Farmokolog, alkogol, zarali modda, geroin, kokain, LSD, giyohvand moddalar, tashvishlanish, iste'mol, alkogolizmga qarshi kurash, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, zarar yetkazish, marixuana, metamfetamin, sodir etilgan jinoyatlar, avariya hodisalar, konsentratsiya, mastlik, aroq, pivo, vino, kon'yak, alkotesterlar, jigar, organ, kislotalovchi (oksidlov) stress, kimyoviy reaksiyalar, toksinlar, salbiy ta'siri, kamaytirish

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Britaniyalik ruhshunos va farmokolog Devid Natta tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, alkogol odamlar uchun eng zararli modda hisoblanadi. U Geroin, kokain, LSD va boshqa giyohvand moddalardan ham zararliroqdir. Biz alkogolning tanamizga qanday ta’sir qilishi va spirtli ichimliklarni qanchalik ko’p iste’mol qilishimiz haqida tashvishlanishimiz o’rinli yoki yo’qligini oydinlashtirishga qaror qildik.

Siz qancha odam alkogol iste’mol qilishi haqida hech o’ylab ko’rganmisiz?

Amerika  alkogolizmga qarshi kurash instutining  statistik ma’lumotlariga ko’ra, 18 yosh va undan katta odamlarning   87 foizi hayoti davomida spirtli ichimliklarni iste’mol qiladi. 71% odamlar umrinig oxirgi yiligacha spirtli ichimliklarni iste’mol qilsa, 56%   oxirgi oyigacha bu odatni tark etmaydi. 

Bu borada dunyo bo’yicha umumiy statistikani topish oson emas, shuning uchun faqat AQSh ma’lumotlariga to’xtalamiz.

Har ikkinchi odam vaqti-vaqti bilan spirtli ichimliklarni ichadi.

Agar odamga va atrofdagilarga zarar yetkazishini hisobga olsak, alkogol –  dunyoda eng zararli giyohvand modda hisoblanadi. U geroin, kokain, marixuana va metamfetamindan ham zararliroqdir. Birinchi navbatda, bu mahsulot iste’molining miqdori bilan bog’liqdir. Alkogol  har qanday boshqa giyohvand moddalardan ko’ra ko’proq tarqalgan.

Giyohvand moddalarning zarari

Ushbu ma’lumotlar giyohvand moddalarning tanamizga ta’sirini o’rganuvchi Devid Natta, Britaniyalik ruhshunos va farmakolog, tomonidan  o’tkazilgan tatqiqotlar natijasida olingan.

Biz alkogolga ko’nikib qoldik va bu narsa qo’rquv soladi.

Yangiliklar dasturi giyohvand moddalar ta’sirida sodir etilgan jinoyatlarni yoritadi, lekin hech kim spirtli ichimliklarni iste’mol qilish asosida sodir etilgan jinoyatlarga e’tibor qaratmaydi. Bu avariya hodisalari bilan bo’lgan vaziyatni eslatadi. Avtomobil  hodisalari sodir bo’lganda hech kim pinagini buzmaydi, lekin kema quruqlikka o’tirib qolsa yoki aviahalokat sodir bo’lsa bormi, bu voqealar osha zahotiyoq internetda aylanadi.

Alkogolni boshqarib bo’lmaydigan til, xursandchilik va karaxtlik keltiruvchi sifatida tushunib, biz spirtli ichimliklarning organizmimizga ko’rsatadigan ta’siri faqat shugina emasligini unutib qo’yamiz. 

Alkogol tanaga qanday ta’sir ko’rsatadi.

 Iste’mol qilingan taxminan 20% alkogol  oshqozon tomonidan so’riladi. Qolgan 80%i kichik ichakga yo’naladi. Alkogolning qanchalik tez o’zlashtirilishi ichimlikdagi uning kontsentratsiyasi ham bog’liq. U qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik tez mastlikka olib keladi. Misol uchun aroq pivoga nisbatan ancha tezroq o’zlashtiriladi.To’liq oshqozon, shuningdek, so’rilishni va mastlik effekti paydo bo’lishini ham sekinlashtiradi.

Alkogol oshqozon va ingichka ichakga tushganidan keyin, u tana bo’ylab qon orqali yo’naladi.  Bu paytda bizning tanamiz uni chiqarib tashlashga  harakat qiladi.

Spirtli ichimliklarning 10%idan ko’prog’i buyrak va o’pka tomonidan siydik va nafas yo’li bilan chiqariladi. Shuning uchun alkotesterlar sizning ichgan ichmaganingizni aniqlashga imkon beradi.

Qolgan alkogol bilan jigar shug’ullanadi , shuning uchun u eng katta zarar keltiriladigan organ hisoblanadi. Alkogolning  jigarga zarar keltirishiga ikkita asosiy sabab bor:

1.         Kislotalovchi (oksidlov) stress. Jigar yordamida alkogolni chiqarib tashlash bilan bog’liq kimyoviy reaksiyalar natijasida uning hujayralari zarar ko’rishi mumkin. Tana o’zini davolashga harakat qiladi va shuning uchun yallig’lanish yoki yara hosil bo’lishi boshlanishi mumkin.

2.         Ichak bakteriyalaridagi toksinlar.  Alkogol ichakga zarar yetkazishi mumkin, buning natijasida esa ichak bakteriyalari jigarga tushadi va yallig’lanishga olib keladi.

Alkogol effekti  darhol paydo bo’lmay, faqatgina bir necha marotaba qabul qilgandan so’mg namoyon bo’ladi.  Bu qabul qilinayotgan alkogol miqdori, organizm tomonidan chiqarilayotganidan miqdordan oshganida yuzaga keladi.

Alkogol miyaga qanday ta’sir qiladi.

Boshqarib bo’lmas til, tananing bo’ysunmaydigan qismlari va xotiraning yo’qolishi – bularning barchasi alkogolning miyaga ta’siri alomatlaridir. Spirtli ichimliklarni tez-tez iste’mol qiladigan odamlar koordinatsiya, muvozanat va sog’lom fikr bilan bog’liq muammolarga duch keladilar.Asosiy alomatlardan biri kechikuvchi reaksiyadir, shuning uchun haydovchilarga mast holatda transport vositalarni boshqarish taqiqlanadi.

Spirtli ichimliklarning miyaga ta’siri shundaki, u neyromediatorlar  – impulsni neyronlardan mushak to’qimalariga o’tkazadigan moddalarning darajasini o’zgartiradi.

Neyromediatorlar  tashqi ta’sirlar, his-tuyg’ularni va xulq-atvorni boshqarish uchun javobgardir. Ular miyadagi elektr faollikni uyg’otishi yoki uni to’xtatib qo’yishi mumkin.

Muhim tormozlovchi  neyromediatorlardan biri – gamma-amino yog’li kislotadir. Alkogol uning  ta’sirini kuchaytiradi, shu bilan birga mast odamlarning harakatlari va nutqlarini sekinlashtiradi.

Qanday qilib alkogolning  salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin.

Ichishni tashlash. Lekin bunga qaror qilishingiz mushkul masala.

Shuning uchun, e’tiboringizga sizga alkogolning organizmga ta’sirini kamaytirishga yordam beruvchi bir nechta oddiy maslahatlarni havola etamiz:

1.         Ko’p miqdorda suv iching. Alkogol suyuqlikni tanadan chiqaradi. Eng maqbuli  ortiqcha 1 litr, agar alkogol iste’mol qilishingizni oldindan bilsangiz, 2 litr suv ichishingiz kerak.

2.         Ovqatlang. Yuqorida aytib o’tilganidek, to’liq oshqozon alkogol so’rilishini sekinlashtiradi va shu tariqa organizmga asta-sekin uni chiqarish uchun vaqt beradi.

3.         Yog’li ovqatlarga ruju qo’ymang. To’g’ri, yog’lar oshqozonda spirtli ichimliklar singishiga to’sqinlik qiladigan qavat hosil qiladi, ammo juda ko’p miqdordagi yog’li oziq-ovqat foydadan ko’ra ko’proq zarar keltiradi.

4.         Gazlangan ichimliklardan saqlaning. Ularda mavjud bo’lgan karbon dioksidi spirtli ichimliklarni so’rilishini tezlashtiradi.

5.         Agar siz faqatgina davra uchun ichishni va mast bo’lishni xohlamasangiz, unda eng yaxshi variant bu soatiga bitta kuchli ichimlik iste’mol qilishdir. Ushbu qoidaga rioya qilib, siz organizmga alkogolni chiqarish uchun vaqt berasiz.