Bepul Wi-Fi – bu o‘z-o‘zidan yaxshi narsa. Biroq, jamoatchilik tarmoqlari ko‘plab xavf-xatarlarga to‘la bo‘lib, ular orasida bank hisob raqamidagi barcha mablag‘lardan ayrilib qolish xavfi ham mavjud.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizga jamoat Wi-Fi tarmog‘idan foydalanayotganda  qanday qilib firibgarlardan himoyalanish bo‘yicha maslahatlar beramiz.

Internet-bankdan foydalanmang va kartalar ma’lumotlarini kiritmang

Karta ma’lumotlarini himoya qilishning yagona yuz foiz ishonchli usuli – internet-banking yoki xaridlar uchun mobil Internetdan foydalanish. Bir necha megabaytli trafik – bank raqamidagi mablag‘larning xavfsizligi uchun katta to‘lov emas.

Agar ishlatmayotgan bo‘lsangiz, Wi-Fini o‘chiring

Wi-Fi ni o‘chirib uchta muammodan xalos bo‘lishingiz mumkin: batareyaning tez sarf bo‘lishi, firibgarlik tarmoqlariga avtomatik ulanish, shuningdek, jonga teguvchi reklama havolalari.  Aytgancha, oxirgilaridan qutulish uchun brauzerda DontTrackMe kengaytmasini o‘rnatishingiz mumkin, bu qurilma egasining harakatlarini kuzatishga imkon bermaydi.

VPN ga ulaning

PVN yoki virtual yopiq tarmoq, Internetga anonim ravishda ulanish imkonini beradi. Ya’ni, siz ulanadigan sayt, sizning IP-manzilingizni emas, balki virtual tarmoq IP-manzilini ko‘radi.

Ushbu qulay tarmoqlarning  o‘z kamchiligi bor: ulanish tezligi past va ularning aksariyati pulli bo‘ladi. Odatda bu qimmat turmaydi, qolaversa, VPN provayderlarining aksariyatida bepul xizmatlar ham mavjud.

Qurilma tarmoqni eslab qolishiga yo‘l qo‘ymang

Aksariyat qurilmalar, smartfon yoki planshet bo‘lsin, bir marotaba ishlatilgan bo‘lsa ham, tarmoq nomini eslab qolishadi va unga avtomatik ravishda ulanadi. Hech kim firibgarlarga xuddi shu nom ostida o‘z tarmog‘ini yaratishga halaqit qilolmaydi. Ushbu hiyladan foydalanib, bosqinchilar saqlangan ma’lumotlar va biroz vaqt berilsa foydalanuvchining moliyaviy ma’lumotlariga kirish imkonini qo‘lga kiritishadi.

Tarmoq nomida e’tibor qiling

Ko‘pincha firibgarlar mavjud bo‘lgan kanallar nomiga juda o‘xshash nomga ega bo‘lgan tarmoq yaratadi. Farq shundaki, asl tarmoqqa kirish pulli, avtorizatsiya yoki parol talab qiladi, soxtasi esa – butunlay erkin. Shuning uchun bepul tarmoqqa ulanishdan oldin, egasidan uning nomlanishini aniqlashtiring.

Yaxshi antivirus o‘rnating

Har doim antivirusning eng so‘nggi versiyasidan foydalaning. Hakerlar doimo qurilmalarni buzishning yangi usullarini o‘ylab topishadi, shuning uchun antivirus «yangi» bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, antivirus dasturlari sizga soxta tarmoqqa ulanishingiz mumkinligi haqida ogohlantiradi.

2 bosqichli autentifikatsiyaga ega bo‘lgan taqmoqni tanlang

Kirish uchun hech qanday qo‘shimcha harakatlar talab qilmaydigan tarmoq, jinoyatchilarning ishi bo‘lishi mumkin. Xavfsizligingiz uchun bepul Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun telefon raqamiga yuborilgan kodni kiritish kerak bo‘lgan tarmoqni tanlash kerak. Bu bepul kanallarning nomidan nusxa ko‘chiradigan firibgarlardan himoya qiladi.

Parollarni shifrlangan shaklda  saqlang

Turli xil xizmatlar parollarini planshet, noutbuk yoki telefonga yozib olish kerak emasligi ko‘rinib turganiga qaramay, ko‘p odamlar shunday yo‘l tutadilar. Bunday ehtiyotsizlik buzg‘unchilarning vazifasini sezilarli darajada osonlashtiradi. Shuning uchun, agar siz bunday ma’lumotlarni kompyuterda yozib olayotgan bo‘lsangiz, ma’lumotlarni shifrlangan shaklda saqlovchi parollar menedjeridan foydalanish kerak.

Himoyalangan ulanishdan foydalaning

Sayt xavfsiz ulanishdan foydalanishi yoki yo‘qligini bilib olish oson: manzillar satrida odatdagi http: // o‘rniga https: // deb yoziladi. Ba’zi saytlar, masalan, o‘sha Google, har doim ma’lumotlarni uzatish uchun xavfsiz ulanishdan foydalanadi.

Hamma saytlar xavfsiz rejimda ishlashi uchun, barcha mashhur brauzerlarga mos keluvchi HTTPS Everywhere  kengatmasini o‘rnatish kerak.