9 ta yomon odat tirnoqlarga zarar yetkazadi

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Tirnoqlarni chaynash odati

Bu “xastalikka” faqat bolalar va o’smirlar duchor bo’lmagan. Chaynalgan tirnoqlar parvarish etilmagandek ko’rinishidan tashqari, keyinchalik ularning tuzilishi buzilib, tirnoq yuzasida siniqlar hosil bo’ladi, tirnoqlar qatlanib sina boshlaydi.

Shuningdek, tirnoqlarni chaynash gigiyenaga zid. Ularning ostida to’planadigan ifloslar va bakteriyalar zararli odatingiz tufayli to’g’ri oshqozoningizga tushadi va turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

 Qanday kurashish kerak?

Tirnoqlaringizni doim bo’yashga harakat qiling. Bu ularni chaynashdan qutqarishi mumkin, chunki lakning mazasi ancha yoqimsiz, shuningdek allaqachon shaklini yo’qotgan tirnoqlarni yashirish mumkin.

O’zingizni, ayniqsa hayajonlanganda, nazorat qilishga urining. Tirnoqlarni darhol og’zingizga olib bormang – boshqa narsa bilan mashg’ul bo’ling. Vaqt o’tishi bilan hammasi joyiga tushadi.

 

Lakni ko’chirish

Har qanday lak ma’lum vaqtdan keyin asta-sekin tirnoqlardan ko’cha boshlaydi. Aksariyat qizlar lakni o’chirish uchun mo’ljallangan suyuqlikdan foydalanish o’rniga, uni ko’chira boshlaydi. Lakni ko’chirganda tirnoqlarning ustki yuzasiga zarar yetishi mumkin – ular zaiflashib, qatlana boshlaydi.

 Qanday kurashish kerak?

Eng oddiy yechim – doim yoningizda lakni o’chirish uchun kosmetik salfetkalar olib yuring yoki istalgan vaqtda tirnoqdan lakni o’chirib tashlash uchun ishingizda suyuqlik solingan idishni saqlang.

Manikyurni uzoqroq saqlab turish va unga qo’shimcha jilo berish uchun rangli lak surilganidan so’ng uning ustiga rangsiz yoki mustahkamlovchi lak suring.

 

Tirnoq chetidagi terini (kutikula) yulib olish

Tirnoq chetidagi teri (kutikula) manikyur vaqtida maxsus vositalar yordamida olinishi kerak. Uni muntazam yulib olishning hojati yo’q. Kutikulani kavlash va yulib olish odati juda zararlidir, chunki bu ishni bir boshlagach to’xtash qiyin bo’ladi.

Kutikula butunligi doim buzilishi oqibatida u quruq va shikastlangan holga keladi. Shuningdek, yaraga infeksiya tushishi mumkin. Kutikulani uzoq vaqt va muntazam shikastlash tirnoq yuzasida ariqchalar hosil bo’lishiga olib keladi.

 Qanday kurashish kerak?

Kutikulani avval yumshatib va ishlov bergach, faqat maxsus manikyur vositalari yordamida oling.

 

Tirnoqlarga gel surish

To’g’ri, gelli surtma uzoq vaqt turadi va juda qulay hisoblanadi, ammo gelni o’chirish jarayoni tirnoqlarga katta zarar yetkazadi. Gelni o’chirishda qattiq pilkalar va tirnoq yuzasiga zarar yetkazadigan vositalar qo’llaniladi.

Bundan tashqari, ultrabinashfa nurlari va tarkibida atseton bo’ladigan gelni o’chirish suyuqligi tirnoqlarni shikastlaydi, chunki tirnoq yuzasini qattiq quritib, ularni o’ta zaif vasinuvchan qilib qo’yadi.

 Qanday kurashish kerak?

Manikyur ustalari gel va oddiy lakdan navbatma-navbat foydalanishni maslahat berishadi. Gelni o’chirgandan keyin tirnoq yuzasini kutikula uchun moylar bilan namlantirish kerak.

Shuningdek, tirnoqlarga gel effektili maxsus lak surish mumkin. Tirnoqlar huddi shunday yaltiraydi, ammo ancha kam zarar yetkaziladi.

 

Bir necha haftaga bitta manikyur

Buning salbiy oqibati huddi geldan foydalangandagi holatga o’xshaydi: tirnoqlar qurib, qatlana va sina boshlaydi. Uzoq vaqtdan keyin lakni o’chirgach, tirnoqlarda oq dog’lar paydo bo’lganini ko’rasiz – bu namlik yetishmasligining alomati.

 Qanday kurashish kerak?

Tirnoq yuzasi qurib qolmasligi uchun lak ko’cha boshlashi bilan uni o’chirish kerak. Bu qoida pedikyurga ham tegishli: oyoqlardagi lakni ko’pi bilan 2-3 haftadan keyin o’chirish zarur.

 

Noto’g’ri ovqatlanish

Agar ko’zlar – qalb ko’zgusi bo’lsa, unda tirnoqlar – sovutgichingizning ko’zgusidir. Unutmang, taomnomangiz salomatligingiz holatiga, xususan tirnoqlarga ta’sir qiladi. Nosog’lom yeguliklar ularni ingichka, sinuvchan va zaif qilib qo’yadi. Qancha yaxshi ovqatlansangiz, teringiz, tirnoqlar va sochlaringiz shuncha yaxshi ko’rinishga ega bo’ladi.

 Qanday kurashish kerak?

Ko’proq ko’katlar, sabzavotlarni iste’mol qiling – ularning tarkibida ko’p miqdorda kalsiy va magniy bo’ladi. Shuningdek, ko’proq suv iching. Taomnomangizga jelatinni qo’shing: bu mahsulot inson organizmi uchun zarur ikkita aminokislota – gidroksiprolin va prolinga ega bo’lib, ular biriktiruvchi to’qimalar va tog’aylarning rivojlanishi, saqlanishi va tiklanishiga yordam beradi.

 

Tirnoqlardan mexanik tarzda foydalanish

Yorliqlar, yelimqog’ozlarni ko’chirish, kalitlarni zanjirdan olish – bularning barchasi tirnoqlarni shikastlaydi.

 Qanday kurashish kerak?

Tirnoqlardan mexanik vositalar sifatida iloji boricha kamroq foydalanishga harakat qilish. Bonkalarni ochishda yoki boshqa asboblarni qo’llashda tirnoqni ildirib olmaslik va manikyurga zarar yetkazmaslik uchun shoshilmang.

 

Rezina qo’lqoplarsiz yig’ishtirish

Tozalash vositalarini qo’lda surish keng tarqalgan xato hisoblanadi. Tirnoqlar suvda namlanib yumshab qoladi, natijada ularning chetlari va tirnoq yuzasi shikastlanadi. Shuningdek, tozalash vositalari lakning saqlanish muddatini ancha qisqartiradi.

 Qanday kurashish kerak?

Uy yig’ishtirish yoki idishlarni yuvishdan avval pishiq rezina qo’lqoplarni kiying.

 

Quyoshdan himoyalovchi emas, oddiy kremlardan foydalanish

Qo’l terisi tezroq qariydi, chunki biz uni parvarishlashga e’tibor qaratmaymiz. Oxir-oqibat qo’llarimiz ajinlar va pigment dog’lari bilan qoplanadi va ularning tashqi ko’rinishini hech qanday manikyur qutqara olmaydi.

 Qanday kurashish kerak?

Har tong qo’llaringizga quyoshdan himoyalovchi krem suring va ular ajoyib ko’rinishda bo’ladi.