Oziq-ovqat do'konlaridan aslida nimalarni xarid qilayotganimiz haqida bir zumga bo'lsa ham o'ylab ko'rganmisiz? Ko'pincha ishlab chiqaruvchining reklamasiga, mahsulotning ommabopligiga yoki chiroyli qadog'iga ishonib, biz uchun odatiy bo'lgan mahsulotlarda yashiringan daxshatlarni hayolimizga ham keltirmaymiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lifehaq.uz ayrim davlatlarda do’konlarning peshtaxtalarida bemalol turadigan, boshqalarida esa taqiqlangan mahsulotlar ro’yxatini e’tiboringizga taqdim etadi va albatta, buning sababini tushuntiradi.

Kinder-syurpriz

Ko’pchilik uchun sevimli bo’lgan bu shirinlik 1938 yildayoq AQShda taqiqlangan. Hukumat ichida yeb bo’lmaydigan elementlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari sotilishini man etgan. O’yinchoqlardagi kichkina detallar bolalarda bo’g’ilish xavfini yuzaga keltirgani uchun shokoladli tuxumlarning Shtatlarga importi har safar to’sqinlikka uchragan. Biroq, 5 yil avval omilkor ishlab chiqaruvchilar qonunni aylanib o’tishga va Amerika bozoriga kirishga muvaffaq bo’ldilar.

Sun’iy bo’yoqlar

So’nggi 50 yil ichida iste’mol qilinadigan bo’yoqli kimyoning hajmi 500 foizga o’sdi va inson salomatligi uchun talaygina oqibatlarga sabab bo’ldi. Bunday qo’shimchalar giperfaollikni chaqiradi, shuningdek allergiya va saraton bilan xastalanish xavfi bilan bog’liq. Aynan shuning uchun mahsulotlardagi ma’lum turdagi sun’iy bo’yoqlar Yevropaga eksport qilishda yo mahsulot tarkibidan butunlay chiqariladi yoki tabiiylariga alishtiriladi.

Antibiotikli tovuq

Go’sht ishlab chiqarish bo’yicha Amerikadagi eng yirik Tyson Foods kompaniyasi tomonidan tovuq go’shtining yetkazib berilishi Yevropa, Rossiya, Norvegiya va Avstraliyada taqiqlangan. Bu holat butun dunyo Tyson parrandalarga antibiotiklar, steroidlar, yallig’lanishga qarshi vositalar va ketamin kiritishini bilganidan keyin yuz berdi. Mazkur ma’lumot oshkor bo’lganidan so’ng kompaniya vakillari bu kabi vositalar qo’llanilishiga chek qo’yishni va’da qilganlar va joriy yilning sentyabr oyida gaplarini tasdiqladilar.

GMO

2015-yilda Yevropa davlatlarining yarmidan ko’pida GMOdan foydalanishni man etildi. Taqiqning sababi mahsulotlarning allergenligi, zaharliligi va hattoki ozuqaviy qiymatining pasayishidadir. Muhimi gen modifikatsiyasi faqat meva-sabzavotlarda emas, balki jonli kelib chiqishga ega mahsulotlarda ham bo’lishini bilish zarur.

Yumshatgich qo’shilgan non

Kaliy bromati haqida hech eshitganmisiz? Aynan shu modda xamirni oshiruvchi sifatida xizmat qiladi. U tufayli non mahsulotlari xuddi hozirgina pechdan olingandek uzoq vaqt davomida yumshoq va chiroyli bo’lib saqlanadi. Kaliy bromati bosh og’rig’i, teri toshmalari, hazm qilish bilan bog’liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Afsuski, bu modda aksariyat tijorat non turlarida mavjud. Modda Kanada, Xitoy va YEI davlatlarida taqiqlangan.

Yog’ o’rnini bosuvchi moddalarga ega yegulik

Olestra – kaloriyasi nolga teng bo’lgan yog’ o’rnini bosuvchi sintetik moddadir. U ko’pincha Light so’zi yozilgan yog’sizlantirilgan chipslarda ishlatiladi. Taxminlarga ko’ra, mazkur kimyoviy modda organizm uchun anchagina salbiy oqibatlarga, jumladan zarur vitaminlarning yaxshi o’zlashtirilmasligiga sabab bo’ladi. Kanada va Yevropada tarkibida olestra bo’lgan yegulik butunlay man etilgan.

Sport ichimliklari

Sport ichimliklari o’z holicha yomon yoki taqiqlangan narsa hisoblanmaydi. Ularning tarkibida vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar mavjud. Biroq ayrim noinsof ishlab chiqaruvchilar ko’pincha ichimlikning yoqimsiz hidini yo’qotadilar va chiroyli rang berish uchun bromlangan o’simlik moyidan (E-443) foydalanadilar. Е-443 zaharliligi, shuningdek ko’krak va prostata saratoni rivojlanishi xavfi mavjudligi tufayli Yaponiya va Yevropada man etilgan.

Sut

Ishlab chiqaruvchilar o’z mahsuloti hajmini oshirish uchun qanday hiylalarga borishini tasavvur ham qila olmaysiz. Xususan, AQShda sigirlardan ko’proq sut olish uchun ularga o’sish gormoni beriladi. Bunday sigirlarning sutini iste’mol qilish saraton bilan xastalanish, yurak-qon tomiri kasalliklari xavfining ortishi hamda qalsimon bez gormonlari darajasining o’sishiga olib kelishi mumkin. Aynan shuning uchun Norvegiya, Shveysariya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Avstraliya va Yevropaning yana 29 davlatida bunday sut man etilgan.

Asosiy surat DepositphotosDepositphotos