Jamiyatda ayollar hissiyotlarini beixtiyor namoyon etadi, erkaklar esa umuman ko'rsatmaydi degan fikr chuqur o'rin olgan. Olimlar bu tasavvur qanchalik haqiqatga yaqinligini tekshirib ko'rdilar.

  •  
  •  
  •  
  •  

Shunga qaramay olimlarning fikricha, tabassum va yaxshi kayfiyaning boshqa ko’rinishlari shunchaki umumiy tasvirning bir qismidir. Ijobiy hissiyotlardan tashqari boshqalar, masalan qo’rquv, nafrat, hafsalasi pir bo’lmoq, hayrat, qoniqish, faxr kabi hislar ham mavjud.

Olimlar erkaklar va ayollar mimikasidagi farqlarni aniqlash uchun turli hissiy qo’zg’atuvchilarga munosabat bildirishga asoslangan baholash metodikasini ishlab chiqdilar. Tadqiqotda beshta mamlakatdan 2 000dan ziyod odam ishtirok etdi. Ularga mashhur mahsulotlarning reklamasi namoyish etilgan. Ishtirokchilar o’z kompyuterlarida roliklarni tomosha qilganlar. Bunda ular veb-kamera orqali suratga olinayotganlarini bilganlar. Shu bois olimlar faqatgina kameraga o’z hissiyotlarini ko’rsatishdan uyalmaydigan odamlarni tanlashgan.

Tadqiqotchilar mimikani baholash uchun yuz harakatlarini avtomatik tarzda kodlash tizimidan foydalandilar. U yuz ifodasi bilan ma’lum mimika mushaklarining harakatlarini taqqoslaydi. Olimlar uning yordamida turli yuz ifodalarining namoyon bo’lishi takroriyligi va davomiyligini tahlil qildilar.

Aniqlanishicha, ayollar reklamani tomosha qilganida erkaklarga nisbatan ko’proq va uzoqroq kulganlar.

Shuningdek ular qoshlarini ko’proq ko’targanlar, ammo bu harakatning davomiyligi ikkala jins vakillarida ham bir xil bo’lgan. Ko’tarilgan qoshlar ko’pincha qo’rquv va g’amginlikni anglatishi inobatga olinsa, ayollar ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlarni ochiq namoyon etadilar. Biroq erkaklar ko’proq nafratni ko’rsatishga moyilroq. Ular ko’pincha peshonalarini tirishtiradilar va lablarining uchlarini uzoqroq pastga tushgan holda ushlaydilar.

Olimlarning aniqlashicha, ayollar ko’proq baxt va qayg’uni, erkaklar esa nafratni namoyon etishga moyil.

Shuning uchun ayollar erkaklarga nisbatan hissiyotga beriluvchan degan ta’kidlov xatodir. Shunchaki har bir jins vakili turli hissiyotlarni namoyon etishga moyilroq. Lekin, ayollar va erkaklar bu hissiyotlarni turli darajada his qilishiga sabab aynan shu ekanligiga oid savol hanuzgacha javobsiz qolmoqda.