•  
  •  
  •  
  •  

Qadim zamonlardan aloe vera o’zining foydali xususiyatlari bilan mashhur bo’lib kelgan. U o’zida ko’p miqdordagi vitaminlar, minerallar, aminokislotalar, fermentlar  – jami 200 ga yaqin foydali moddalarni saqlaydi.

Quyida sizga sog’lik va go’zallikni saqlashda yordam beradigan ushbu o’simlikning mo»jizaviy xususiyatlarini taqdim etamiz.

Immunitetni oshirish

Aloe sharbati tananing himoya funksiyalarini kuchaytiradi va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beruvchi S vitamini o’z ichiga oladi.

Shu maqsadda quyidagi masalliqlardan  ichimlik tayyorlash mumkin:

  • 1 dona aloe bargi
  • 1 stakan suv
  • 1 choy qoshiq asal

Yuvilgan tikansiz barglar eziladi, bir stakan suvda qorishma eritilib, ta’m berish uchun bir oz asal qo’shiladi va ichish uchun tayyor holga keladi.

Sochlarni mustahkamlash

Aloe sharbati sochlar sog’lomligini saqlab qolishga yordam beradi: mustahkamlaydi, o’sishini rag’batlantiradi va jilo beradi.

Aloeli niqob uchun  quyidagi masalliqlar kerak bo’ladi:

  • 1 dona aloe vera bargi
  • 1 choy qoshiqda bodom yog’i

Bargni o’rtasidan kesib oling va ezing. Bodom yog’i bilan aralashtiring va sochlaringizga suring. Polietilen qalpoqchani kiying va 20 daqiqa kuting. Niqobni iliq suv bilan yuving.

Teri parvarishi

Aloe terini namlantiradi, elastikligini oshiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, o’simlik tarkibida pigmentli dog’lar paydo bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi elementlar bor.

Teri holatini yaxshilash uchun loson tayyorlash mumkin:

  • 100 g aloe sharbati
  • 3 osh qoshiq suv
  • 5 osh qoshiq spirt

Har kuni bu loson bilan yuz va bo’yin terisini artamiz, 10 daqiqaga qoldiramiz, keyin yuvib tashlaymiz va teriga krem suramiz.

Mikroflorani yaxshilanish

Aloe sharbati ichak yallig’lanishi muammolari bilan kurashadi, oshqozon va ichak shilliq qavatini yumshatadi. Tatqiqotlardan biri shuni ko’rsatdiki, kuniga ikki marta 30 ml aloe sharbatini qabul qilish bu kasallik alomatlarining paydo bo’lishini kamaytiradi. Bundan tashqari, o’simlik antibiotik ta’sirga ega bo’lib va peptik oshqozon yarasiga olib keluvchi  Helicobacter pylori – bakteriyalarini ko’payishiga ta’sir o’tkazadi.

Quyoshda kuyishni davolash

Yaralar va kuyishlar tezroq shifo topishi uchun, dorixonadan tarkibida aloe bo’lgan vositalarni sotib olish mumkin. Yoki o’simlikning bargini olib, butun yumshoq qismini ajratib oling va zararlangan teriga kuniga 2-3 marta suring.