Kundalik turmushimizda bizni ko'plab narsalar o'rab turadi. Ba'zida ular shu qadar odatiy ko'rinadiki, hattoki ularning nega kerakligi va qanday paydo bo'lgani haqida o'ylab ham ko'rmaymiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Keling, eng oddiy buyumlarning noodatiy vazifalariga oid voqealarni bilan tanishib chiqamiz.

Kulchadagi teshik

Zamonaviy megapolisdagi odatiy kunimiz kamdan-kam usiz o’tmaydigan shirinlik bir necha yuz yillik tarixga ega.

Bugungi qandolatchilar har qanday shakl va hajmdagi eng mazali pishiriqni yaratishga qodir. Avvallari esa pishiriqning chetlari va o’rtasi bir xil pishishini ta’minlash qiyin kechgan. Aynan shuning uchun oshpazlar hech qanday muammo bo’lmaydigan ana shu shaklni o’ylab topganlar.

Frittalar

Frittalar — avtomobil oynalarining chetlarida simmetrik tarzda joylashgan kichkina qora nuqtalardir. Ular pishirilgan kerakmik bo’yoqdan iborat bo’lib, bir nechta vazifani bajaradi.

Birinchidan, frittalar oynani mahkamlab turadigan germetik yelimni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Ikkinchidan esa, bunday qora nuqtalar ko’pincha oyna chetlarida to’planib qoladigan iflosliklarni sezdirmaydi.

Quyoshdan himoyalovchi ko’zoynak

Mazkur buyumning faqatgina bitta vazifasi bordek tuyuladi va uning nomi ham aynan shundan dalolat beradi. Biroq, bari u qadar oson emas.

Ko’zoynak mahalliy aholini “qor yog’dusidan” himoyalash uchun eng chekka Shimolda ixtiro qilingan. Ushbu buyum XII asrda Qadimgi Xitoydagi qozilar orasida keng tarqalgan bo’lib, ular guvohlardan o’zlarining haqiqiy hislarini yashirish uchun ko’zoynak taqqanlar.

Daftarlardagi hoshiyalar

Dastavval hoshiyalar o’qituvchilarning nafrat to’la izohlari yozilishi uchun o’ylab topilmagan.

Gap shundaki, avvallari kitoblar va daftarlar ko’pincha kalamushlar va sichqonlar hujumiga uchragan. Kemiruvchilar qog’ozning chetlarini kemirishni hush ko’rgan. Kemiruvchilar qog’oz bilan birga muhim ma’lumotning bir qismini yeb qo’ymasligi uchun hoshiyalar o’ylab topilgan va ulardan tashqariga chiqamaslikka urinishgan.

Golf koptokchasidagi botiqlar

Birinchi golf koptoklari mutlaqo silliq bo’lgan. Biroq, hisobsiz sinovlar va xatolar natijasida ushbu olijanob sport ishqibozlari eski, ishqalangan va yemirilgan yoriqli koptok bilan o’ynash ancha osonligini tushunib yetganlar. Shuning uchun golf o’yinchilari kamdan-kam yangi koptoklarni xarid qilganlar va yillar davomida bitta koptokdan foydalanganlar.

Buni sezgan koptok ishlab chiqaruvchilari ko’plab o’yimlarga ega maxsus “eskirgan” koptoklarni tayyorlay boshlaganlar.

Kamarcha

© flickr  

Ushbu kichik mato bo’lagini ko’plab kurtka va paltolarning orsida ko’rish mumkin. Kamarchalar birinchi martta harbiy shinellarda bir necha yuz yil avval paydo bo’lgan. O’sha davrlarda shinellar juda katta o’lchamda tikilgan va unda odam o’ralishib qolmasligi uchun kichkina mato bo’laklari yordamida “belini ingichkalatish” kerak bo’lgan. Shuningdek, harbiylar shunchaki kamarchani yechib, ulkan shineldan tunda adyol sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan. Vaqt o’tgan an’analar o’zgardi, ammo kamarchalar baribir qoldi.

Osma qulfdagi teshik

Hozirda osma qulflardan ko’pincha shahar tashqarisidagi uylarning darvozalari uchun foydalaniladi va ular yog’ingarchilik tufayli tez ishdan chiqadi.

Kimdir bunday vaziyatda shunchaki yangi qulf sotib oladi, ammo bunday qulfda kichkina teshikcha borligini ko’pchilik bilmaydi. U mashina moyini quyish uchun qoldirilgan. Moy quyilganidan so’ng kalit yana hech qanday qiyinchiliksiz qulfda aylana boshlaydi.

Quloqchinlar shtekeridagi chiziqlar

Ehtimol, barcha quloqchinlarning shtekerida 3 ta chiziq borligini ko’rgandirsiz. Ularni chiroy uchun chizishmaydi. Har bir chiziqdan ikkala quloqchin tomon simlar boradi va bu chiziqlarsiz qurilmagan ulanganda tovush faqat bitta quloqchindan taralgan bo’lardi.

Tanga gurti

Siz mana shu g’adir-budur tanga chetining o’z nomi borligini bilmagandirsiz. Ammo, uning nomi – tanga gurti.

U XVI  asr boshida paydo bo’lgan. O’sha paytlarda o’g’rilar yangi tanga yasash uchun tanganing chetlaridan qimmatli metallarni arralab olganlar. Ana shunday qalbaki nusxalarga qarshi kurashish uchun, tanga chetiga naqsh tushirish o’ylab topilgan. Davrlar o’zgardi, ammo gurt qoldi.