Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati


Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonunchiligiga muvofiq, Lifehaq.uz o‘z veb-saytining va ilovaning tashrif buyuruvchilari shaxsiy ma’lumotlarini himoya qiladi va bu ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ularni uchinchi shaxslarga bermaydi.

 

Umumiy qoidalar:


Sayt yoki ilovadan foydalanib Siz mazkur Nizomga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘ish, berish, ishlov berish, foydalanish va oshkor qilinishiga rozilik bildirasiz.

 

Biz veb-saytimizda va ilovada shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qanday ma’lumotlarni to‘playmiz?


Bizning veb-saytimizdan va ilovadan Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qoldirmagan holda foydalanishingiz mumkin.

Lifehaq.uz shaxsiy ma’lumotlarni (masalan, elektron pochta manzili, ism, familiya, telefon raqami va h.k.), agarda Siz ixtiyoriy ravishda ularni bizning saytda yoki ilovada qoldirgan bo‘lsangiz (yangiliklarga obuna bo‘lsangiz, bizning tanlovlarda ishtirok etsangiz, bizning mahsulot va xizmatlarimizga buyurtma beradigan bo‘lsangiz) to‘playdi.

Siz ixtiyoriy ravishda bizning veb-saytda yoki ilovada qoldirgan shaxsiy ma’lumotlardan tashqari, biz shuningdek cookie-fayllardan ham ma’lumotlar to‘playmiz. Bunday axborotda, Siz qaysi veb-sahifalar orqali bizning sayt va ilovaga kirganingiz, saytimiz va ilovada bo‘lgan vaqtingiz, bizning veb-saytimiz va ilovamizdan qaysi saytlarga o‘tganligingiz, server kitobining standart ma’lumotlari va IP-adres kabi ma’lumotlar bo‘ladi.

 

Bizning sayt va ilova Sizdan olingan ma’lumotlarni biz qanday maqsadda to‘playmiz?


Sizdan olingan ma’lumotlardan biz: xizmat ko‘rsatish darajasini va saytimiz va ilovamizning mazmunini yaxshilash; savollaringizga javob berish; Sizga mahsulotlar va yangilanishlar to‘g‘risida maslahatlar, foydali axborotlar taqdim etish, Sizni mahsulotlar va xizmatlar, tanlov va aksiyalar o‘tkazilishi (Sizning dastlabki roziligingizdan) to‘g‘risida ogohlantirish; bizning mahsulot va xizmatlarimiz haqida Sizning fikringizni so‘rash va h.k. uchun foydalanishimiz mumkin. Cookie-fayllardan to‘planadigan ma’lumotlarni, biz quyidagi maqsadlarda qo‘llashimiz mumkin: veb-saytimizga va ilovamizga tashriflar statistikasini shakllantirish; sayt va ilova foydalanuvchilarining demografik ma’lumotlari va qiziqishlarini aniqlash; serverimiz bilan bog‘liq muammolarni tashhislash va bizning veb-saytimizni va ilova ma’murchiligini olib borish.

 

Shaxsiy ma’lumotlarga kirishga ruxsat berish:


Biz, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini, bizlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga oshkora qilmaymiz, quyidagi hollar bundan mustasno:

  • Foydalanuvchi bunga o‘z roziligini bergan bo‘lsa.

Siz haqingizdagi ma’lumotlarni biz, agarda bunga rozilik bergan bo‘lsangiz, bizlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kompaniyalar, tashkilotlar yoki jismoniy shaxslarga takdiq etishimiz mumkin.

  • Uchinchi tomon ishlov berishi uchun.

Shaxsiy ma’lumotlarni biz o‘zimizning sho‘’ba va affillangan kompaniyalarimiz, shuningdek ishonchli tashkilotlar va shaxslarga, bizning yo‘riqnomalarimiz, maxfiylik siyosati va xavfsizlikning boshqa talablariga muvofiq taqdim etishimiz mumkin.

  • Qonunchilik talabiga ko‘ra

Bunday ma’lumotlarni quyida keltirilgan maqsadlarda ongli ravishda qo‘llash, saqlash yoki oshkora etish uchun bizda yetarli asoslar bor:

  •  Har qanday amaldagi qonunlar, qarorlar, yuridik jarayonning talablari yoki davlat organlaridan amaldagi so‘rovnomaga rioya qilish.
  •  Mahsulotlarni sotish va xizmatlarni taqdim etishning amaldagi Shartlari rioya qilish, shu jumladan yashirin buzilishlarni aniqlashni hisobga olgan holda.
  •  Firibgarlik harakatlarini aniqlash va oldini olish, shuningdek xavfsizlik muammolarini xal etish va texnik nosozliklarni bartaraf etish.
  •  Kompaniya, uning foydalanuvchilari yoki jamiyatning huquqlari, mulkchiligi yoki xavfsizligiga bevosita tahdid solishdan qonunda talab etilgan va ruxsat etilganga muvofiq himoyalash.

 

Kuki fayllari va o‘xshash texnologiyalar


Har safar sayt va ilovaga kirganingizda biz muayyan ma’lumotni avtomatik vositalar yordamida saqlab qolamiz. Biz ushbu ma’lumotlarni kuki fayllari, veb-mayoqlar va shunga o‘xshash texnologiyalar yordamida to‘playmiz. Ushbu hujjatda «kuki» so‘zi keng ma’noda ishlatiladi va bu so‘z ostida shunga o‘xshash texnologiyalar, masalan, lokal xotira nazarda tutiladi.

Kuki fayllari. Boshqa veb-saytlar singari, ushbu sayt va ilovaga kirganingizda «kuki» nomli fayllarning kichik qismi telefoningizning, planshetingizning yoki komp’yuteringizning qattiq diskida saqlab qolinishi mumkin. Kukining turlari har xil bo‘lib, sayt va ilova bilan ishlashingizni yengillashtirish maqsadida, ularning har biri muayyan vazifani bajaradi. Saytimiz va ilovaga ilgari tashrif buyurgan-buyurmaganingizni bilish va siz tanlagan sozlamalarni saqlab qolish uchun kuki fayllaridan foydalanamiz. Masalan, sayt va ilovada muayyan tilni tanlagan bo‘lsangiz, bu kuki fayllarida saqlab qolinishi mumkin va saytimizga keyingi safar kirganingizda, sayt va ilovaning tili avtomatik tarzda tanlanadi. Biz kuki fayllaridan reklama qilish maqsadida foydalanmaymiz.

 

Quyida sayt va ilovamizda ishlatiladigan kuki fayllarining 3 ta turi keltirilgan:

O‘ta zarur kukilar. Ular sayt va ilovamizda muayyan funksiyalardan foydalanish, masalan, sayt va ilovaga kirish yoki blanklarni to‘ldirish imkonini yaratadi. Bunday kuki fayllari bo‘lmasa, siz so‘ragan ba’zi xizmatlar ko‘rsatilmaydi. Qolaversa, bunday kuki fayllari seans davomida siz so‘ragan xizmatlarni taqdim etishimizga imkon beradi. Mazkur kuki fayllari reklama qilish yoki Internetdan qanday foydalanayotganingizni kuzatish maqsadida shaxsiy ma’lumotlaringizni yig‘maydi.

Funksional kukilar. Ular tufayli sayt va ilova siz tanlagan sozlamalarni (masalan, foydalanuvchining ismini, tilni, joylashuvingizni) eslab qolish va saytdan foydalanishni yengillashtiruvchi keng funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Analitik kukilar. Ushbu kukilar saytdan va ilovadan qanday foydalanganingiz haqidagi ma’lumotni yig‘ish uchun kerak. Misol uchun, sayt va ilovamizga necha bor kirganingiz yoki o‘rtacha qancha vaqt undan foydalanganingiz haqidagi ma’lumot to‘planadi. Bu ma’lumot sayt va ilovaning faoliyatini yaxshilash uchungina ishlatiladi.

Ba’zi kukilar chetdan bo‘lib, boshqa domenlarga tegishli. Biz faqatgina o‘zimizning kukilardan foydalanimz. Google reCAPTCHA bilan bog‘liq kukilar bundan istisno. Google reCAPTCHA kukilaridan haqiqiy foydalanuvchini spam tarqatuvchi robotlardan farqlash maqsadida foydalaniladi. Google brauzerining maxfiylik siyosati bilan quyidagi manzilga kirib, tanishib chiqishingiz mumkin:

https://www.google.com/intl/en/policies/privacy/.

Veb-mayoqlar. Sayt va ilovamiz sahifalarida veb-mayoqlar nomli kichik fayllar bo‘lib, ba’zi harakatlaringiz, misol uchun, muayyan sahifalarga necha marotaba kirganingiz tarixini yig‘adi. Veb-mayoqlar mazkur sayt va ilova qanday ishlayotganini kuzatish va uning faoliyatini yaxshilash uchun ishlatiladi.

IP-manzillardan foydalanish. IP-manzil — bu komp’yuteringizni Internetda aniqlaydigan raqamli kod. Foydalanuvchilarning harakatlarini tahlil qilish, sayt va ilovamizdagi muammolarni yuzaga chiqarish va xizmatimizning sifatini yaxshilash uchun brauzerlar turini aniqlash maqsadida IP-manzillarni ishlatamiz.

Tanlovingiz. Aksariyat brauzerlar kukilarni o‘chirib qo‘yish imkonini beradi yoki ularni moslamangizda saqlashdan oldin ruxsat so‘raydi. Kukilarni saqlashni bilish uchun brauzeringiz yo‘l-yo‘riqlariga qarang. Shuni unutmangki, kukilar o‘chirilgan bo‘lsa, sayt va ilovamizdan to‘la ravishda foydalana olmaysiz.

Faol ssenariylar (JavaScript)

Bu ssenariylar sayt va ilovamizning ishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Bunday texnologiya yordamida sayt va ilova foydalanuvchilarining so‘rovi tezroq amalga oshiriladi. Sayt va ilova bu ssenariylardan foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotni ruxsatsiz yig‘ish yoki dasturlarni foydalanuvchining komp’yuteriga joylashtirish maqsadida foydalanmaydi.

Sayt va ilovaning ba’zi qismlari to‘g‘ri ishlashi uchun brauzerning sozlamalarida JavaScript ssenariylarini yoqish kerak. Ko‘p veb-brauzerlar tomonidan ushbu funksiyani yoqish yoki o‘chirishga ruxsat beriladi. Tanlangan veb-sayt va ilovalarda ssenariylarni yoqish borasida veb-brauzerlarga tegishli hujjatlarda o‘qisangiz bo‘ladi.

Akkauntlar

Ushbu sayt va ilovada akkaunt yaratganingizda yozgan elektron manzilingiz siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi. Masalan, agar foydalanuvchining ismi (login) yoki parolingizni esdan chiqarsangiz, yordam xizmati parolingizni tiklash uchun akkauntingizda ko‘rsatilgan elektron manzilingiz orqali siz bilan ulanadi.

 

Maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar:


Lifehaq.uz ushbu veb-sayt va ilova chop etilgan maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida qoldiradi. Muntazam ravishda maxfiylik siyosati shartlarini ko‘rib chiqishni tavsiya etamiz. Sizning sayt va ilovadan keyinchalik foydalanishingiz Sizning nizom va barcha yangilanishlar bilan rozi ekanligingizni anglatadi.