuv, ammo amalda qo’l kelmaydi. Har qanday mehnat uchun haq to’lanishi kerak. Asosiysi, o’zingizga “Xa, men chindan shu haqqa loyiqman” deya olishingiz zarur.

Endilikda to’laqonli hayot kechirishga imkon bermaydigan past maoshli ishda mehnat qilishda davom etib o’zingizni kundalik hursandchiliklardan mahrum etasiz. Irodangizni bir yerga to’plab, sizni mutaxassis sifatida hurmat qilishadigan, mehnat uchun kartaga keladigan minnatdorlik esa sizni qoniqtiradigan yangi joyni toping.

8. Bo’sh vaqtingizni ko’proq pul topishga sarflamaysiz

Vaqtingiz va kuchingiz – sizga ko’proq pul topish imkonini beradigan qimmatli resurslardir. Albatta, ularni bekorga sarflamasangiz.

Hattoki sutkasiga 8 soatdan ishlab, qo’shimcha pul ishlash imkoniyatlarini topish mumkin.

Masalan, taksi xizmatiga ishga kirib, ishdan qaytishda odamlarni manziliga yetkazib qo’yish, qo’shnining itini aylantirish yoki qiziqishingizni pullash.

9. Asosiy aktiv – sog’lig’ingizga keraklicha e’tibor qaratmaysiz

Agar ishingiz davomiy tushkunlikka aylangan, ish jarayonining o’zi esa anchadan buyon qoniqish keltirmayotgan, barchasidan keyin ishlab topilgan pulni sarflash istagi qolmayotgan bo’lsa, bu tashvishli holat.

Salomatlik va yaxshi kayfiyat bo’lmasa, qolgani ham bo’lmaydi. Mashq zaliga borishga erimang, uyqingizni nazorat qiling, vitaminlarni vaqtida qabul qiling – yaxshi holatda bo’lish uchun barcha zarur narsalarni bajaring.