Aksariyat uchun taksi – A nuqtasidan B nuqtasigacha yetib olishning oddiy zarurati bo'lsa, ozchilik uchun, bu – pul topish usuli. Biroq barcha ham yaxshi, madaniyatli taksi haydovchisi bo'lishga oid oddiy maslahatlarga rioya qilmaydi.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Aksariyat uchun taksi – A nuqtasidan B nuqtasigacha yetib olishning oddiy zarurati bo’lsa, ozchilik uchun, bu – pul topish usuli. Biroq barcha ham yaxshi, madaniyatli taksi haydovchisi bo’lishga oid oddiy maslahatlarga rioya qilmaydi.

Lifehaq.uz muhim qoidalarni doim yodda tutishni maslahat qilgan holda, mashina haydash madaniyati va odob-ahloqi mavjudligini esga soladigan ayrim fikrlarni tayyorladi. Mazkur ro’yxat atayin xususiy yoki kompaniyalarga ishlashidan qat’iy nazar, bir oz bo’lsada yaxshi taksi haydovchisi bo’lishni o’rganishni istayotganlar uchun mo’ljallangan.

Xo’sh, taksi haydovchilarimiz qanday xatolarga yo’q qo’yishadi?

  • Istagan joylarida to’xtatashadi
    1. Taksi haydovchilarimizni ko’rganda eng birinchi e’tiborni tortadigan narsa – ularning mijoz mashina to’xtatayotgan yoxud u shunchaki turgan (chekayotgan, kimnidir kutayotgan, shunchaki sayr qilib yurgan) joyda to’xtashlaridir. Hurmatli taksi haydovchilari, faqat ruxsat etilgan joyda to’xtash kerak; agar buning iloji bo’lmasa, hech bo’lmaganda boshqa avtohaydovchilarga yurishga yoki piyodalarga o’tishga halaqit qilmang.
  • Odobsiz so’zlarni aytadilar
    1. Qo’pol so’zlashga o’tib, safar chog’ida hammani baravar so’kish juda zo’r degan fikrda so’kinishni yoqtiradigan (erkakmi yo ayol – farqi yo’q) xususiy avtomobil egasini ko’p bo’lmasada, ammo uchratish mumkin. Bundan tashqari, ko’pchilik yo’lovchilar bundan narsalarni eshitishni yaxshi ko’radi degan fikrda. Ishoning, so’kinish obro’ emas, aksincha sizning aqliy qobiliyatingizni “nolga” tenglashtiradi. Shu bois, qadrli taksi haydovchilari, og’izni ochib xunuk gaplarni aytgandan ko’ra, jim ketganingiz ma’qul.
  • Istagan joyda va vaqtda qo’shimcha yo’lovchi oladilar
    1. Xususan, barcha uchun yozilgan qoidalar taksi haydovchilariga ta’sir qilmasligini alohida qayd etish darkor. Ularga istagan joyda to’xtash, shuningdek qo’shimcha yo’lovchilarni olish mumkin emasligini ko’p marta eslatib turish kerak. Ularning keskin tormoz berishlari yo’llarda avariya holati va tirbandlikni yuzaga keltirishini anglash zarur.
  • “Mahalla ichkarisiga kiramizmi?”, deb so’rashadi
    1. Ba’zida oralig’i 10 km bo’lgan A nuqtadan B nuqtagacha masofaga, deylik 10 ming so’mga kelishganda kulgili holatga to’qnash kelamiz. Aksariyat taksi haydovchilari albatta “Mahalla ichkarisiga kiramizmi?”, degan savolni berishadi. Siz “xa, ozgina 200-300 metrga” deysiz. Bunga javoban “kirakash” quyidagi gapni aytadi: “unda bir oz qo’shing, chunki ichkariga kirarkanmiz, siz bo’lsa buni oldindan aytmagandiz”. Taksi haydovchilari yo’nalishning bunday tafsilotlarini mijoz avtomobil saloniga o’tirganidan keyin emas, balki avvaldan so’rasalar yaxshi bo’lardi.
  • Sekin haydab, qo’shimcha yo’lovchilarni qidirish
    1. Ayrim taksi haydovchilari mijoz o’tirgan bo’lishiga qaramay, qo’shimcha mijozlarni “yig’ish” maqsadida chekka o’ng qatordan juda sekin harakatlanganini hech sezganmisiz. Fikrimizcha, bu o’ta noto’g’ri va o’z manziliga ketayotgan mijoz-yo’lovchiga nisbatan adolatsizlikdir. Axir yo’lovchi shoshayotgan bo’lishi yoki begonalar bilan ketishni yoqtirmasligi mumkin. Shuning uchun, mehribon taksichilarimiz – me’yordagi tezlikda harakatlaning va allaqachon boshqa mijoz bilan kelishgan bo’lsangiz, yo’l-yo’lakay boshqalarini izlamang J; yoki muqobil variant sifatida – o’tirgan mijozdan ruxsat so’rang. Axir siz yo’nalish taksisi emassizku.
  • “Rozi bo’lasizmi?”
    1. Shunday holatlar bo’lganki, masalan 7500 so’mga kelishasan va manzilga yetib kelgach hamyondan 10 000 so’m (bitta banknota) olib, haydovchiga uzatasan. Shu payt haydovchi kechirim so’rab, qaytimi yo’qligi aytadi. “Balki 10 000 so’mga rozi bo’larsiz?”, deydi. Men aytaman: “balki siz 5000 so’mga rozi bo’larsiz?”. Haydovchi kulib, qaytim berish uchun yana bir oz yurib 10 000 so’mlikni maydalashni so’raydi. Taksi haydovchilarimiz, sizdan iltimos – yoningizda doim qaytim olib yuring va o’zingiz hamda yo’lovchilarni noqulay vaziyatga solmang.
  • “Shumaxer”lik qilish
    1. Albatta, “Shumaxer” bo’lish zo’r, ammo tezkor harakatlanish hamma mijozga ham yoqavermaydi. Chamamda, barcha uyiga, oilasiga bus-butun va sog’lom holda qaytishni istagan bo’lardi. Shu bois – hurmatli taksi haydovchilari, imkon qadar me’yordagi tezlikda harakatlaning; mijozlarga “shumaxerlik” iste’dodingizni ko’rsatishning keragi yo’q – ular buning uchun haq to’lashmaydi.
  • Piyodani yoki ko’chadan o’tayotgan istalgan odamni so’kish
    1. Ba’zan taksi haydovchilari svetoforning yashil chirog’ida piyodalar yo’lagidan qonuniy ravishda o’tib ketayotgan piyodaga qarata “tezroq bo’l iflos”, “ezvorishadide, sekin yurvurib” qabilidagi haqoratli so’zlar bilan asabiy holda so’kinishganini eshitib qolasan. Taksichilar, kechirasizu, ular butkul qoidaga binoan o’tmoqda! Issiqqina avtomobilingizda o’tirib, bir necha soniya kutishga va pedalni bosishga qiynalasiz. O’ylab ko’ring, axir shaharning boshqa qismidagi piyodalar yo’lagidan rafiqangiz, qizingiz, buvingiz o’tayotgan bo’lishi mumkin. Endi ularni ham kimdir shunday haqorat qilib, so’kayotganini tasavvur qiling. Bu odobsizlikdir, hurmatli taksi haydovchilari, ammo buni tuzatsa bo’ladi.
  • Gigiyenaga rioya qilish

Bu holatga uzoq to’xtalmasdan, shunchaki asosiysini muhokama qilamiz. Ba’zan salondan, ayniqsa yilning issiq paytida yoqimsiz ter hidi anqiydi. Sababi, haydovchi shunchaki yuvinishni unutganligida. Haydovchilar, diqqat! Gigiyenaning oddiy qoidalariga rioya qilish zarur, shunda barcha mijozlar faqat sizniki bo’ladi